14 Mavzu Mahsulot sotishdan tushum va uning taqsimlanishi Pul oqimlarini boshqarishning mohiyati va vazifalari hamda asosiy yoʻnalishlari Pul oqimlarini boshqarish


-rasm. Korxona pul oqimlarini tezkor boshqarishda foydalaniladigan toʻlov kalendarlarining asosiy turlari


Download 116.34 Kb.
bet4/4
Sana15.10.2023
Hajmi116.34 Kb.
#1704310
1   2   3   4
Bog'liq
14-mavzu

6-rasm. Korxona pul oqimlarini tezkor boshqarishda foydalaniladigan toʻlov kalendarlarining asosiy turlari

Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan koʻrinib turibdiki, pul oqimlarini boshqarish boʻyicha tuziladigan va foydalaniladigan har bir toʻlov kalendari oʻz maqsad va vazifasiga hamda alohida xususiyatlariga ega. Umuman korxonaning faoliyat koʻlamidan kelib chiqqan holda keltirib oʻtilgan toʻlov kalendarlaridan foydalanish qoʻyilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Xulosa qilib aytganda, moliyaviy-xoʻjalik faoliyati amaliyotida har qanday operatsiya yoki boshqaruv qarori pul mablagʻlari harakatiga sabab boʻladi. Pul mablagʻlari harakatining uzluksiz, toʻgʻri va samarali tashkil etilishi koʻp jihatdan tadbirkorlik faoliyati va uning iqtisodiy natijalari barqarorligini oldindan belgilab beradi.
Boshqaruvchilar, kreditorlar, investorlar, tahlilchilar va boshqa korxona faoliyatidan manfaatdor shaxslar uchun haqiqatdagi pul oqimlari harakati korxona faoliyatini, uning bozor qiymatini baholashda, shuningdek kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini prognoslashda asos boʻlib xizmat qiladi.
Har qanday kompaniya joriy toʻlovlarni amalga oshirish, xom ashyo va materiallarni xarid qilish, ish haqlarini toʻlash, uzoq muddatli aktivlarni sotib olish, majburiyatlarni oʻz vaqtida qoplash uchun yetarli miqdordagi pul mablagʻlariga ega boʻlishi lozim. Pul mablagʻlarining yetishmovchiligi avtomatik tarzda likvidlilikning yoʻqotilishiga, bu esa oʻz navbatida tez moslashuvchan mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyatining boy berilishiga, faoliyatning esa tashqi sub’ektlar, masalan kreditorlarga bogʻliq boʻlib qolishiga sabab boʻladi.
Pul oqimlari tushunchasi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yoki sub’ektning alohida operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan vaqt boʻyicha taqsimlangan pul mablagʻlari harakatini anglatadi.
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishning asosi hisoblangan asosiy gʻoyalar oʻtgan davr uchun daromadlarni aniqlash va daromadlarni olish uchun sarflangan xarajatlarni solishtirish hisoblanadi. Bu jarayonda daromadlar olingan vaqt sifatida iste’molchidan pul mablagʻlarining real kelib tushish vaqtidan qat’iy nazar mahsulotlarni sotish vaqti tan olinadi. Masalan, toʻlovni kechiktirish sharti bilan tovarlarni sotish jarayonida yuklab joʻnatilgan vaqt daromad olingan vaqt sifatida tan olinadi. Vaholanki yuklab joʻnatilgan tovar boʻyicha pul mablagʻlari keyingi hisobot davrida kelib tushadi.
Pul oqimi miqdoridan foyda miqdori farq qilishining yana bir muhim sababi asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya hisoblashning buxgalteriya mexanizmi hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot koʻrib chiqilayotgan davr boʻyicha pul mablagʻlari harakatini aks ettiruvchi moddalardagi oʻzgarishlar sabablarini izohlab berishi va operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatlar kesimida korxona pul oqimlari toʻgʻrisidagi axborotlardan tarkib topishi lozim.
Moliyaviy menejmentning barcha funksional tizimlari kabi pul oqimlarini boshqarish ham korxona bozor qiymatini oshirish orqali mulkdorlar moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan bosh maqsadga bevosita boʻysunadi. Moliyaviy menejmentning bu umumiy maqsadi pul oqimlarini boshqarishning alohida bosh maqsadi – korxonadagi doimiy moliyaviy muvozanatni ta’minlashni qoʻllab-quvvatlaydi.
Download 116.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling