14-mavzu narx va uning shakllanishi
Download 2.73 Mb.
|
14-mavzu narx va uning shakllanishi (1)
1. Narxning mazmuni va vazifalari Bozor iqtisodiyotida narx butun tizimni harakatga keltiruvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi bozor mexanizmining asosiy iqtisodiy dastagi hisoblanadi. Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar (sotuvchi va xaridor)ning, tadbirkorlar, butun jamiyat va davlatning iqtisodiy manfaatlari narx orqali ro‘yobga chiqariladi. Bu narxning mazmuniga turlicha qarashlarni qaror toptiradi. Narxning mazmuniga turli qarashlardan A.Marshall tomonidan sintezlashtiriladi. A.Marshall narxga keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbatining pulda mujassamlashishi sifatida qaraydi. A. Marshall o‘zining narx konsepsiyasida A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey, Bem-Bavrik va boshqalarning nazariyalariga tayanadi hamda ularni umumlashtiradi. U o‘z qarashlarida keyingi qo‘shilgan naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif nazariyasini uyg‘unlashtirib narxning mazmunini ochishga harakat qiladi. U qiymatning amal qilishini inkor qilib, faqat almashuvqiymatni tan oladi. Uning fikri bo‘yicha shu almashuvqiymat – narxdir. A. Marshall fikricha narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya’ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi. Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi. a) talab narxi. Bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir, istaklar ko‘paysa u ortadi. b) taklif narxi – bu tovarning sotuvga kelib tushgan narxidir. Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko‘rinishida mujassamlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi: Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling