14 Mavzu Mahsulot sotishdan tushum va uning taqsimlanishi Pul oqimlarini boshqarishning mohiyati va vazifalari hamda asosiy yoʻnalishlari Pul oqimlarini boshqarish


Shakllantirilgan pul mabagʻlarini moliyaviy-xoʻjalik faoliyati turlari va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlashni optimallashtirish vazifasi


Download 116.34 Kb.
bet2/4
Sana15.10.2023
Hajmi116.34 Kb.
#1704310
1   2   3   4
Bog'liq
14-mavzu

Shakllantirilgan pul mabagʻlarini moliyaviy-xoʻjalik faoliyati turlari va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlashni optimallashtirish vazifasini amalga oshirish jarayonida har bir faoliyat turi boʻyicha pul mablagʻlarini yoʻnaltirishda zaruriy proportsionallik ta’minlanadi.
Rivojlanish jarayonida korxonaning yuqori darajadagi moliyaviy barqarorligini ta’minlash vazifasi kapital tarkibini optimallashtirishga qaratilgan boʻlib, oʻz va qarz mablagʻlari nisbati toʻgʻri tashkil etish; pul mablagʻlarini jalb qilishda ularni qaytarish muddatlari boʻyicha optimallashtirish; uzoq muddat davomida foydalanish imkonini beradigan pul mablagʻlarining yetarlicha miqdorini shakllantirish; pul mablagʻlarini qaytarish boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida qayta tarkiblash alohida jihatlar sifatida e’tibor talab etadi.
Korxonaning doimiy toʻlovga qobiliyatligini saqlab turish vazifasi birinchi navbatda pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari qoldigʻini samarali boshqarish, yetarli darajada zaxiralar shakllantirish; pul mablagʻlarining bir maromdagi tushumlarini ta’minlash, pul oqimlari sinxronliliga erishish, moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha kontragentlar bilan hisob-kitoblarda eng yaxshi toʻlov vositalarini qoʻllash hisobiga hal qilinadi.
Oʻz-oʻzini moliyalashtirish sharoitida korxona iqtisodiy rivojlanishining belgilangan sur’atlarini ta’minlovchi sof pul oqimini maksimallashtirish vazifasini amalga oshirish esa faoliyat turlari boʻyicha yuqori foydalilikka intilish, samarali amortizatsiya siyosatini qoʻllash, foydalanilmayotgan aktivlarni oʻz vaqtida sotish, vaqtinchalik boʻsh pul mablagʻlarini reinvestitsiyalash hisobiga ta’minlanadi.
Pul mablagʻlaridan moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida foydalanish jarayonidagi turli xil yoʻqotishlarning minimalligini ta’minlash vazifasi bevosita vaqt, inflyatsiya, risk va boshqa omillar ta’siri ostida pul mablagʻlarining oʻz qiymatini yoʻqotib borishidan kelib chiqqan holda faoliyatni tashkil etishga yoʻnaltirilgan boʻlib, pul aylanishini tashkil etish jarayonida haddan tashqari yuqori miqdordagi pul mablagʻlari zaxiralarini shakllantirishdan qochish, pul mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlari va shakllarini diversifikatsiyalash, moliyaviy risklarning alohida turlaridan qochish yoki ularni sugʻurtalashni ta’minlash kerak boʻladi.
Shu oʻrinda yuqorida keltirilgan vazifalarning oʻzaro bogʻliqligini ham alohida ta’kidlab oʻtish lozim.
Pul oqimlarini samarali boshqarish korxona umumiy moliyaviy strategiyasining tarkibiy qismi sifatida pul oqimlarini boshqarishning maxsus siyosatini ishlab chiqishni talab etadi. Bunday siyosat quyidagi bosqichlar boʻyicha ishlab chiqiladi (3-jadval):
3-jadval

Download 116.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling