14-Mavzu: Android operatsion tizimlari uchun dasturlashtirish Android


Google Play (avvalgi Android Market)


Download 124.22 Kb.
bet2/2
Sana13.02.2023
Hajmi124.22 Kb.
#1195454
1   2
Bog'liq
14-Mavzu

Google Play (avvalgi Android Market)[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yil 22-oktabrda Google Android OT dasturlarining onlayn doʻkoni — Android Market ochilishi haqida eʼlon qildi. Kelishivga koʻra yaratuvchilar foydaning 70 %, operatorlar esa qolgan 30 % olishadi. 2009-yil fevralda AQSH va Buyuk Britaniya yaratuvchilarida Android Marketdagi oʻz dasturlari uchun pul olish imkoniyati paydo boʻldi. Sony Ericsson kompaniyasi dasturlarning onlayn doʻkoni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va oʻyinlar berilgan. 2011-yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur koʻchirib olindi.
2012-yil martda Google kompaniyasi „Kitoblar“, „Android Market“, „Musiqa“ va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Googel Play internet doʻkoni 190ta davlatda ishlaydi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd.ta dastur koʻchirib olingan.
Manba kodi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2008-yil 22-oktabrda Open Handset Alliance ochiq platformali Androidga tegishli boʻlgan: operatsion tizim va oraliq dasturiy taʼminotlar hamda Javaʼda yozilgan asosiy yakuniy ilovalarning manba kodini eʼlon qildi. Android manba kodining umumiy hajmi 2,1 gigabaytni tashkil etadi. Android manba kodi uchun Apache 2.0 litsenziyasi „Maʼqullangan litsenziya“ hisoblanadi.
Afzalikklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Baʼzi kuzatuvchilarning taʼkidlashicha, Android bir qator funksiyalarda, xususan veb syorfingi Google va boshqa xizmatlar bilan integratsiyalashuvida oʻzining raqobatchilaridan biri Apple iOSʼdan koʻra yaxshiroqdir. Bundan tashqari, Android, iOSdan farqli oʻlaroq, koʻproq platformalarga funksiyalarni amalga oshirish imkonini beradigan ochiq platformadir;

  • Dasturlarni „tasdiqlanmagan manbalardan“ (masalan, xotira kartasidan) oʻrnatish taqiqlanganiga qaramay, ushbu cheklovni qurilma sozlamalari orqali oʻchirish mumkin boʻlib, bu foydalanuvchiga Internetga ulanmagan holda telefon va planshetlarga dasturlarni oʻrnatish imkonini beradi. Shuningdek, har kimga Android uchun bepul ilovalar yozish va uni qurilmada sinab koʻrish imkonini beradi;

  • Android operatsion tizimini ARM, MIPS, x86 kabi turli xil apparat platformalariga oʻrnatish mumkin;

  • Google Play Marketʼga muqobil xizmatlar mavjud: Amazon Appstore, Uptodown App Store, Opera Mobile Store, Yandex Store, GetApps, Mobogenie, F-Droid, 1Mobile Market, Meizu Appstore, AppGallery, Aurora Store, Aptoide;

  • 4.3 versiyasidan koʻp oʻyinchi rejimini qoʻllab-quvvatlash imkoni tugʻildi.

Tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sertifikatlangan Android qurilmalariga identifikatsiya maʼlumotlarini kompaniya serverlariga foydalanuvchining harakati haqidagi real vaqtda maʼlumotlarni uzatishga imkon beruvchi maxsus Google xizmati mavjud;

  • Telefon ishlab chiqaruvchilari Google Play va boshqa Google kompaniyasiga tegishli boʻlgan mulkiy ilovalardan[20] u bilan shartnoma qilgandan keyingina oʻrnatish huquqiga ega boʻladilar;

  • Lookout Security Mobile maʼlumotlariga koʻra, 2011-yilda Android smartfonlaridan foydalanuvchilardan taxminan bir million AQSh dollari oʻgʻirlangan (masalan, telefon egasini bilmasdan SMS yuborishi orqali);

  • Android (xuddi IOS kabi) Internetda fayllarni yuklash uchun HTMLda ishlatiladigan yuklash atributini qoʻllab-quvvatlamaydi.

Eʼtiroflari[tahrir | manbasini tahrirlash]
PC Magazine Android 4.0 Ice Cream Sandwichʼni tahrirlovchilar tanlovi mukofotiga sazovor qilib, OSning yangi versiyasi platformaga koʻplab yaxshilanishlarni olib kelganini, shu jumladan smartfon va planshet tizimlari oʻrtasidagi farqni yoʻq qilganini taʼkidladi.
2012-yil mart oyida Rossiyaning "Vedomosti" gazetasi Android planshet kompyuterlar bozorida oʻzining asosiy raqobatchisi Applega qarshi gʻalaba qozongani haqida xabar berdi. Buning sababi, deydi tahlilchilar, Apple oʻz qurilmalari premerasini bir necha oyga kechiktirishidir. Shu bilan birga, iOSʼga nisbatan xaridorlarga „androidli“ qurilmalarni arzonroq narxda taklif qilishdidir deya eʼtirof etdi.
Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Android tizimi uchun maxsus Droid va Roboto shriftlari yaratilgan.

  • 2011-yil fevral maʼlumotlariga koʻra Android OT moslamalari Buyuk Britaniyada iOS OT ostidagi iPhone 4ni ortda qoldirdi.

  • Agar Androidning rasmiy saytida kursorni pastki chap burchakdagi robotga olib borilsa, u har xil harakatlar qilishni boshlaydi, bosganda qoʻlini silkitadi.

Download 124.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling