14-ma’ruza. Uloqtiruvchi portlatish yordamida har XIL gruntlarda chuqurliklar hosil qilish usullari


Download 121.13 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi121.13 Kb.
#1763357
Bog'liq
14-ma\'ruza


14-MA’RUZA. ULOQTIRUVCHI PORTLATISH YORDAMIDA HAR XIL GRUNTLARDA CHUQURLIKLAR HOSIL QILISH USULLARI.

Kam xarajatli va portlovchi modda zaryadlarini initsiyalashning ishonchliligini oshiruvchi uloqtiruvchi transheya zaryadlarini hosil qilishning samarali usullarni ishlab chiqish uchun transheyali zaryad hosil qilishda uzluksiz rejimda ishlovchi ETS-252 markali ekskavator yordamida transheya qazilib portlovchi modda bilan zaryadlanadi. Portlovchi modda zaryadini initsiyalash uchun oraliq detonatorlar o‘rnatiladi va detonatsiyalovchi shnur ulangandan so‘ng transheyaning ustki qismi zaboyka qilinadi va portlatish ishlari amalga oshiriladi. Bunda portlovchi modda zaryadi qatlamlar ko‘rinishda joylashtiriladi. Dastlab qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda zaryadi transheya tubiga joylashtirilib uning ustidan qadoqlanmagan (sochma) (rossыpnoy) portlovchi modda zaryadi joylashtiriladi. Bunda zaryadni initsiyalovchi oraliы detonatorlar qadoqlanmagan (sochma) portlovchi modda qatlamiga joylashtiriladi. Sochma portlovchi modda zaryadining qalinligi 0.1-0.2 m ni tashkil qiladi. Ushbu sxema quyidagi 16.1 rasmda ko‘rsatilgan


a) bo‘ylama kesimi b) ko‘ndalang kesimi

16.1-rasm. Transheyali portlovchi modda zaryadi konstruksiyasini hosil qilish usuli.
1-Qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda zaryadi qatlami; 2-Detonatsiyalovchi shnurlar; 3-Sochma portlovchi modda zaryadi qatlami; 4-oraliq detonatorlar; 5- zaboyka; 6-grunt yordamida er yuzasida hosil qilingan qoplama (obvalovka).
Mazkur usulda uloqtiruvchi transheyali zaryadni hosil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Transheya tubiga qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda (masalan granulit) qatlami -1 joylashtiriladi, uning ustidan kamida 2 ikki qator DSH tortilib, uning ustidan qalinligi 0.1-0.2 m bo‘lgan sochma portlovchi modda qatlami -3 joylashtiriladi. Uning ustidan yana qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda, DSH va sochma portlovchi modda qatlamlari joylashtiriladi va h.k.
Bunda qatlam 3 ga oraliq detonatorlar 4 joylashtiriladi. Oraliq detonator sifatida qoplarga joylashtirilgan og‘irligi 40 kg dan bo‘lgan ammmonit №6JV portlovchi moddasidan foydalaniladi. SHundan so‘ng zaryad usti zaboyka 5 qilinadi va er yuzida qoplama (obvalovka) 6 qilinib portlatish ishlari amalga oshiriladi.
YUqori namlikdagi sharoitlarda transheyalarni o‘tishda sochma portlovchi modda qatlamida bir biridan 15 m masofada qo‘shimcha detonatorlar ham o‘rnatiladi.
YUqoridagi usul yordamida transheyaning loyihaviy profiliga qo‘shimcha ishlarsiz erishish mumkin.
Bunda portlovchi modda zaryadi qatlamining qalinligi va zaryad qatlamlari soni hosil qilinayotgan transheya chuqurligiga bog‘liq holda aniqlanadi.
YUqori namlikdagi sharoitlarda yuqoridagi konstruksiyani biroz o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. CHunki odatdayuqoridagi usul yordamida transheya zaryadini hosil qilishda portlovchi modda zaryadi transheyada 10 kundan 30 kungacha qolib ketadi va buning natijasida nam tortib qolishi mumkin. Buning oldini olish uchun portlovchi modda zaryadi qatlami polietilen plenkasi bilan o‘ralib portlovchi moddaning nam tortib qolmasligai ta’minlanadi. Ushbu usulda uloqtiruvchi transheya zaryadini hosil qilish uchun dastlab transheya tubiga polietilen plyonkasi joylashtiriladi. Ushbu sxema quyidagi 16.2 rasmda ko‘rsatilgan.


a) bo‘ylama kesimi b) ko‘ndalang kesimi

16.2-rasm. YUqori namlikka ega bo‘lgan sharoitlarda transheyali portlovchi modda zaryadi konstruksiyasini hosil qilish usuli.
1-Qoplarga joylashtirilgan portlovchi modda zaryadi qatlami; 2-Detonatsiyalovchi shnurlar; 3-Sochma portlovchi modda zaryadi qatlami; 4-oraliq detonatorlar; 5- polietilen plenkasi; 6-grunt yordamida er yuzasida hosil qilingan qoplama (obvalovka).
Bunda polietilen plyonkasining kengligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
L=3h , m; (16.1)
Bunda: h- transheya zaryadining balandligi, m.
Suvli sharoitlarda uloqtiruvchi transheya zaryadi konstruksiyasi quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
Transheya tubiga gidroizolyasiya uchun polietilen plyonkasi 1 joylashtirilib, uning ustidan sochma portlovchi modda zaryadi joylashtiriladi va uning ustidan kamida ikki qator DSH 3 tortilib har 50 m da oraliq detonatorlar 4 joylashtiriladi va uning ustidan yana sochma portlovchi modda zaryadi qatlami joylashtirilib polietilen plyonkasi zaryad uski tomonidan mahkam o‘rilib yopiladi. SHundan so‘ng zaboyka qilish va qoplama (obvalovka) hosil qilish va portlatish ishlari amalga oshiriladi. Bunda oraliq detonatorlar sifatida qoplangan ammmonit №6 JV yoki har birining og‘irligi 500 gr bo‘lgan trotil shashkalari qo‘llanilishi mumkin.
a) bo‘ylama kesimi b) ko‘ndalang kesimi

16.3-rasm. Suvli sharoitlarda transheyali portlovchi modda zaryadi konstruksiyasini hosil qilish usuli.
1-Polietilen plyonkasi; 2-Sochma portlovchi modda zaryadi qatlami; 3-detonaziyalovchi shnurlar; 4-oraliq detonatorlar; 5- zaboyka; 6-grunt yordamida er yuzasida hosil qilingan qoplama (obvalovka).
Download 121.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling