Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan
II jahon urushining boshlanishi. Mamlakat hayotining harbiy izga o‘tkazilishi
Download 139.38 Kb.
|
3 мавзу сиртқи
1.II jahon urushining boshlanishi. Mamlakat hayotining harbiy izga o‘tkazilishi.
Sobiq ittifoq tarkibidagi barcha respublikalar, muxtor (avtonom) viloyatlar, milliy okruglar urush girdobiga tortildi. O‘zbekistonliklar frontga safarbar etildilar. Urushning birinchi oyidayoq respublikamizning 32 mingdan ortiq ishchi, xizmatchi, kolxozchilari va yoshlari o‘zlarini frontga jo‘natishlarini so‘rab ariza berdilar. Dastlabki oylardayoq yuz minglab vatandoshlarimiz qo‘lga qurol olib frontga jo‘nab ketdilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, 1941 yilda respublikamiz aholisi 6,5 mln. kishini, ularning yarmini esa bolalar va keksalar tashkil etgan bo‘lsa, yaroqli odamlarimizning 50-60 foizi, aniqrog‘i 1.433.230 kishi urushga safarbar etildi1. Butun ittifoqda bo‘lganidek, urushning dastlabki kunlaridanoq respublikamizning butun kuch qudrati, iqtisodiy salohiyati mudofaa manfaatlariga bo‘ysundirildi. Sanoat harbiy izga ko‘chirildi. 1941 yil oxirida O‘zbekistonning 300 zavod va fabrikasi front uchun ishlay boshladi. Respublikada 280 ta yangi sanoat korxonalari qurib ishga tushirildi. Respublikada 1941 yil noyabridan 1942 yil martigacha 14 ta milliy qo‘shinlar birlashmasi tuzilib frontga jo‘natildi. Milliy qo‘shilma askarlari va zobitlarini tayyorlashda respublikada tuzilgan zahiradagi 24-o‘qchi diviziya katta rol o‘ynadi. Uning tarkibida 178 o‘zbek o‘g‘loni faol xizmat qildi. Bu diviziya urush yillarida 390 mingdan ziyod jangovor kuchlar tayyorlab frontga jo‘natdi. Bu davrda yoshlardan front uchun zarur kasb egalari tayyorlanib, urushga safarbar qilindilar. Urush davrida xalqimizning qahramonona mehnati tufayli respublikada sanoat maxsulotining umumiy hajmi 7 barobarga ko‘paydi. Qishloq mehnatkashlari esa urush yillarida 4 mln. 806 ming tonna paxta, 1 mln. 282 ming tonna don, 54,1 ming tonna pilla, 48 ming tonna kartoshka va sabzavotlar, 57,8 ming tonna meva va uzum, 159 ming tonna go‘sht, 36 ming tonna quruq meva va boshqa ko‘plab dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari yetkazib berdilar. Qizil armiyaning yirik qurol-aslaha bazasiga aylangan O‘zbekiston 1941-1945 yillarda frontga 17 ming aviamator, 3 mln. donaga yaqin aviabomba, ko‘plab portlagichlar, snaryadlar, granatalar va yana 2 ming dona front uchun eng zarur bo‘lgan samolyotlarni ham yetkazib berdi. Download 139.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling