14-mavzu. Kasbiy muloqot jarayoni. Mashg’ulot rejasi


Download 217.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi217.39 Kb.
#232775
Bog'liq
14-MAVZU



14-MAVZU. KASBIY MULOQOT  JARAYONI. 

 

Mashg’ulot rejasi: 

    1. Muloqot texnikasi va uning tarkibiy qismlari.    

     2. Muloqot texnikasini shakllantirishda  innovatsion texnologiyalarning o‘rni. 

         

          

Muloqot  jarayonida  ilgʻor  tajribalarga  tayanish,  turli  usullardan,  koʻrgazmali 

qurollardan,  slayd  va  multimedialardan,  elektron  qoʻllanmalardan  foydalanish 

mumkin. Bu davr talabi, muloqot jarayonidagi to‘gʻri va samarali yoʻl. 

       Hozirgi  infarmatsion  texnologiyalar  davrida  muloqot  qilish  va  axborot 

almashish  uchun  keng  imkoniyatlar  mavjud.  Bu  manbalarga  yechimlardan  biri 

ma’lumotning  qoʻllanishida  qaytarish  uslublarini  qoʻllashga  asoslangan,  yangi 

kommunikatsion  texnologiyalarning  paydo  boʻlishiga  katta  hissa  qoʻshdi.  Yangi 

kommunikatsion  texnologiyaning  qoʻllanilishi  korporativ  biznes  faoliyatlarning 

asosiy  muammolaridan  ba’zilarini,  xususan,  aniqlik,  narx,  tezlik,  sifat,  miqdor 

nuqtai  nazaridan  hal  etishni  boshladi.  Shunday  qilib,  kommunikatsiya  keng 

geografik  hudud,  mamlakatning  ichki  hamda  tashqi  hududlarida,  muqobil 

metodlarning qidirilishi zamonaviy murakkab biznes tashkilotlarida zaruriy boʻlib 

qoldi.  Radio,  televideniye,  kompyuter,  audio  va  video  kassetalari,  video  disk, 

telefonlar va koʻpgina mexanik uskunalar kabi an’anaviy media vostalari koʻplab 

tashkilotlarda  muvaffaqiyatli  foydalanib  kelinmoqda.  Ular  rejalashtirish,  nazorat, 

yo‘naltirish,  motivatsiya  va  hokazo  boshqaruv  funksiyalarida  ham  foydalidir. 

Biznes dunyosi yangi texnologiyalarni kommunikatsiya tufayli jamiyatda ijtimoiy 

mas’uliyat  sifatida  xizmat  qilishi  uchun  qabul  qilishi  shart  yoki  raqobatbardosh 

rivojlanish yoʻlida omon qolish qiyin boʻladi.  

         

Qisqa xabarlar xizmati (SMS) mobil telefonlar orqali xabarlarni jo‘natish va 

qabul qilish imkoniyatidir. SMS mobil telefon uskunalari oʻrtasida qisqa xabarlarni 

almashinuviga imkon yaratuvchi protokol muloqotidir. 



         Telekonferensiya ikki yoki undan koʻproq odamlar oʻrtasida ikki yoki undan 

ortiq  joylardagi  elektron  muloqotdir.  Uning  eng  sodda  shakli  koʻp  yillar 

mobaynida mavjud boʻlgan telefon konferensiyasidir. 

        Videokonferensiya.  U  toʻliq  interaktiv  va  deyarli  yuzma-yuz  yigʻilishlarga 

oʻxshash  boʻladi.  Ishlatilgan  texnologiyaning  darajasiga  qarab  interaktiv  tarzda 

ikki  joyni  bogʻlashi  mumkin  yoki  videoni  uzatish  saytlari  koʻpchilik  saytlarga 

koʻrinishi  (imiji)  uzatilishi  mumkin.  Bu  standart  telefon  liniyasi  orqali  muloqot 

qilinishi  mumkin.Murakkabroq  tizim  va  jihozlar  bilan  ikki  joydagi  insonlarning 

barchalari  bir-birlarini  xuddi  haqiqiy  yigʻilishdagidek  koʻrishlari  ehtimolini 

yaratadi. Videokonferensiya bir vaqtning oʽzida turli joylardagi insonlarni koʻrish 

va eshitish imkonini yaratadi. 

 

    1-topshiriq.  Berilgan  iboralarning  sinonimlarini  toping,  izohlang,  antonimini 



toping va gap tuzing.  

1.  “To‟ydan  oldin  nog‟ora  chalmoq”  iborasining  sinonimini  toping  va  izohlang. 

(Podadan oldin chang chiqarmoq - shoshilmoq). 

2. “Yerga kirib ketmoq” iborasining sinonimini toping va izohlang. (Boshini xam 

qilmoq, obro‟si bir pul bo‟lmoq - uyalib qolmoq). 

3.  “O‟pkasi  yo‟q”  iborasining  antonimini  toping  va  izohlang.  (O‟pkasi  yo‟q-

hovliqma,  shoshqaloq;  antonimi  -  dunyoni  suv  bossa,  to‟pig‟iga  chiqmaslik-

beparvo, beg‟am). 

4. “O’z yog‟iga o‟zi qovrilmoq” iborasining sinonimini toping va izohlang. (Ichini 

it tirnamoq, yurak-bag‟ri ezilmoq, o‟z etini o‟zi yemoq - iztirob). 

 

      2-topshiriq.  Matnni  o’qing  va  unda  muloqotning  qanday  shaklda 



ifodalanganligini izohlang. 

 -  Shu  deyman,  Toshpo’lat,  sen  menga  bundoq  xushomad  qilsang-u  Xolidaga 

uylansang nima bo’larkan? – deb hazillashdi Samad.  

 – U mening jiyanim, sen mening do’stim, begonaga uzatgandan ko’ra…  

 – Senga xudo bas kelsin, oshna, –dedi G’aybarov.  



 – Esing  joyidami yo meni uyingga kelmaydigan qilmoqchimisan?  

 – Nega qarindosh bo‟lsak yomonmi?  

 – Xolida hali yosh-ku?..  

 –  Ma‟suma  bu  gap  og‟zidan  qanday  chiqib  ketganini  payqamay  qoldi.  Labini 

tishladi. G‟aybarovga zimdan razm soldi: yo‟q, og‟rinmadi, tusi o‟sha-o‟sha… 

  –  Hazil,  –  deb  kuldi  Samad.  –  Darvoqe,  Toshpo‟lat,  ko‟pdan  beri  so‟ramoqchi 

bo‟lib yuribman, haliyam Galatepaga ko‟milishim shart, deb o‟ylaysanmi? 

  – Har holda, tug‟ilgan joying…  (Murod Muhammad Do‟st) 



 

Download 217.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling