14 mavzu. Oliy ta‟limda informatika fanlaridan talabalarning bilimini nazorat qilish asoslari


Download 97.18 Kb.
bet1/9
Sana10.11.2023
Hajmi97.18 Kb.
#1764307
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

14 mavzu. OLIY TA‟LIMDA INFORMATIKA FANLARIDAN TALABALARNING BILIMINI NAZORAT QILISH ASOSLARI





      1. O„quv jarayonida nazoratning o„rni va roli, nazorat shakllari

O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi (O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‗g‗risida‖gi (O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-avgustdagi 343-sonli
―Oliy ta‘limning Davlat ta‘lim standartlarini tasdiqlash to‗g‗risida‖ qaroriga (O‗zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‗plami. 2001-y. 15-16-son, 104- modda), O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2009-yil 11-iyundagi 204-son buyrug‗i bilan tasdiqlangan va O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009-yil 10-iyulda 1981-son bilan davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgan topshiriqqa muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-son buyrug‗i bilan o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritilgan hamda O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 26-avgustda 1981-1-son bilan davlat ro‗yxatidan qayta o‗tkazilgan nizomga, 2009-yil 26-maydagi 160-sonli buyrug‗i bilan tasdiqlangan ―O‗zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasi to‗g‗risida‖gi nizom, 2009-yil 14-avgustda 286-sonli buyruq bilan tasdiqlangan ―Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‗yicha Yo‗riqnoma‖, O‗zbekiston Respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirining 2013-yil 13-dekabrdagi 470-sonli ―Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risidagi nizomga kiritilayotgan o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi buyrug‗i65, TDIU Kengashining 2017-yil 31-maydagi yig‗ilishida muhokama qilingan va tasdiqlangan ―Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‗g‗risida‖gi nizomiga muvofiq hamda 2017-yil avgustda tasdiqlangan fanning ishchi o‗quv dasturi asosida olib boriladi.
O‗quvchi-talabalar bilimini, muntazam baholash ularni predmetni o‗rganishga undaydi. Baholashning adolatli bo‗lishi va bilimiga ko‗ra tabaqalanishi, ularni predmetni puxta o‗zlashtirish uchun intilishga olib keladi.
O‗quvchi-talabalar bilimini sinash va baholash orqali66:

  1. Baholash jarayonida talabalar fan bo‗yicha nimalarni bilishi, qanday savollarni chuqurroq o‗rganishi zarurligi, zaif jihatlari aniqlanadi.

  2. O‗qituvchi talabalarning bilimini baholash jarayonida qanday savol, masalalarni o‗zlashtirgani haqida axborotga ega bo‗ladi.

  3. Ota onalar farzandlarining muvafaqqiyatlari haqida axborot olishadi.

  4. O‗qituvchi va o‗quv yurti ma‘muriyati o‗quvchi-talabalar bilimini baholash orqali ularni kursdan kursga ko‗chirish haqida qaror qabul qilishadi. O‗quvchi- talabalar bilimini sinash va baholash nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‗lib, uni amalga oshirishning qator tamoyillari mavjud.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy tamoyillari:

  1. barcha talabalarni jalb etish;

  2. dastur materiallarini to‗la qamrab olish;

  3. talabalarga tabaqali yondashish;

  4. talabalar bilimini adolatli baholash;

  5. muntazam tarzda nazorat va baholashni amalga oshirishga rioya qilish, ularni o‗z ustida tinimsiz ishlash, o‗qish, o‗rganishga undaydi.

Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashga zamon talabidan kelib chiqqan holda yondashish talab etiladi.
Hozirgi paytda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash, uning barcha tamoyillarini nazarda tutgan holda ta‘lim tizimidagi mamlakatimiz va chet el pedagoglari tajribasi asosida ishlab chiqilgan reyting ( ing. Rating–individual son, miqdor ko‗rsatkichi ma‘nosida ishlatiladi) tizimi qo‗llanilmoqda.
Reyting, birinchidan, talabalarning bilimini nazorat qilish va baholash jarayonini xarakterlovchi tizim. Ikkinchidan, talabaning olgan bilimini o‗zlashtirish darajasi, bahosini ifodalashning usuli.
«Oliy ta‘lim muassasalarida talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to‗g‗risida muvaqqat Nizomi67» bo‗yicha reyting tizimini qo‗llash orqali talabalarni o‗qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarni bajarishga ijodiy yondashish, adabiyotlar ustida muntazam ishlash, darslarga faol qatnashishlarini ta‘minlash bo‗lsa, ikkinchi tomondan, professoro‗qituvchilarni ma‘ruza, amaliy mashg‗ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‗rish, dars o‗tishning turli-tuman uslublarini qo‗llash, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda mas‘uliyatlarini oshirishdir. Bularning barchasi esa raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishishga qaratilgan.
Talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirishini baholash semestr, o‗quv yili davomida muntazam ravishda olib boriladi.
Talabaning har bir fan bo‗yicha o‗zlashtirishi, baholashning quyidagi turlari orqali amalga oshiriladi68:

  • joriy baholash ( JB )

  • oraliq baholash ( OB )

  • yakuniy baholash ( YaB )

Joriy baholashda fanning har bir mavzusi bo‗yicha talabaning o‗zlashtirishi aniqlab, baholab boriladi. U odatda seminar darslari, amaliy mashg‗ulotlar, laboratoriya ishlari jarayonida amalga oshiriladi.
Oraliq baholash semestr, o‗quv yili davomida fanning bir necha mavzusi, qismi, bo‗limi bo‗yicha nazariy mashg‗ulotlar o‗tib bo‗lingandan so‗ng o‗tkaziladi. Unda muayyan savol, muammo test, masalamashq va boshqalar yordamida talabaning mavzuni o‗zlashtirish darajasi, qobiliyati, mahorati aniqlanadi va baholanadi.
Yakuniy baholashda, fanning semestr yoki o‗quv yili davomida o‗tilgan hajmi doirasida talabaning fanni o‗zlashtirish darajasi baholanadi. Yakuniy baho turiga


67 www.http//:Lex.uz
68 http://www.tsue.uz
ajratilgan ballar miqdori, o‗quv rejasida fanga semestr yoki o‗quv yili uchun ajratilgan soatning 15 foizi miqdorida belgilanadi69.
Fan bo‗yicha JB va OB turlarida talaba to‗plashi mumkin bo‗lgan maksimal reyting ballning miqdori, o‗quv rejasida fanga semestr yoki o‗quv yili uchun ajratilgan soatning 85 foizi miqdorida belgilanadi. Talaba o‗rganayotgan fani bo‗yicha maksimal ballning kamida 55 foizini to‗plagan bo‗lishi kerak. Undan kam ball to‗plagan talabaning fanni o‗zlashtirishi qoniqarsiz deb hisoblanadi70.
Semestr davomida fanlar bo‗yicha to‗plangan ballar maksimal ballning: 86 – 100 foizini tashkil etsa, ―a‘lo‖;
71 – 85 foizini tashkil etsa, ―yaxshi‖; 56 – 70 foizini tashkil etsa, ―qoniqarli‖;
55 foizdan kam bo‗lsa ―qoniqarsiz‖ baholanadi.

Download 97.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling