3-MAVZU: TURKISTONDA MUSTABID SOVET HOKIMIYATINING O’RNATILISHI VA UNGA QARSHI QUROLLI XARAKAT. SOVET HOKIMIYATI DAVRIDA O’ZBEKISTONNING MA’NAVIY – MADANIY QARAMLIGI VA UNING OQIBATLARI. IKKINCHI JAHON URUSHI YILLARIDA O’ZBEK XALQINING FASHIZM USTIDAN QOZONILGAN G’ALABAGA QO’SHGAN HISSASI. MUSTABID SOVET TUZIMINING O’ZBEKISTONDA AMALGA OSHIRGAN QATAG’ONLIK SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI. MA’MURIY BUYRUQBOZLIK TUZUMINING KUCHAYISHI VA INQIROZI. O’ZBEKISTONDA DAVLAT MUSTAQILLIGINI QO’LGA KIRITILISHI VA UNING TARIXIY AXAMIYATI.
3.1-mavzu. Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi va unga qarshi qurolli harakat. Sovet hokimiyati davrida O‘zbekistonning ma’naviy-madaniy qaramligi va uning oqibatlari
9.1.1917 yil fevral inqilobi va uning Turkistonga ta’siri. «Turkiston muxtoriyati» va uning taqdiri.
9.2. Sovet hokimiyatiga qarshi qurolli harakat, uning bosqichlari va natijalari. Xiva xonligi va Buxoro amirligining tugatilishi.
9.3. Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy tadbirlari, ularning mustamlakachilik mohiyati.
9.4. Sovet davlatining qatag‘onlik siyosati va uning O‘zbekistondagi asoratli oqibatlari.
Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: Ekspert baholash, Delfi usuli, Nilufar guli.
Tayanch so‘z va iboralar: Mustabid tuzumning o‘lkada ta’sirini mustahkamlash. RSFSR va TASSR konstitutsiyalari. Mahalliy yetakchilar. Turkkomissiya nazorati. Milliy-davlat chegaralanishi. O‘zSSRning tuzilishi. O‘zkompartiya. Iqtisodiy siyosat va uning mustamlakachilik mohiyati. Milliylashtirish. Ishchi nazorati. Harbiy kommunizm va yangi iqtisodiy siyosat. Ma’muriy buyruqbozlik. Yer-suv islohoti. Jamoalashtirish. Quloqlashtirish. Sanoatlashtirish siyosatlari va ularning oqibatlari. Milliy yetakchilar.
1.1917 yil fevral inqilobi va uning Turkistonga ta’siri
1917 yil 27 fevralda Rossiyada podsho Nikolay II taxtdan ag‘darildi. Xalqning hukumatga qarshi chiqishlari podshoning taxtdan ketishiga sabab bo‘ldi. Natijada Rossiya siyosiy ahvolida nihoyatda kam uchraydigan hol-ikki hokimiyatchilik yuzaga keldi. Ularning biri – burjuaziya vakillaridan iborat Muvaqqat hukumat, ikkinchisi – Ishchi, askar, dehqon deputatlari sovetlari edi.
1917 yilda Rossiyada o‘z maqsadlari va keng aholi ijtimoiy tabaqalarining manfaatlari uchun kurash olib borayotgan 50 dan ziyod siyosiy partiyalar va oqimlar mavjud edi. Bu partiyalar orasida bolshevik, menshevik, kadet va eserlarning xalq o‘rtasidagi ta’siri ustun edi. Bu partiyalarning ta’siri Turkistonda ham kuchayib borayotgan edi. Toshkentdagi bu partiyalar tashkilotlari rahnamoligida 1917 yil 2 martda temir yo‘l ustaxonalari ishchilari miting o‘tkazdilar. Uning qatnashchilari ishchi deputatlari Sovetini saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 3 mart kuni esa zavodlar, ustaxonalar, demokratik guruhlarning saylangan vakillaridan Toshkent Soveti tuzildi. 5 martda esa Toshkent harbiy garnizoni qismlarida 2-3 mart kunlari saylangan askarlar vakillaridan soldat deputatlari Soveti ham tuzildi. Bu Sovetlar a’zolari orasida mahalliy aholi vakillaridan biror kishi ham yo‘q edi. Bu toshkentlik mahalliy aholiga nisbatan ishonchsizlik, milliy kamsitish bo‘lib, eng muhimi, Rossiyadagi fevral burjua inqilobi shiorlaridagi tenglik tamoyili buzilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |