14-Mavzu: Menejer madaniyati va ish uslubi. R e j a


Download 24.74 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi24.74 Kb.
#1386776
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
14-мавзу


14-Mavzu: Menejer madaniyati va ish uslubi.
R E J A:
14.1. Menejer madaniyatining asosiy elementlari.
14.2. Menejer va raxbarlik uslubi.
14.3. Raxbarning ish uslubi va uni boshkarishdagi roli.
14.4. Raxbar fazilatlari.
Adabiyotlar: 10, 13, 14, 15, 16, 20.
Tayanch so’z va iboralar:
Menejment madaniyati. Menejer ish uslubi. Raxbarning ish uslubi. Raxbarlik turlari. Fazilat. Sangviniklar. Flegmatiklar. Xoleriklar. Melanxoliklar.
14.1. Menejer madaniyatining asosiy elementlari.
Menejment madaniyati tarkibiga boshkaruv xodimlari madaniyati, boshkaruv jarayonlari madaniyati, mexnat sharoiti madaniyati va xujjatlar yuritish madaniyati kiradi.
Menejment madaniyatining barcha elementlari o’zaro boglik va o’zaro ta‘sir etuvchidir. Shu bilan birga ular orasida boshkaruv xodimlari madaniyati yetakchi axmiyatga ega. Menejer boshkaruv jarayoni madaniyatining yukori darajasiga erishish va o’z mexnatini tashkil etishni takomillashtirib borishi kerak.
Boshkaruv xodimlarining madaniyati ko’p omillarga boglik, umumiy madaniyat darajasi, ishbilarmonlik sifatlari, boshkaruv ilimini chukur va xar tomonlama bilish va uni o’z faoliyati jarayonida qo’llay olishi bilan tavsiflanadi.
Boshkaruv madaniyatining ajralmas elementi - xujjatlar yuritish madaniyatidir (13- chizma). xujjatlarning boshqaruv jarayonidagi axamiyati juda katta, chunki boshkaruvning biror-bir vazifasini xujjatlar asosida yetkazilib beriluvchi axborotsiz amalga oshirib bo’lmaydi. xujjatlardagi axborot korxona tashki va ichki faoliyatining xamma tomonini qamrab oladi.
Boshqaruv jarayonining barcha operatsiyalari amalda xujjatlardan boshlanib, xujjatlar bilan to’gaydi.
Boshkaruv madaniyatni takomillashtirish – uning barcha elementlarini takomillashtirish demakdir.
14.2. Menejer va raxbarlik uslubi
Menejer – bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan, boshkarishning sir-asrorlari, konun -koidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshkaruvchi bo’lib, aloxida ijtimoiy katlamga mansub bo’ladi.
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijoriya xokimiyatiga ega bo’lgan boshkaruvchi, direktor, raxbar, mudir, ma‘muriy boshkaruvchilari menejerlar deb yuritiladi.

Download 24.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling