14-mavzu: Islom qadriyatlari


-§. Islomda atrof muhitni muhofaza qilishning ustuvor yo‘nalishlari


Download 108.01 Kb.
bet2/10
Sana16.06.2023
Hajmi108.01 Kb.
#1518613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-Islom qadriyatlari

2-§. Islomda atrof muhitni muhofaza qilishning ustuvor yo‘nalishlari

Qur’oni Karim va Hadisi shariflarda Islom qonun va qoidalari, shariat axkomlari bilan bir qatorda, atrof-muhitni toza saqlash, tabiat boyliklaridan to‘g‘ri foydalanish, ularni isrof qilmaslik, insonning yashash tarzi, shaxsiy gigienasi, zurriyotni tozaligiga, o‘simlik-hayvonot dunyosini asrashga, umuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta ahamiyat berilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish muammosi jahondagi millionlab odamlarni, ular qatorida din ahllarini xam tashvishga solmokda. Ular bu muammolarni ijobiy hal qilishda Qur’on va Sunnaga murojaat qilmokdalar. Biosferadagi har bir narsada suv, tuproq, havo, tog‘, hayvonot, nabotot va mikrojonzotlar muayyan o‘lchov bilan bir-biriga bog‘liq, mutanosib holda yaratilgan. Agar bu muvozanat buziladigan bo‘lsa, insoniyat uchun qator muammolar kelib chiqishi va oqibatda tabiat muxofazasi xalokatga yuz tutish mumkin.


1. Qur’oni Karimning “A’rof” surasi 56-oyatida, “Obod qilib qo‘yilgan yer yuzida buzg‘unchilik ishlarini qilmang” deyilgan. Hadislarda olamning birligi, undagi qatradan tortib okeangacha, zarradan boshlab Quyoshgacha, odam, o‘simlik, hayvonot dunyosi Xudoning irodasi bilan o‘zaro bog‘langanligi va o‘zaro bir-biriga muvofiq holda harakatda ekanligi aytilgan. Muqaddas kitoblarimizda Alloh taolo inson uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlarni muhayyo qilganligini, uning sog‘lom irsiy taraqqiyoti uchun sof havo, toza suv, oziq-ovqat, shifobaxsh nur, o‘simlik va hayvonot dunyosini in’om etganligi uqtiriladi. Avlod-ajdodlarimiz suvni muqaddas sanab, uni ifloslantirishni esa gunoh deb hisoblaganlar. Islom dinida suv hayotning asosiy unsuri deb hisoblanib, Qur’oni karimda «Barcha tirik narsani suvdan qilganmiz», boshqa bir yerda esa «Barcha jonzotni suvdan yaratdik» degan jumlalar mavjud. Islom dinida inson ekologiyasiga ham e’tibor qaratilib, insonning ma’naviy kamolotiga asosiy e’tibor berilgan.
2. Nabotot va hayvonot olami Islomda inson uchun eng zarur narsalardan hisoblangan. Kimdir bularga zarar keltirsa insoniyatga ziyon keltirgan bo‘ladi. Islom dini tabiatga zarar keltirmaslikka, mehribonlik bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi. Qur’oni karimda ham hayvonlar va xasharotlarning nomlari bilan nomlangan suralar mavjuddir. Qur’oni karimning An’om surasida, «Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi (Bizning qo‘l ostimizdagi) jamoalardir», deyilgan. Demak, hamma jonzotlar tabiatda yashashga, hayotiy faoliyat huquqiga egadir. Yana bir Hadisi sharifda: «Kim daraxt ekib uni muhofaza qilishda sabr qilsa, meva bergunicha parvarish qilsa, u odamga mevasidan kelgan har bir foyda uchun Alloh huzurida ajr savob bo‘lgay», - deyilgan. Qur’oni karim va Hadisi shariflardagi shunga o‘xshash bayonlar ulamolar uchun: Dehqonchilik kasblar ichida eng afzali» deyishga asos bo‘lgan. Tabiatni asrash, muhofaza qilishda Islom dini insoniyat tarixida birinchi marta ayrim joylarda, ma’lum vaqtlarda xayvonot va o‘simlik dunyosiga zarar keltirish, ov qilish, o‘ldirishni qatiy man qilgan. Fiqhshunos ulamolar qaysi hayvon uchun qanday jarima to‘lanishi zarurligini belgilab berganlar. Bunday gunoh ishlar tasodifan yoki qasddan qilinishidan qatiy nazar gunohkorlar baribir jazolanadilar. Islom dini yil davomida maxsus joylarda hayvonlarni sababsiz o‘ldirish, daraxtlarni kesish va o‘simliklarni nobud qilishni man qilgan. Bu atrof muhitini himoya qilishga yordam bergan.

Download 108.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling