14-mavzu: Flash dasturida interfaol animatsiyalar yaratish rejasi


Adobe Flash dasturida bannerlar yaratish


Download 0.52 Mb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1545500
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-mavzu.

Adobe Flash dasturida bannerlar yaratish.

Har qanday banner ichiga matn qo‘yish mumkin. Odatda, matn muharrirlari bilan ishlashda, matn uchun o`lcham, shrift, stil, interval, rang va tekislash usuli o`rnatilishi kerak. Shriftni boshqa obyektlar bo'yicha transformatsivalash-burish, masshtablarini belgilash, egiltirish mumkin. Bundan keyin ham uning simvollarini tahrirlash imkoniyatlari saqlanib qoladi. Flashda dinamik matnli maydonlarni hosil qilish mumkin, bundan tashqari yana foydalanuvchi tomonidan tahrirlanadigan matnli maydonlarni ham hosil qilish mumkin. Bundan tashqari, Flashda ko'p qatorli matn maydonlari uchun aylantirish tasmalari yaratish mumkin.
Matnlarni kiritish va tahrirlash
Flash-bannerga matnli maydon qo'shish uchun quyidagi ketma-ketliklarni bajarish kerak:
1. Tools panelidan Text Tool uskunasini ishga tushiring;
2. Ish maydonining qaysi qismiga matn yozish kerak bo‘lsa, shu qismini sichqoncha yordamida belgilang; natijada bu qism belgilangan ramka bilan o‘ralib, matn kursori hosil bo‘ladi.
Matnni kiritib, quyidagiga diqqatingizni qarating: belgilangan ramkaning o‘ng burchagida (yuqori yoki pastki) marker joylashgan, bu matnli maydon tipini aniqlaydi: o‘ng yuqori burchakdagi to‘rtburchak marker matn maydonining o‘zgarmaydigan qismini belgilaydi (Fixed textblock). Bu kabi matn maydonlarida avtomatik ravishda matn navbatdagi yangi qatorga ko'chiriladi. Agar navbatdagi simvol qatorga sig'masa, u holda maydon eni foydalanuvchi tomonidan markerni surish yo`li bilan o‘rnatiladi (kattalashtiriladi); banner tayyorlab bo`lingandan keyin Web-serverdagi shunday mavjud maydon, Web-sahifa o’quvchilar tomonidan o‘zgartirilishi mumkin emas.
•o`ng tomon yuqori burchagidagi aylana shaklidagi marker eni o‘zgaradigan matn maydonini ifodalavdi (Expanded textblock); bu bir qatorli matn maydoni eni matn kiritish jarayonida avtomatik ravishda o'zgarib, ya’ni kattalashib boradi. Bu yo`l bilan hosil qilingan matn maydonlari ham Web-sahifa o‘quvchilari tomonidan o‘zgartirib bo`lmaydi.
•o‘ng tomon pastgi burchakdagi oq to‘g‘riburchakli marker matn maydonida dinamik ravishda o'zgartirishga imkon beradi. Web-sahifaning navbatdagi o‘quvchilari ma'lumotlarni kiritish vaqtida o'zgartirish mumkin;
•o‘ng tomon pastki qismidagi qora marker; matn maydoni ichida gorizontal va vertikal aylantirish tasmalari yordamida surilishi mumkin.
Matn maydoni ichida aylantirish tasmalarining gorizontal yoki vertikal qatlamlari yordamida suriladi. Matn blokining atributlarini, so‘z (matnning fragmenti) yoki alohida simvollarni o'zgartirish uchun, avvalo:
1. Text uskunasini yoqish;
2. «Sichqoncha» bilan maydonning tegishli qismini olish (belgilash) va matn kiritish;
3. Text menyusidan tegishli buyruqni olish yoki matnning xususiyatlarini belgilovchi boshqaruv elementlaridan foydalanish (Properties).
Text menyusining hamma buyruqlari uchta guruhlarga bo'linadi:
•birinchisiga matn bilan ishlaydigan uning tegishli qiymatdagi atributlarini o‘zida mujassamlagan menyudan iborat bo'lgan «an’anaviy» buyruqlar kiradi (Font, Size, Style);
•ikkinchi guruh o‘zida ikkita buyruqlar joylashuvini ifodalagan: Align (Выравнивание) va Tracking (Трекинг);
•uchinchi guruhga yagona buyruq joylangan — Scrollable (Перемещаемый), matnli maydonni ifodalovchi xususiyatlarni o‘rnatishni ta’minlaydi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling