14 mavzu. Oliy ta‟limda informatika fanlaridan talabalarning bilimini nazorat qilish asoslari
«Informatika fanini o„qitish metodikasi» fanidan talabalarning bilimini baholash
Download 97.18 Kb.
|
«Informatika fanini o„qitish metodikasi» fanidan talabalarning bilimini baholashNizomga asosan71, «Informatika fanini o‗qitish metodikasi» fanidan talabalarning bilimini baholash muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad, ta‘lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‗zlashtirishida bo‗shliqlar hosil bo‗lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: talabalarda davlat ta‘lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‗nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; talabalar bilimi, ko‗nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta‘lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta‘minlash; fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‗zlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish; talabalarda mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma‘lum qilish; 71 www.http//:Lex.uz talabalarning fanlar bo‗yicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta‘minlash; o‗quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish (elektron jurnal joriy etish, kompyuterlarda fanlar bo‗yicha testlarni qabul qilish va boshqalar). Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. Ta‘lim yo‗nalishi ishchi o‗quv rejasida fanga ajratilgan umumiy o‗quv yuklamasi 192 soat bo‗lib, shundan ma‘ruza mashg‗ulotlariga 54 soat, amaliy mashg‗ulotlarga 36 soat, tajriba mashg‗ulotlariga 18 soat va mustaqil ish uchun 84 soat hajmida rejalashtirilgan72. Download 97.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling