Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


SSSRda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tuzumning qaror topishi. Yakka hokimiyatchilikning kuchayishi. Ruslashtirish siyosati


Download 139.38 Kb.
bet10/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

1.SSSRda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tuzumning qaror topishi. Yakka hokimiyatchilikning kuchayishi. Ruslashtirish siyosati.
Sovet davlati va hukmron partiyaning mutamlakachilikka asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati II jahon urushidan keyin ham davom etdi. Bu davrda ham O‘zbekiston o‘z xalqining arzon kuchidan, boy xom-ashyo manbalaridan foydalanib, hukmron partiya belgilab bergan besh yillik rejalarini bajarishga kirishdi.
Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan VIII-sessiyasida qabul qilingan 1946-1950 yillarga mo‘ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko‘ra, xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 ming so‘m kapital mablag‘ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari respublika iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Bu besh yillikda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishga e’tibor berilib, natijada 5 yilda 8 ta yirik va o‘rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 ming kv. soat kuchga ega bo‘lgan Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya sobiq ittifoqda uchinchi o‘rinda bo‘lib, urushgacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga teng quvvat beradigan bo‘ldi.
Urushgacha “kazarma sotsializmi” va urush azoblarini boshdan kechirgan o‘zbek xalqi iqtisodni tiklash va rivojlantirishda ham xormay-tolmay mehnat qildi.
Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko‘paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko‘p edi. Sanoatning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo‘zsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.
O‘zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o‘lkani xom ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi.



  • 50-80 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilgan tadbirlar va ularning samarasizligi. Paxta yakkahokimligi va uning oqibatlari.

50 yillardan boshlab qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish orqali paxta va g‘alla yetishtirishni ko‘paytirishga kirishildi. Uch yil (1953-1955) ichida respublikada 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. Birgina Mirzacho‘lning o‘zida 1956 yilga kelib 200 ming gektar yer o‘zlashtirildi. 1960 yili O‘zbekistonda sug‘oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.
Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishga katta e’tibor qaratildi. Respublikada 1951 yilda 0,9 mln tonna mineral o‘g‘it ishlatilgan bo‘lsa, 1980 yilda uning miqdori 5 mln tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkurandalarga qarshi kurashda zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va boshq.) dan foydalanildi.
Dunyo bo‘yicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr. dan, AQSh da 800 gr. dan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1989 yil respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga 25-45 kg. dan to‘g‘ri keldi. O‘ta zaharli bu ximikatlar respublikaning aholisi sog‘ligiga zarar yetkazdi.
Hukmron partiya va sovet hukumatining O‘zbekistonda paxta yakkahokimligi siyosati tufayli yildan-yilga paxta yetishtirish ko‘payib bordi.
Paxta xom ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 baravar ko‘paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar mobaynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mlrd. rubl mablag‘ ajratilgan bo‘lib, shundan 17,1 mlrd. rubli sug‘orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga yer o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda yangi sovxozlar 160 tani tashkil etgan bo‘lsa, 20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln. tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.
3. 40-50 va 80-yillar oxirlarida Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zgarishlarning boshlanishi. “Paxta ishi”ning qayta ko‘rilishi va tarixiy adolatning tiklanishi. Mustaqillik sari dadil qadamlar.
Sobiq hukmron partiya aholiga fashizm mafkurasi ta’siri bo‘lganligini va buning oqibatida matbuot, san’at va adabiyotda g‘oyasizlik, siyosatdan uzoqlashish, hayotiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, umidsizlik, kelajakka ishonchsizlik paydo bo‘lganligini ro‘kach qilib, 40-yillar adabiyot va san’at namoyondalari faoliyatini tazyiq ostiga oldi. Bu borada bir qator qarorlar ham qabul qilindi. 1983-1988 yillarda O‘zbekiston bo‘yicha jinoiy ish yuzasidan qamalganlarning 600 tasi rahbar xodimlar edi. Ularning 60 foizi kolxoz raislari, savxoz direktorlari, 45foizi yetuk qishloq xo‘jaligi mutaxassislari edilar. Bu jarayonda mas’ul, KPSS MQ nomenklaturasidagi 172, O‘zkompartiya MQ nomenklaturasidagi 1813 nafar xodim javobgarlikka tortildi. Ularning 70 foizi viloyat, shahar, tuman partiya qo‘mitalarining kotiblari edilar.
Qamalganlarning 5000 dan ortig‘i javobgarlikka tortilgan edi. O‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani sababli sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo‘natildi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib yetdilar.
O‘zbekistonda inson huquqlari behad toptalayotganligi haqida Moskvaga minglab xatlar jo‘natildi.
Afsuski, bu xatlar tekshirilmadi va ularga javob ham olinmadi. Aksincha, Gdlyan va uning gumashtalari ketma-ket unvonlar bilan rag‘barlantirilib borildi.
Ana shu tariqa desantchilar o‘zbek xalqini ko‘zbo‘yamachilikda, poraxo‘rlikda, qo‘shib yozishlarda, boqimandalikda ayblab, partiya va davlat rahbarlaridan tortib oddiy dehqonlargacha ta’qib ostiga oldilar. Ular o‘zlari o‘ylab topgan soxta ayblari natijasida respublikamizning 25 mingga yaqin fuqarolari qiynoqlarga solindi, sudsiz, tergovsiz qamaldi. Ularning orasida keksalar, homilador ayollar, nogironlar ham bor edi. Aybsiz kishilarga jismoniy kuch ishlatib, qo‘rqitish yo‘li bilan ayblar qo‘yildi. Oddiy mehnatkashlardan katta miqdorda pul, o‘z rahbarlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ko‘rsatmalar berish talab qilindi.



Download 139.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling