14-mavzu. Kasbiy muloqot jarayoni. Mashg’ulot rejasi
Download 217.39 Kb. Pdf ko'rish
|
14-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xabarlar xizmati
- Telekonferensiya
- 1-topshiriq.
- 2-topshiriq.
14-MAVZU. KASBIY MULOQOT JARAYONI. Mashg’ulot rejasi: 1. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari. 2. Muloqot texnikasini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni.
Muloqot jarayonida ilgʻor tajribalarga tayanish, turli usullardan, koʻrgazmali qurollardan, slayd va multimedialardan, elektron qoʻllanmalardan foydalanish mumkin. Bu davr talabi, muloqot jarayonidagi to‘gʻri va samarali yoʻl. Hozirgi infarmatsion texnologiyalar davrida muloqot qilish va axborot almashish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu manbalarga yechimlardan biri ma’lumotning qoʻllanishida qaytarish uslublarini qoʻllashga asoslangan, yangi kommunikatsion texnologiyalarning paydo boʻlishiga katta hissa qoʻshdi. Yangi kommunikatsion texnologiyaning qoʻllanilishi korporativ biznes faoliyatlarning asosiy muammolaridan ba’zilarini, xususan, aniqlik, narx, tezlik, sifat, miqdor nuqtai nazaridan hal etishni boshladi. Shunday qilib, kommunikatsiya keng geografik hudud, mamlakatning ichki hamda tashqi hududlarida, muqobil metodlarning qidirilishi zamonaviy murakkab biznes tashkilotlarida zaruriy boʻlib qoldi. Radio, televideniye, kompyuter, audio va video kassetalari, video disk, telefonlar va koʻpgina mexanik uskunalar kabi an’anaviy media vostalari koʻplab tashkilotlarda muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda. Ular rejalashtirish, nazorat, yo‘naltirish, motivatsiya va hokazo boshqaruv funksiyalarida ham foydalidir. Biznes dunyosi yangi texnologiyalarni kommunikatsiya tufayli jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat sifatida xizmat qilishi uchun qabul qilishi shart yoki raqobatbardosh rivojlanish yoʻlida omon qolish qiyin boʻladi.
qabul qilish imkoniyatidir. SMS mobil telefon uskunalari oʻrtasida qisqa xabarlarni almashinuviga imkon yaratuvchi protokol muloqotidir.
Telekonferensiya ikki yoki undan koʻproq odamlar oʻrtasida ikki yoki undan ortiq joylardagi elektron muloqotdir. Uning eng sodda shakli koʻp yillar mobaynida mavjud boʻlgan telefon konferensiyasidir. Videokonferensiya. U toʻliq interaktiv va deyarli yuzma-yuz yigʻilishlarga oʻxshash boʻladi. Ishlatilgan texnologiyaning darajasiga qarab interaktiv tarzda ikki joyni bogʻlashi mumkin yoki videoni uzatish saytlari koʻpchilik saytlarga koʻrinishi (imiji) uzatilishi mumkin. Bu standart telefon liniyasi orqali muloqot qilinishi mumkin.Murakkabroq tizim va jihozlar bilan ikki joydagi insonlarning barchalari bir-birlarini xuddi haqiqiy yigʻilishdagidek koʻrishlari ehtimolini yaratadi. Videokonferensiya bir vaqtning oʽzida turli joylardagi insonlarni koʻrish va eshitish imkonini yaratadi.
1-topshiriq. Berilgan iboralarning sinonimlarini toping, izohlang, antonimini toping va gap tuzing. 1. “To‟ydan oldin nog‟ora chalmoq” iborasining sinonimini toping va izohlang. (Podadan oldin chang chiqarmoq - shoshilmoq). 2. “Yerga kirib ketmoq” iborasining sinonimini toping va izohlang. (Boshini xam qilmoq, obro‟si bir pul bo‟lmoq - uyalib qolmoq). 3. “O‟pkasi yo‟q” iborasining antonimini toping va izohlang. (O‟pkasi yo‟q- hovliqma, shoshqaloq; antonimi - dunyoni suv bossa, to‟pig‟iga chiqmaslik- beparvo, beg‟am). 4. “O’z yog‟iga o‟zi qovrilmoq” iborasining sinonimini toping va izohlang. (Ichini it tirnamoq, yurak-bag‟ri ezilmoq, o‟z etini o‟zi yemoq - iztirob).
2-topshiriq. Matnni o’qing va unda muloqotning qanday shaklda ifodalanganligini izohlang. - Shu deyman, Toshpo’lat, sen menga bundoq xushomad qilsang-u Xolidaga uylansang nima bo’larkan? – deb hazillashdi Samad. – U mening jiyanim, sen mening do’stim, begonaga uzatgandan ko’ra… – Senga xudo bas kelsin, oshna, –dedi G’aybarov.
– Esing joyidami yo meni uyingga kelmaydigan qilmoqchimisan? – Nega qarindosh bo‟lsak yomonmi? – Xolida hali yosh-ku?.. – Ma‟suma bu gap og‟zidan qanday chiqib ketganini payqamay qoldi. Labini tishladi. G‟aybarovga zimdan razm soldi: yo‟q, og‟rinmadi, tusi o‟sha-o‟sha… – Hazil, – deb kuldi Samad. – Darvoqe, Toshpo‟lat, ko‟pdan beri so‟ramoqchi bo‟lib yuribman, haliyam Galatepaga ko‟milishim shart, deb o‟ylaysanmi? – Har holda, tug‟ilgan joying… (Murod Muhammad Do‟st) Download 217.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling