14-Mavzu. Siyosiy-mafkuraviy ta’limotlari va uning asosiy tamoyillar (Bolshevizm, Liberalizm)


Download 28.05 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi28.05 Kb.
#249857
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14-mavzu maruza matni

2. Fashizm - (lotincha «fashio», italyancha «fashizmo» - bog’lam, to’da ma’nosidagi so’zlardan olingan) natsional, ya’ni millatchi sotsialistlar ta’limoti, fashizm deganda, konstitutsiyaviy - demokratik tuzumga zid bo’lgan ijtimoiy va davlat tuzilmasi ham tushuniladi. Germaniyada milliy sotsialistik partiya tuzgan A.Gitler esa fashizmning «ma’naviy otasi»ga aylandi. Fashizm 1939-1945 yillarda II jahon urushi olovini yoqdi. 50 mln.dan ortiq kishining qirilib ketishiga sabab bo’ldi. O’zbekiston jangchilaridan 263005 kishi halok bo’ldi, 132670 kishi dom-daraksiz ketdi, 604552 kishi nogiron bo’ldi.

Fashistik davlat tuzilmalari XX asr 70-yillariga kelib Evropa mamlakatlarida hukm surgan fashistik tartiblar barbod bo’ldi. Chunonchi, Salazar hukmronligi davrida Portugaliyada, Franko hukmronligi davrida Ispaniyada, Mussolina hukmronligi davrida Italiyada, Gitler hukmronligi davrida Germaniyada1 va Gretsiyada fashistik tartiblar tugatildi. Shuningdek, fashizm deganda, o’n yillar mobaynida Evropada faoliyat olib borgan o’ng ekstremistik harakatning mafkurasi, nazariyasi va amaliyoti tushuniladi. Bugungi kunda ba’zi mamlakatlarda (Avstriya, Germaniya va boshq.) Fashistik unsurlarning muayyan darajada faollashuvi kuzatilmoqda. Yangi fashizm g’oyasi insoniyat uchun zararli ekanligini har bir inson anglamog’i lozim.




Download 28.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling