14-mavzu. Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta`limidan amaliy ishlar


Download 20.03 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi20.03 Kb.
#1622711
1   2
Bog'liq
1-maruza

Turli asboblardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari:
Qaychidan foydalanish qoidalari
1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.
2.Qaychining uchini yuqoriga qilib ushlamang.
3. Qaychini ochiq holda qoldirmang.
4. Qaychini yurib turganingizda ishlatmang.
5. Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o‘rtog‘ingiza uzating.
6. Qaychini ushlatayotganda kesilishning yo‘nalishi va materialini
ushlab turgan chap qo‘l barmoqlarini kuzatib turing.
7. Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o‘qituvchiga topshiring.
Bigizdan foydalanish qoidalari
1. Bigizni o ‘rinsiz ishlatmang.
2. Sirti silliq, sirg‘anchiq qattiq predmetlarni bigiz bilan teshmanffi
3.Teshiladigan predmetni qoMingizda ushlamang, uni stol, taglik
ustiga qo'yib teshing.
Pichoq bilan ishlash qoidalari
1. Uchi yumaloq pichoqdan foydalaning.
2. Pichoqni o‘qituvchi ko'rsatganidek ishlating, kesganda qattiq
bpsmang.
Nina bilan ishlash qoidalari
1. Ninani ishlatib bo‘lgach, maxsus nina qadaydigan yostiqchagn
sanchib qo'ying..
2. Ninani hech qachon og'zingizga olmang.
3. Ortiqcha ninalami ignadonda quruq holatda saqlang..
4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalami sanab ko'ring, yo'qolgan
bo‘lsa yo‘qolgan ninalami albatta toping.
5. Qog‘oz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni
albatta bigiz bilan teshib oling.
Ko'rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz hodisa ro‘y bersa,o'qituvchi birinchi yordamni ko‘rsatishi va maktab vrachini chaqirishi lozim.
Xamma foydalanadigan asboblar sinf shkaflarda saklanadi, ishdan sung asboblarni ukuvchilar tozalab yuvib, artib navbatchi ukuvchiga topshiradilar.
Ish xonasida o`quvchilarga asboblarni ishlatish va saklash qoidalarini eslatib turuvchi plakat – eslatmalar osiglik bulishi kerak. Xavfsizlik texnikasiga qoidalariga to`liq rioya kilish baxtsiz xodisalarning oldini oluvchi ishonchli garovdir. Asboblarni ishlatish koidalarini ukuvchilar vakti-vakti bilan takrorlab turishi lozim. U yoki bu koidani tushuntirishda ukituvchi nima uchun aynan shunday kilish krakligini, bu koidalarga rioya kilinmasa kanday xodisalar ro`y berishi mumkinligini uqtirishi lozim. Xafvsizlik texnikasining barcha qoidalari so`zsiz bajarilishi lozim.
Ko`rilgan choralarga qaramay sinfda baxtsiz xodisa ro`y bersa, o`qituvchi birinchi yordamni kursatishi va maktab vrachini chaqirishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bulishi shart.
Boshlangich sinf qo`l mexnati darslari uchun o`quvchilar shaxsiy papkalarini qo`llanilishi 1-3 sinf o`quvchilariga qo`l mexnati darslarini metodik tugri tashkil etish va ularni muntazam utkazish imkonini beradi.
Bunday papkalarning qulayligi shundaki, unda xar bir o`quvchi dars vaqtida kerakli xamma narsalarga asbablar, materiallar, buyumlarga ega buladi. Papka

o`quvchilarga mexnat madaniyati malakalarini singdirishda yordam beradi. Shunungdek, papka o`quvchilarda o`z ish joylarini va mexnat jarayonini uyushtirish, ko`nikma xamda malakalarini shakllantirishga xam yordam beradi. Bunday eng oddiy mexnat malakalarini ukuvchilarda birinchi sinfdagi dastlabki kul mexnati darslaridan boshlab shakllantira borish va ularni asta-sekin takomillashtirish maksadga muvofiqdir.




Savollar:
1. Mehnat ta’limida qanday ish turlari mavjud?

2. Amaliy ish jarayonida nimalarga amal qilish kerak?
3. Ish joyini to’g’ri tashkil etish talablari?
4. Amaliy ishlarni tashkil etish talablari?


Asosiy adabiyotlar:
1. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU. 2015-yil.
2. Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Т.: TDPU. 2007-yil.
3. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Boshlang’ich sinflarda qog‘ozdan amaliy ishlar. O‘quv-metodik qo’llanma. T.: Navro‘z. 2013-yil.
Download 20.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling