Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


yil oktyabr davlat to‘ntarishi va Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. «Turkiston muxtoriyati» va uning taqdiri


Download 139.38 Kb.
bet2/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

1917 yil oktyabr davlat to‘ntarishi va Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o‘rnatilishi. «Turkiston muxtoriyati» va uning taqdiri

Rossiya poytaxti Petrogradda 1917 yil 25 oktabrda (yangi hisob bilan 7 noyabr) davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi. Muvaqqat hukumat ag‘darildi, hukumat a’zolari qamoqqa olindi. V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab oldi. Bu haqdagi xabar o‘lkaga yetib kelgach, 1917 yil 28 oktabrda Toshkentda ham bolsheviklar rahbarligida qurolli qo‘zg‘olon boshlandi. Qo‘zg‘olon markazi temir yo‘l ustaxonalarida joylashgan bo‘lib, bolshevik V.S.Lyapin rahbarligida inqilobiy qo‘mita tuzilgan edi. Qo‘zg‘olonchilar 31 oktabr kuni shahar markazini, bosh pochtaxonani, bankni egalladilar. 1 noyabr kuni bosh harbiy qal’a (Tuproq qal’a) ham ishg‘ol qilinib, Muvaqqat hukumatning Turkiston qo‘mitasi ag‘darildi va Toshkentda Sovet hokimiyati o‘rnatildi.
1917 yil oxirlaridan “Sho‘roi Islomiya” va boshqa demokratik tashkilotlar tarqatib yuborildi.
Sho‘roi Islomiya”, “Sho‘roi Ulamo” va “Alash O‘rda” partiyalari va musulmon harbiylari Soveti tashkilotlari, shuningdek, o‘lkaning yahudiylari jamiyati vakillari Turkiston Sovet hukumatining hukumat masalasida mahalliy xalq vakillariga munosabatidan norozi bo‘lib, o‘z g‘oyalarini amalga oshirish maqsadida 1917 yilning 26 noyabrida Qo‘qon shahrida o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyini chaqirdilar. Unda o‘lkaning besh viloyatidan 200 dan ortiq vakillar ishtirok etdilar. Aynan shu qurultoyda yurtning millatparvar rahnamolari o‘z g‘oyalarini amalga oshirib, mahalliy xalq irodasini ifodalovchi Turkiston Muxtor hukumatini tuzdilar.
1918 yil 18 fevraldan 19 fevralga o‘tar kechasi Muxtoriyatni tugatish uchun Qizil armiyaning Qo‘qon shahriga keng ko‘lamdagi hujumi boshlandi. Qonli voqealar bilan Turkiston muxtoriyati 22 fevralda tugatildi. Bolsheviklar (Sovet) hukumati muxtor hukumatni tugatish uchun qizil armiyadan tashqari arman dashnoqlari qo‘shinidan ham foydalandi. Bu alohida qo‘shin ham qizil armiya kabi xunrezliklar bilan shug‘ullandi. Qo‘qon shahri aholisi ham katta qurbonlar berdi. Dashnoqlar “mahalliy aholi bizning otlarni xashak bilan ta’minlashdan bosh tortdi” deb, Farg‘ona shahri yaqinidagi Yormazor qishlog‘ining 200 ta kishisini ham otib tashlaganlar.
“Turkiston Muxtoriyati” o‘lka xalqlari ozodlik harakatining qudratli, haqiqiy ramziga, erkinlik va mustaqillik uchun kurash ramziga aylandi. Muxtoriyatchilarning sovet hokimiyati tomonidan tor-mor etilishi bilan bog‘liq voqealar tarixda “Qo‘qon fojeasi” nomi bilan qoldi.




  1. Download 139.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling