14-Mavzu: Pedagogik texnika va o’qituvchi mahoratini takomillashtirish yo’llari Reja


Download 83.5 Kb.
bet8/12
Sana09.01.2022
Hajmi83.5 Kb.
#261147
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
14-mavzu Pedagogik texnika va o’qituvchi mahoratini takomillashtirish yo’llari (2-soat) 2ecd058a2e987990dc2c05b34dee9bf7

To’g’ri nafas olish

Nafas faqatgina insonning tirikligini ta’minlabgina qolmaSdan nutqning kuch beruvchi bazasi bo’lib ham hisoblanadi.Nutq hosil qiluvchi nafas Fonatika deb ataladi (grekcha fono - tovush).Hayotda muomala dialogik tarzda kechishi nafas olishda ko’p qiyinchilik tug’dirmaydi. Biroq dars paytida esa bir oz boshqacharoq: o’qituvchi uzoq vaqt gapirishiga to’g’ri keladi, mashqsiz nafas olish shunda o’zini namoyish qiladi: nafas olish qiyinlashishi tomir urishni tezlashishi , yuz qizarishi kuzatiladi.

Nafas olish jarayonida qanday muskullar ishtirok etishiga qarab nafas olishning 4 xil tipi farqlanadi.

Yuzaki nafas - olish yelkani ko’taruvchi va tushiruvchi, ko’krak qafasning yuqori qismini harakatga keltiruvchi muskullar ishtirokida hosil bo’ladi. Bu yuzaki nafas hosil qiladi, o’pkaning faqat yuqori qismigina faol harakat qiladi.

Ko’krak nafasi - qovurg’alar oralig’i muskullari yordamida hosil qilinadi.Ko’krak qafasining ko’ndalang qismi o’zgarishga uchraydi.Diafragma deyarli harakatsiz, natijada nafas chiqarish kuchsiz.

Diafragma orqali nafas olish - ko’krak qafasining ko’ndalang o’zgarishi hisobidan sodir bo’ladi.Diafragma qisqaradi (bunda qovurg’alar oralig’idagi nafas muskullari qisqaradi, biroq ozroq).

Diafragma qovurg’a orqali nafas olish diafragmalarning to’g’ridan-to’g’ri va ko’ndalang ravishda qisqarishi, qovurg’alararo nafas olish muskullarining qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Bu nafas olish eng to’g’ri bo’lib, undan nutq tovushini hosil qilish uchun foydalaniladi.

Ko’krak qafasining kengayishi nafas chiqarish natijasida faol ishga kirishgan qovurg’alararo muskullarning harakati o’pka kengayadi va havo bilan to’ladi. Shunday savol tug’iladi - nafas olish qanday sodir bo’ladi?

Ko’krak qafasi diafragmasi qisqaradi va ko’tariladi hamda ko’krak qafasining yuqorisiga ta’sir etadi, bu vaqtda qovurg’alar pastga tushadi, natijada ko’krak qafasining ko’ndalang hajmini kichraytiradi. Ko’krak qafasining umumiy hajmi qisqarishi natijasida bosim ko’payadi va havo tashqariga chiqadi.

Oddiy nafas burun orqali sodir bo’ladi: u vaqt jihatidan qisqa va ravondir. Oddiy nafasning formulasi: nafas olish, chiqarish, pauzadan iborat.

Buni shunday tasavvur etish mumkin:



Bunday nafas olish esa nutq uchun yetarli emas.Nutqda nafas chiqarish nafas olishga nisbatan cho’ziqroqdir.


Pauza

Nafas olish Nafas chiqarish


Nutq tovushlari nafas chiqarish jarayonida yuzaga keladi.Shuning uchun ham diafragma, bel hamda qovurg’alararo muskularni rivojlantirishga doir mashqlar mavjiud. Masalan: yonboshlagan holda burun orqali chuqur nafas olish. Bunda havo o’pkaning pastki qavatida saqlanishiga e’tibor bermoq darkor.Havoni har doim pastga tomon yo’llash lozim.




  1. Download 83.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling