Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan
Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy tadbirlari, ularning mustamlakachilik mohiyati
Download 139.38 Kb.
|
3 мавзу сиртқи
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sovet davlatining qatag‘onlik siyosati va uning O‘zbekistondagi asoratli oqibatlari.
Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy tadbirlari, ularning mustamlakachilik mohiyati.
Aynan shu davrda hukumat umumiy mehnat majburiyatni joriy etdiki, unga ko‘ra 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollar majburiy mehnatga jalb qilindilar. O‘lkada yangi Sovet hukumati o‘rnatilsada, mustamlakachilik mohiyati eskicha qolaverdi. Sovetlar xom-ashyo bazasi sifatida o‘lkamizni talashni davom ettirdilar. Masalan, 1920 yilda o‘lkadan Rossiyaga 6730 vagon paxta, 1000 vagon jun, 3 ming juft poyafzal, 100 ming ko‘rpa-to‘shak, 202 ming bosh kiyim, 324 ming ko‘ylak, 11,5 ming kalta po‘stin, 6,4 ming egar, ko‘plab miqdorda meva-sabzovot, vino, baliq va boshqa mahsulotlar olib ketildi. Shu yilning faqat fevralidan avgustigacha Turkiston temir yo‘llarida 10000 vagonga yaqin turli harbiy va xalq xo‘jaligi ahamiyatiga molik yuklar tashib ketildi. Respublikada 30-yillar oxiri va 40-yillar boshlarida oziq-ovqat iste’moli 1924-1928 yillarga nisbatan 10-15 foizga kamaydi. Mehnat qonunlarining keskinligi, ishchilarni ishlab chiqarishga, dehqonlarni kolxozlarga zo‘rlab biriktirilishi, ishga kechikkanlarga jinoiy jazo qo‘llanishi, bularning barchasi totalitar tuzum natijalari bo‘lib, O‘zbekiston xalqlari hayotiga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan edi. Sovet davlatining qatag‘onlik siyosati va uning O‘zbekistondagi asoratli oqibatlari. Ayni paytda dehqon xo‘jaliklarini majburiy quloq qilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldirildi. O‘zbekistondan Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga 3871 quloq oilasi surgun etildi. 1933 yilda surgun qilingan quloq xo‘jaliklari soni 5500 taga yetdi. Shu tariqa quloq qilish siyosati oqibatida son-sanoqsiz dehqon xo‘jaliklari bor-yo‘g‘i, haq-huquqlaridan mahrum etilib, qarindosh urug‘lari bilan Sibir, Ukraina va Qozog‘istonning cho‘llari, qamishzor, to‘qayzor yerlariga badarg‘a qilindilar. Ularning aksariyati bu yerlarning shart-sharoitlariga dosh berolmay turli kasalliklariga chalinib, muhtojlik azobiga dosh berolmay bevaqt hayotdan ko‘z yumdilar. 1934 yildan sovet hokimiyatining ommaviy qatag‘onligi boshlandi. 1934 yildan 1938 yilgacha O‘zbekistonda 40 mingdan ziyod kishi jazoga tortilgan edi. O‘zbekiston NKVD sining ichki qamoqxonasi va boshqa joylardagi qamoqxonalarda mahbuslar shafqatsiz jismoniy jazolarga maxkum etilar edi. Eng mardonavor kishilar ham ahvolning ilojsizligini ko‘rib va o‘z yaqinlarining taqdirlaridan xavotir olib, qilmagan jinoyatlarini tan olishga majbur bo‘lar edilar. O‘z xalqini o‘ylagani, kuylagani, ularning tashvishi, hasrati va muammolari uchun kurashgani sabab bir necha o‘n minglab yurtdoshlarimiz qatag‘on qurboni bo‘ldilar. Ularning hammasiga xalq ongini chalg‘itish uchun “xalq dushmani” degan ayb qo‘yildi. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, respublika NKVDsi “uchlik”lari tomonidan 1937-39 yillarda 41 mingdan ziyod kishi qamoqqa olinib, ulardan 6 ming 920 tasi otib tashlangan edi. Stalincha bu siyosat tufayli ko‘plab xalqlarning milliy davlatchiligi buzildi, respublikalar va muxtor viloyatlarning haq-huquqlari poymol qilindi. Eng dahshatlisi shundaki, butun-butun xalqlarning milliy madaniyati, qadriyatlari va an’analari oyoq osti qilindi. Bunday “milliy siyosat” markaz tomonidan butun vositalar bilan tashviqot qilinayotgan sovet ittifoqidagi xalqlar o‘rtasida buzilmas do‘stlik to‘g‘risidagi g‘oyaga soya, qora dog‘ bo‘lib tushdi. Bunday zo‘ravonlikning zararli oqibatlari boshqa respublikalarda hanuzgacha davom etmoqda. Ayniqsa bu oqibatlar millatlar o‘rtasidagi nizolar va fojealarda ko‘rinmoqda. Download 139.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling