14-Mavzu: O‘qituvchining muloqot asosida guruh jamoasini boshqarish usullari Reja: 1


  O‘z o‘quv predmeti yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi va o‘r-  ganilayotgan materialni puxta va mukammal bilishi.  2


Download 340.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.05.2023
Hajmi340.06 Kb.
#1459597
1   2   3
Bog'liq
14-mavzu

1. 
O‘z o‘quv predmeti yuzasidan chuqur bilimga ega bo‘lishi va o‘r- 
ganilayotgan materialni puxta va mukammal bilishi. 
2. 
Pedagogik - psixologik va metodik jihatdan o‘quvchilar bilan 
muloqotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi. 
3. 
Har bir o‘quvchini va sinf jamoasining ichki psixologik xusu- 
siyatlarini o‘rgangan bo‘lishi. 
4. 
Muloqotda o‘zini erkin tutishi va ruhiy psixologik his- tuyg‘ularini 
jilovlay olishi. 
5. 
Sinf jamoasi bilan muloqot qilishning kasbiy ko‘nikma va mala- 
kalarini egallashi. 
6. 
Pedagogik madaniyat va pedagogik taktning yuksak namunalarini 
namoyish eta olishi, pedagogik tafakkur va dunyoqarashning rivojlan- 
ganligi. 
7. 
Fanlarni o‘qitish maqsadi, vazifasi va mazmuniga mos vosita va 
metodlarni tanlash mezonlari asosida mashg‘ulotning texnologik xari- tasini 
tuza olishi. 
8. 
Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tasodifiy pedagogik vaziyatlarni 
oldindan bilishi va unga nisbatan keskin choralar ko‘rishi. 
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik tayyorgarlikning muvaf- 
faqiyatli bo‘lishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kommunikativ ko‘nikma va 
malakalarni egallashiga va uni qo‘llay olish layoqatiga bog‘liq. 
Kasbiy pedagogik kommunikativ muloqotning muhim komponenti, 
o‘qituvchining o‘z fikr va mulohazalarini, emotsional his–tuyg‘ularini aniq 
ifoda eta olish mahoratidir. Turli tasodifiy pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi 
g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, tushkun bir ahvolga 
tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan 
boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan rol o‘ynab vaziyatdan 
chiqishni ham bilishi lozim. 
Biroq, shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda 
pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir kamar 
bor, bu sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib beruvchi rolingiz. Bu 
sahnadagi o‘yin o‘lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi 
yashirin his-tuyg‘ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy 
jarayondir. 
Ma’lum ma’noda o‘qituvchi pedagogik faoliyatida uning ruhiy ta’- 
sirlanishi, qayg‘urishi, boshqa kasb egalarining tabiiy his-tuyg‘ularidan farq 
qiluvchi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Ta’kidlash joizki, o‘qituvchi 
o‘zining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida boshqa kasb egalari 
kabi tashqi muhitning turli ta’siri ostida va insoniy his-tuyg‘ular girdobida 
yashaydi, kasbiy faoliyatining o‘ziga xosligi ham ana shunda namoyon 
bo‘ladi va o‘qituvchining ta’sirlanishi, his- tuyg‘ulari, hayajoni pedagogik 


maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. 
O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarish jarayonida peda- 
gogik ta’sir ko‘rsatish, pedagogik faoliyat tufayli sodir bo‘ladigan 
qayg‘urish, his-hayajon, murakkab hayotiy va pedagogik maqsadga 
qaratilgan o‘qituvchi tashvishlarining yig‘indisidir, aynan shu jarayonda 
o‘qituvchining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lgan hayotiy, 
g‘ayriixtiyoriy tashvishlar yig‘indisi saqlanadi. Natijada, pedagogik 
vaziyatlarda o‘qituvchining qayg‘urishi pedagogik ixtiyoriylik yuzasidan 
o‘z faoliyati oldida javobgarlik hissini ham paydo qiladi. Shu sababli, 
g‘ayriixtiyoriy tashvishlar o‘qituvchining ixtiyoriy tashvishlari va 
pedagogik ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan his-tuyg‘ulari asosida 
amalga oshiriladi. 
Ta’kidlash joizki, o‘qituvchining pedagogik faoliyatida o‘quvchilar 
bilan olib boradigan muloqoti muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu 
pedagogik muloqotning butun tizimida uning ma’naviy maz- mundorligini 
oshirishni talab etadi, zero aynan pedagogik muloqot, ta’lim-tarbiyaning 
ma’naviy asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Ijti- moiy-psixologik, 
tarbiyaviy va ma’naviy vazifalarning murakkabligi o‘qituvchilarning 
kommunikativ faoliyatiga yuksak talablarni qo‘yadi. O‘qituvchilar kasbiy 
faoliyatida yuksak pedagogik va psixologik nati- jalarga erishishi uchun
ko‘p yillik nazariy va amaliy tajribalar asosida tadqiqotchi olimlar 
tomonidan taklif etilgan muloqotning quyidagi yo‘nalishlaridan foydalanish 
tavsiya etiladi: Muloqotning birinchi modellashtirish 

Download 340.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling