14-Ma'ruza. Uchuvchan suyuq aralashmalarning termodinamikasi


Gibbs-Konovalovning 1-qonuni


Download 104.43 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2023
Hajmi104.43 Kb.
#1458898
1   2   3   4
Bog'liq
14-Ma\'ruza. (1)

Gibbs-Konovalovning 1-qonuni: to’yingan bug’, sistemaga qo’-shilganda, uning umumiy bosimini oshiruvchi, komponent bilan boyigan bo’ladi yoki aralashmadagi komponentlardan qaysi biri aralashmaga qo’shilganda aralashmaning bug’ bosimi ko’tarilsa yoki qaynash harorati pasaysa, bug’da o’sha komponent ko’p bo’ladi.


Gibbs-Konovalovning 2-qonuni: umumiy bosimning ekstremum nuqtalarida suyuqlik va bug’ning tarkiblari bir xildir.


Gibbs-Konovalovning 3-qonuni: T = const va r = const da suyuq va gaz fazalarining tarkiblari mos ravishda o’zgaradi.

Ushbu qoidalarning bajarilishini yuqorida keltirilgan dia-grammalardan kuzatish mumkin. Masalan, 1-qonundan faqat ideal suyuq eritmalar uchun gaz fazaning uchuvchanroq komponent bilan boyishigina emas, balki azeotrop hosil qilishi mumkin bo’lgan eritmalar tarkibi o’zgarishining barcha qonuniyatlari ham kelib chiqadi. Masalan, umumiy bosimida maksimum bo’lgan aralash-malarda (8-rasm) x1 < xA da bug’ uchuvchanligi kamroq bo’lgan 1-komponent bilan boyigan, u qo’shilganda umumiy bosim ortadi. Xuddi shunday, VI.11-rasmda x1 < x1 da bug’ uchuvchanligi kamroq 2-komponent bilan boyigan. Bunday qonuniyatni empirik yo’l bilan o’rnatish juda ham mushkul bo’lar edi. Bu qonuniyat eritmalarning umumiy xossasi bo’lib chiqdi. Gibbs-Konovalovning 1-qonuni kom-ponentlarning kritik haroratidan uzoqroq sohada barcha eritmalar uchun bajariladi. 2- va 3- qonunlar har qanday eritmalar uchun termodinamikaning umumiy qonunlari ekanligi ma’lum bo’ldi.


Eritmalar termodinamikasida harorat, umumiy bosim, muvo-zanatdagi fazalarning tarkibi orasidagi o’zaro bog’lanishni Gibbs-Dyugemning turli ko’rinishdagi tenglamalari yordamida yoki Van-der-Vaalьs tenglamasi yordamida analiz qilinadi. Van-der-Vaalьs tenglamasini keltirib chiqarish murakkabroq bo’lsa ham, undan ko’pdan-ko’p xulosalar chiqarish mumkin.
Uchuvchan aralashma bilan muvozanatda bo’lgan bug’ning tar-kibiga harorat ta’sirining asosiy qonuniyatlari Vrevskiy qonunlari bilan ifodalanadi.



Download 104.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling