4.Urush yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti.
Urush boshlanishi bilan respublika ilm-fan ham front uchun xizmatga moslashtirildi. O‘zbekistondagi SSSR FAning filial 75 ta ilmiy muassasalar, barcha olimlar respublika xo‘jalik hayotini harbiy izga solish bilan aloqador muammolarni hal etishga jalb qilindi. 1941 yil 29 noyabrda O‘zbekiston Ilmiy muxandis-texnika jamiyati tuzildi.
G‘arbiy hududlardagi yirik ilmiy muassasalar: SSSR FAning tarix, iqtisodiyot va huquq, jahon xo‘jaligi va jahon siyosati, sharqshunoslik, jahon adabiyoti, moddiy madaniyat, tuproqshunoslik, seysmologiya institutlari, bir qancha muzeylar va kutubxonalar O‘zbekistonga ko‘chirib keltirildi. Akademiyaning 375 yirik olimlari va xodimlari ko‘chib keldilar. Olimlar o‘zlarining asosiy e’tiborini mudofaa sanoati uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslarni izlab topish va ulardan foydalanishni tashkil etishga qaratdilar.
5. Urush natijalari va saboqlari. Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alabaning olamshumul-tarixiy ahamiyati
Fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba sobiq ittifoq xalqlariga nihoyatda qimmatga tushdi. Yetkazilgan umumiy moddiy zarar o‘sha davr baholari bo‘yicha taxminan 2 trillion 600 mlrd. rublni tashkil etdi. Tabiiyki, bu zararning ma’lum bir qismi O‘zbekistonga ham tegishli edi. O‘zbek xalqi o‘zgalar baxtini o‘z baxtim, ozodligim deb, begona Vatanni o‘z Vatanim deb, mardona jang qildi, minglab qurbonlar berdi. 1939-1945 yillarda II jahon urushi frontlariga O‘zbekistondan safarbar qilingan 1433230 kishidan 263005 kishi halok bo‘ldi, 132670 kishi nogiron bo‘lib qaytdi. Urush tufayli yurtimiz oilalarining aksariyati bevosita ayriliq azobiga duchor bo‘ldi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
II jahon urushining boshlanishi sabab va oqibatlari?
O‘zbekiston jangchilarining jasoratlari va partizanlik harakatidagi qahramonliklar sanab bering?
O‘zbekistonda urush qatnashchilariga bo‘lgan hurmat va ehtirom sohasida olib borilgan ishlar haqida o‘z fikringizni bildirib o‘ting?
Do'stlaringiz bilan baham: |