14-mavzu. Byudjet tizimi byudjetlarini ijro etish tartibi Reja


Download 340.5 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi340.5 Kb.
#1017904
1   2   3
Bog'liq
13 amal mavzu

Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari (ballarda)

Guruhlar

1

2

3

1-topshiriq (0,3)










2-topshiriq:










mavzuga mos kelishi, ko’rgazmalilik (0,8);










- mantiqiylik, aniqlik (0,5);










3-topshiriq (0,5)










4-topshiriq:










xulosalarni aniq shakllantirilganligi (0,5);










Reglament (0,2)










Nazorat savollariga to’g’ri javob uchun (0,1)










Boshqalar tomonidan to’ldirilganligi uchun (0,1)










Jami (3,0)










O’QUV MATERIALLARI



1-guruh

  1. G’aznachilik tizimining nazariy asoslari nimalardan iborat?

  2. Davlat byudjeti ijrosida G’aznachilikning roli nimalardan iborat?

  3. G’aznachilik tizimini joriy etishning qanday chora-tadbirlari amalga oshiriladi?

  4. G’aznachilik tizimi mexanizmining qanday shart-sharoitlari yaratiladi?


2-guruh

    1. G’aznachilik usulining afzalliklari nimalardan iborat?

    2. Davlat moliyasini boshqarish islohotlarini g’aznachilik bilan bog’liqligini ko’rsating?

    3. G’aznachilik tizimini joriy etish kontseptsiyasini tushuntiring?

    4. G’aznachilik tizimi faoliyatining muammolari nimalardan iborat?


3-guruh

  1. G’aznachilikning ijobiy tomonlarini aytib bering?

  2. G’aznachilik tizimining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsating?

  3. Davlat byudjetining kassa ijrosini tushuntiring?

  4. G’aznachilik tizimining moliyalashtirish muammolari qanday hal qilinadi?

Muammoli savollar

  1. Davlat byudjeti g’azna ijrosini takomillashtirish yo’nalishlari?

  2. Davlat moliyasi tizimidagi islohotlarni rivojlantirish kontseptsiyasi?

  3. O’zbekistonda davlat byudjeti g’azna ijrosini joriy etishning ilk yakunlari va istiqbol vazifalari?

Sinkveyn” (5 qator) texnikasi
Maqsad – kategoriyaga xarakteristika berish
Sinkveyn sxemasi:
1-qator – tushuncha;
2-qator – tushunchani tavsiflovchi 2 sifat;
3-qator – ushbu tushuncha vazifalari to’g’risidagi 3 ta fe’l;
4-qator – ushbu tushuncha mohiyati to’g’risidagi 4 so’zdan iborat so’z birikmasi;
5-qator – ushbu tushuncha sinonimi.


Bilimlarni kuchaytirish uchun iqtisodiy masala
O L D I – S O T D I SH A R T N O M A S I
597500 so’mlik, № 55 sonli shartnoma «10 » iyulda 2 nusxada tuzilgan shartnoma taraflar tomonidan imzolanib, Tayloq tumani bo’yicha G’aznachilik bo’linmasidan belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng qonuniy kuchga kiradi
TARAFLARNING MAJBURIYATLARI
1. Sotuvchining majburiyatlari:
1. 1.Tovar (mahsulot)ni shartnoma talablariga javob beradigan holatda Sotib oluvchiga o’z vaqtida topshirish.
1.2. Tovar (mahsulot)larning sifati ushbu guruxi uchun amaldagi standartlarga muvofik kelishi kerak.
1.3. Sotuvchi to’plamda yaroksiz, sifati lozim darajada bo’lmagan tovarlar (maxsulot) mavjudligi
xakida xabar olgan paytdan boshlab 3 kun ichida sifatsiz tovar (mahsulot)ni sifatlisiga almashtirish yoki ushbu shartnomaning 1.2.-bandiga muvofiq sifati lozim darajada bo’lmagan tovarning pulini qaytarib beradi.
1.4. Sotuvchi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tovar (mahsulot)ga bo’lgan kafolat muddatlarini taqdim etadi.
2. Sotib oluvchining majburiyatlari:
2.1. Qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirgan holda ushbu shartnoma va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatda tovarni miqdori, sifati va butlanishi bo’yicha qabul qilib oladi.
2.2. Sifati lozim darajada bo’lmagan tovar keltirilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu tovarning sifati lozim darajada emasligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 3 kun ichida sotuvchini xabardor qiladi.
2.3. Shartnomada belgilangan miqdorda, tartibda va muddatda tovar haqini to’lash.


Taraflarning javobgarligi ko’rsating.
Tovarni topshirish muddatini buzganlik uchun aybdor taraf ikkinchi tarafga etkazilgan zararni to’liq koplaydi va quyidagi miqdorda jarima to’laydi: Tovarni to’liq topshirmaganlik uchun Sotuvchi har bir kechiktirilgan kuniga topshirilmagan tovar qiymatining 0,5 % miqdorida , tez buziladigan tovarlar bo’yicha esa-10 % mikdorida jarima to’laydi.


Kichik guruhlarda ishlash uchun mashqlar

Daftaringizda quyidagi jadvalni tuzing va to’ldiring.


G’aznachilik amaliyotida shartnomalarni boshqarish xususiyatlarini ayting.



Bank tizimi

G’aznachilik tizimi

1.Shartnomalar moliya bo’limlariga topshiriladi.

1. Shartnomalar g’aznachilik boshqarmalari va bo’limlarida majburiy tarzda elektron ko’rinishda ro’yxatga olinadi.

2.

2

3.

3.

4.

4.



Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar

  1. Yagona g’azna hisobraqamida daromadlarni kirim qilish va xarajatlarni to’lash tartibini aks ettiruvchi chizma tayyorlang va ularni izohlovchi xulosa yozing.

  2. Respublika va hududiy g’azna hisobraqamlaridan yagona g’azna hisobraqamiga o’tish davrida amalga oshirilgan tadbirlar va qabul qilingan me’yoriy hujjatlar sharhini keltiring.

  3. Davlat byudjeti yagona g’azna hisobraqamini yuritishning jahon tajribalarini o’rganing va xulosalaringizni mustaqil ta’lim daftaringizda aks ettiring.



Download 340.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling