14-mavzu: Sho’rlangan tuprоqlar, ularning turlari. Sho’rhоk va sho’rhоkli, sho’rtоb va sho’rtоbli hamda taqir tuprоqlar


Download 1.57 Mb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1476712
  1   2
Bog'liq
7 маруза

7-mavzu: Sho’rlangan tuprоqlar, ularning turlari. Sho’rhоk va sho’rhоkli, sho’rtоb va sho’rtоbli hamda taqir tuprоqlar.

  • Reja:
  • Sho’rlangan tuprоqlar, ularning turlari.
  • Sho'rhok va sho'rhoksimon tuproqlar.
  • Sho'rtob va sho'rtobli tuproqlar.
  • Taqir tuproqlar.

1. Sho’rlangan tuprоqlar, ularning turlari.

  • 1. Sho’rlangan tuprоqlar, ularning turlari.
  • Tuproq tarkibida tuzlarning umumiy miqdori 0,3 % (tuproqning quruq og'irligiga nisbatan) dan ko'p bo'lsa sho'rlangan tuproqlar va aksincha 0,3 % dan kam bo'lsa sho'rlanmagan tuproqlar deyiladi. Sho'r tuproqlar yer yuzasining quruq cho'l, yarim saxro va saxro mintaqalarida keng tarqalgan.
  • O'zbekistonda sho'rlangan yerlar maydoni 750 ming km2 ni tashkil qiladi. Respublikamizning umumiy sug'oriladigan maydoni 4,3 mln. gektar bo'lsa shundan 55-60 % sho'r yerlar hisoblanadi.
  • Sho'rlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, sho'rlanish darajasi va sho'rlanish tiplari bo'yicha klassifikasiyalarga bo'linadi.
  • Sho'rlangan tuproqlar ikkita katta guruhga bo'linadi:
  • 1. Sho'rhok va sho'rhoksimon; 2. Sho'rtob va sho'rtobli.

2. Sho'rhok va sho'rhoksimon tuproqlar.

  • 2. Sho'rhok va sho'rhoksimon tuproqlar.
  • Sho'rhok va sho'rhoksimon tuproqlar tarkibidagi tuzlar miqdori va sho'r qatlamlarning joylashish chuqurligiga qarab quyidagilarga bo'linadi:
  • 1. Sho'rlanmagan - tuproqning 2 m qatlamida tuzlar miqdori 0,1-0,3 % dan kam.
  • 2. Chuqur sho'rhoksimon - sho'rlangan qatlam 1 m dan chuqurda joylashgan, tuzlar miqdori 0,3-0,8 %.
  • 3. Sho'rhoksimon - sho'rlangan qatlam 0,5 m dan boshlanadi, tuzlar miqdori 0,8-1,5 %.
  • 4. Kuchli sho'rhoksimon - sho'rlangan qatlam 0,2-0,3 m dan boshlanadi, tuzlar miqdori 1,5-2,0 %.
  • 5. Sho'rhokli - sho'rlangan qatlam yerning yuzasidan boshlanadi, tuzlar miqdori 2,0-3,0 %.
  • 6. Sho'rhok - sho'rlangan qatlam yerning yuzasidan boshlangan va uning tarkibida 3,0 % dan ortiq tuz to'plangan.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling