14-mavzu. Fotorezistor, termorezistor va infqizil qabul qilgich qurilmalari bilan tanishish
Download 1.52 Mb.
|
1 2
Bog'liq6 fotorezistor,termorezisot va infrakrasiniy qurilmalarni o\'rganish. docx - копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq.
- Termorezistor
- 4-topshiriq.
14-mavzu. Fotorezistor, termorezistor va infqizil qabul qilgich qurilmalari bilan tanishish. Bu jaryon bugun o‘rganadigan qurilmalarimizdan bir yordamida amalga oshiriladi. Bu qurilma fotorezistordir. Fotorezistor-deb yorug‘lik kuchi ta’sirida o‘z qarshiligini o‘zgartiradigan yarimo‘tkazgichli qurilmalarga aytiladi.Fotorezisorga yorug‘lik tushmaganda ya’ni yorug‘lik kuchi 0 ga teng bo‘lganda uning qarshligi cheksiz katta bo‘ladi yorug‘lik sekin ortirganimiz sayin uning qarshli kamayib boradi va yoruglik maksimal darajada tushganda qarshlik 0 teng bo‘ladi. 1-rasm. Fotorezistorning ko‘rinishi 2-rasm. Fotorezistorning arduinoga ulanishi Fotorezistorning bir oyog‘iga arduinoning 5V ni ulanadi, ikkinichi oyog‘iga A0 pinga ulanadi va shu oyog‘ini qarshlik orqali GNDga ulanadi. Mana fotorezistorni arduinoga uladik endi unga dastur yozamiz: Ko‘rib turganimizdek fotorezistordan kelayotgan ma’lumot 0 dan 1023 gacha o‘zgarmoqda. 1024 ta qism ya’ni 210 ikkining darajasiga qarab ishlash razryadi tushuniladi. Arduino platasidagi analog-raqamli o‘zgartirgich 10 lik razryadda ishlaydi. Buning ma’nosi arduinoga kelayotgan eng katta analog sigianalni 1024 ta bo‘lakka bo‘ladi. Fotorezistorga tushadigan yorug‘lik o‘zgarganda uning qarshiligi ham o‘zgaradi. 1-topshiriq. Fotorezistorning ko‘rsatkichi 15 dan kichik svetodiod yonsin katta bo‘lsa o‘chsin. 2-topshiriq. Fotorezistorning ko‘rsatkichi o‘zgarishiga qarab zummerdan notalar chiqaring. 3-topshiriq. Fotorezistordan ma’lumotni map 1 va 100 oraliqda 6 ta svetodiodlarni yoniqib boring. Biz yorug‘lik o‘zgarishga qarab qurilmalarni boshqarishini ko‘rdik. Shunday vaziyatda biz termorezistordan foydalanamiz. Termorezistor – deb temperatura o‘zgarganda qarshlik ham o‘zgaradigan qurilmalarga aytiladi.Temperatura ortgani sari termorezistorning qarshligi ham ortib boradi va aksincha.Termorezistorning qarshlik o‘zgarishga qarab turlari juda ko‘p ulardan bazilarni quyda keltirgan. Termorezistorning arduinoga ulanish sxemasi quydagicha: Ulanish sxemasi fotorezistorga o‘xshab ketadi. Endi biz arduinoga dastur yozib termorezistordan ma’lumotlar o‘lishni boshlaymiz. Ko‘rib turganizdek termorezistodan kelgan ma’lumotlar ham 0 dan 1023 oraliqda o‘zgaradi.Temperatura o‘zgargan sari temorezistordan kelgan ma’lumotlar ham o‘zgarib boradi. 4-topshiriq.map orqali 0 dan 100 gacha oraliq berib,harorat shunga teng degan ma’lumotni serial portga chiqib tursin. Keyingi o‘rganadigan qurilmamiz infraqizil nurni chiqaruvchi va qabul qiluvchi qurilmalardir. Xo‘sh infraqizil nur o‘zi nima ? Infaqizil nur –bu ko‘zga ko‘rinmaydigan nur bo‘lib , tabiatda har qanday qizdirilgan jism o‘zidan shunday nur chiqaradi. Uning to‘lqin uzunligi qizil nurdan katta bo‘lgani uchun bu nurni inson ko‘zlari ko‘ra olmaydi.Lekin infraqizil nur qabul qilish uchun turli qurilmalar yasalgan ular bir nom bilan infraqizil nur chiqaruvchi va qabul qiluvchi qurilmalar deyiladi. Infraqizil nur chiqaruvchi va qabul qiliuvchi qurilamalar birgalikda ko‘plab ishlab chiqarish jaryonlarida ishlatiladi. Infraqizil nur chiqaruchi va qabul qiluvchi qurilmalarning ko‘rinshi quydagicha: Infraqizil nur chiqaruvchi va qabul qilgich qurilmalari ishlatlish soxasiga qarab turli ko‘rinishlarda yasaladi: Ular har yasalgan bo‘lsa ham ularning ishlash prinsipi bir xil ya’ni : infraqizil nur chiqaruvchi qurilma infraqizil nur chiqaradi va infraqizil nur qabul qilgich nurni qabul qildi.Ko‘p kitoblarda bu qurilmalar infraqizil datchiklar ham deb ataladi. Bu qurilmalarning arduinoga ulanish sxemasi quydagicha: Infraqizil nur qabul qilgichi termorezistor qanday ulangan bo‘lsa shunday ulanаdi, infraqizil nur chiqargichni esa musbat oyog‘iga 5V ni manfiya GNDni qarshlik orqali ulanadi. Sxema terilgan bo‘lsa dasturni yozamiz: Infraqizil qabul qilgichdan kelgan malumotlar ham 0 dan 1023 gacha o‘zgaradi.Infraqizil nurning kelishga qarab ma’lumotlar ham o‘zgarib turadi.Infraqizil nurni yaxshi sezish uchun va qulaylik uchun infraqizil nur chiqaruvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bitta plata qilib yasaladi.Uni arduinoga ulanishi quydagicha: Bu yerda A0 nuqtaga arduinoning analog pin ullanadi,VCC arduinoning 5V ni va GND ga ham arduinoning GND pini ulnadi. S xema terilgan bo‘lsa dastur tuzamiz: Ko‘rib turganizdek ma’lumotlar olgindek kelishda davom etmoqda ,lekin bu sxemani turli ranglarni ajratadigan datchik qilib ishlatsak bo‘ladi. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling