14-mavzu: Qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlik Reja


Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlari


Download 40.03 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi40.03 Kb.
#1633691
1   2   3
Bog'liq
14-маъруза (1)

2.Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlari
Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun tegishliligiga qarab javobgarlikning barcha turlari qo’llanadi. O’zbekistonda mavjud qonunchilik nuqtai nazaridan javobgarlikning umumiy asoslari mazkur sohadagi huquqbuzarliklar uchun ham taalluqli. Jumladan, qurilish pudrati shartnomasi bo’yicha taraflardan birining o’z majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligidan moddiy javobgarlik yuzaga keladi. O’z navbatida mazkur jarayon fuqarolik qonunchiligining majburiyatlar va ularni bajarmaganlikdan kelib chiqadigan javobgarlik choralarining qo’llanishiga asos bo’ladi.
Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar bir vaqtning o’zida bir necha turdagi javobgarlikni nazarda tutuvchi holatlar ham o’chrashi mumkin. Bunday holatlarda ishni ko’rayotgan davlat organi ishning o’ziga tegishli qismini ko’rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi hamda keyingi turdagi huquqbuzarlikni o’rganish va javobgarlik choralarini belgilash uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga taqdim etadi. Masalan, qurilish nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilish obyektida loyiha-smeta hujjatlari buzilganligi aniqlanib, ular tomonidan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ishni qonunan hal etish uchun ma’muriy sudlarga taqdim etadi. Ma’muriy sud tomonidan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 99-moddasi talablari buzilganligi o’rganib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinadi. Mazkur jarayonda taraflar hatti-harakatida jinoyat alomatlari mavjud bo’lsa, ishni ko’rib chiqish uchun tergov organlariga taqdim etadi.

3.Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
Yerlardan xo’jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirish (65-m.). Yerlardan xo’jasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo’q bo’lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek, tanazzulga yuz tutgan qishloq xo’jaligi yerlarini konservasiyalashning belgilangan tartibini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Qishloq xo’jaligi va boshqa yerlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan ifloslantirish fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
Yerlardan xo’jasizlarcha foydalanish, birinchidan, ulardan oqilona foydalanish qoidalarini buzishda ifodalanadi va yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ularni ijaraga oluvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 39, 40, 48, 79-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlarning amalga oshirilmasligida namoyon bo’la- di. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yerlarni ijaraga oluvchilarning yerlardan oqilona foydalanish sohasidagi vazifalari quyidagilardan iborat:yer uchastkasidan belgilangan maqsadga muvofiq oqilona foydalanish; tuproq unumdorligini oshirish; ishlab chiqarishda tabiatni muhofaza qilish texnologiyasini tatbiq etish, o’z xo’jalik faoliyati natijasida hududda ekologik vaziyatning yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik; yerlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish (dehqonchilikning eng samarali tizimlarini, o’tloqlarni suv bilan ta’minlash va pichan o’rimini yaxshilash, yerlar sho’rlanishining oldini olish, sug’oriladigan yerlarning botqoqlashuvi va ifloslanishi, tuproq tarkibining shamol, suv eroziyasi natijasida buzilishining oldini olish, qishloq xo’jalik ekinlari ekiladigan yerlarni butalar va mayda o’rmonlar, begona o’tlar va hokazolar bosib ketishidan himoya qilish).
Ikkinchidan, yerlardan xo’jasizlarcha foydalanish yerlardan foydalanmaslikda yoki maqsadsiz foydalanishda, ya’ni yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni beruvchi hujjatlarda, shu jumladan, yerga doimiy egalik qilish yoki doimiy foydalanish Davlat aktida,shuningdek, ijara shartnomasida ko’rsatib o’tilgan maqsadlarga muvofiq foyda- lanmaslikda ifodalanishi mumkin.
Yerlarni foydalanishdan chiqarishga, ularning hosildorligi pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo’q bo’lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlar deganda, mineral o’g’itlarni noto’g’ri ishlatish yoki yerlarni belgilangan normalarni buzgan holda sug’orishni tushunish kerak. Xo’jalik faoliyati tufayli buzilgan qishloq xo’jalik yerlari konservasiyalanishi, ya’ni muayyan vaqt foydalanilmasligi va ularda tuproqni tiklash yuzasidan agromeliorasiya ishlari o’tkazilishi lozim.
Mazkur huquqbuzarlik obyekti egalik qilish uchun, foydalanishga, shu jumladan, ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalanish tartibi hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik subyektlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari, shuningdek, yerga egalik qilayotgan, undan foydalanayotgan va yer uchastkalarini ijaraga olgan fuqarolar hisoblanadi.
Subyektiv tomondan mazkur huquqbuzarlik qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etilishi mumkin. Obyektiv tomondan huquqbuzarlik harakat yoki harakatsizlik bilan amalga oshirilishi mumkin. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik tuproqning sifat jihatdan o’zgarishiga olib keladigan, undan maqsadli foydalanishni yo’qqa chiqaradigan harakat yoki harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin. Yerlarning ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radio- aktiv moddalar bilan ifloslanishi MJtKning 91-moddasida obyekt bo’yicha ko’rsatib o’tilgan huquqbuzarliklardan farq qiladi, ya’ni mazkur huquqbuzarlikda obyekt yer hisoblanadi. Tuproqning ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning 22, 42, 45-moddalari va Yer kodeksining 79, 90-moddalari bilan taqiqlanadi.
Mazkur huquqbuzarliklarning subyektlari mansabdor shaxslar va fuqarolardir.
Yerlardan foydalanish shartlarining buzilishi og’ir oqibatlarga olib kelsa, bu jinoyat deb topilishi va JKning197-moddasi bilan kvalifikasiya qilinishi lozim.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to’g’risidagi ishlar tabiatni muhofaza qilish organlari (MJtK 261-m.) tomonidan ko’rib chiqiladi.

Download 40.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling