7-mavzu: Sho’rlangan tuprоqlar, ularning turlari. Sho’rhоk va sho’rhоkli, sho’rtоb va sho’rtоbli hamda taqir tuprоqlar. - Reja:
- Sho’rlangan tuprоqlar, ularning turlari.
- Sho'rhok va sho'rhoksimon tuproqlar.
- Sho'rtob va sho'rtobli tuproqlar.
- Taqir tuproqlar.
- 1. Sho’rlangan tuprоqlar, ularning turlari.
-
- Tuproq tarkibida tuzlarning umumiy miqdori 0,3 % (tuproqning quruq og'irligiga nisbatan) dan ko'p bo'lsa sho'rlangan tuproqlar va aksincha 0,3 % dan kam bo'lsa sho'rlanmagan tuproqlar deyiladi. Sho'r tuproqlar yer yuzasining quruq cho'l, yarim saxro va saxro mintaqalarida keng tarqalgan.
- O'zbekistonda sho'rlangan yerlar maydoni 750 ming km2 ni tashkil qiladi. Respublikamizning umumiy sug'oriladigan maydoni 4,3 mln. gektar bo'lsa shundan 55-60 % sho'r yerlar hisoblanadi.
- Sho'rlangan tuproqlar genetik belgilari, morfologik tuzilishi, tuzli qatlamlarning joylashish chuqurligi, sho'rlanish darajasi va sho'rlanish tiplari bo'yicha klassifikasiyalarga bo'linadi.
- Sho'rlangan tuproqlar ikkita katta guruhga bo'linadi:
- 1. Sho'rhok va sho'rhoksimon; 2. Sho'rtob va sho'rtobli.
2. Sho'rhok va sho'rhoksimon tuproqlar. - 2. Sho'rhok va sho'rhoksimon tuproqlar.
-
- Sho'rhok va sho'rhoksimon tuproqlar tarkibidagi tuzlar miqdori va sho'r qatlamlarning joylashish chuqurligiga qarab quyidagilarga bo'linadi:
- 1. Sho'rlanmagan - tuproqning 2 m qatlamida tuzlar miqdori 0,1-0,3 % dan kam.
- 2. Chuqur sho'rhoksimon - sho'rlangan qatlam 1 m dan chuqurda joylashgan, tuzlar miqdori 0,3-0,8 %.
- 3. Sho'rhoksimon - sho'rlangan qatlam 0,5 m dan boshlanadi, tuzlar miqdori 0,8-1,5 %.
- 4. Kuchli sho'rhoksimon - sho'rlangan qatlam 0,2-0,3 m dan boshlanadi, tuzlar miqdori 1,5-2,0 %.
- 5. Sho'rhokli - sho'rlangan qatlam yerning yuzasidan boshlanadi, tuzlar miqdori 2,0-3,0 %.
- 6. Sho'rhok - sho'rlangan qatlam yerning yuzasidan boshlangan va uning tarkibida 3,0 % dan ortiq tuz to'plangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |