Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan
O‘zbekistonda davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati
Download 139.38 Kb.
|
3 мавзу сиртқи
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlatchilik asoslarining shakllanishi
O‘zbekistonda davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati
XXI asr bo‘sag‘asida Vatanimiz tarixida buyuk voqea sodir bo‘ldi. Prezident Islom Karimov 1991 yil 31 avgust kuni Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini e’lon qildi. Sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida» Oliy Kengash Bayonoti qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasi - deb ta’kidlanadi Bayonotda, to‘la davlat hokimiyatiga ega, xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda barcha sheriklar bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini ochiq deb e’lon qiladi». Mazkur sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» qaror qabul qilinib, 1 sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. Shuningdek, Oliy Kengashda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. 17 moddadan iborat ushbu qonunning birinchi moddasida: «O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir», - deb qonunlashtirilib qo‘yildi. Xalqimizga berilgan huquq va imkoniyatlar erishgan istiqlolimizni mustahkamlashga xizmat qila boshladi. Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi»? mavzuida 1991 yil 29 dekabrda o‘tkazilgan referendum natijalarida yaqqol ko‘rindi. Umumxalq referendumida saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi yoki 9 mln. 898 ming 707 kishi qatnashdi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini yoqlab 9 mln. 718 ming 555 kishi yoki referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi ovoz berdi. O‘zbekistonda siyosiy islohotlar. Milliy davlatchilik asoslarining shakllanishi Istiqlolimizning muhim vazifalaridan biri- muqaddas belgilar-davlat ramzlarini qabul qilishdan iborat edi. Shu bois 1991 yil 18 noyabrda O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zR Oliy Kengashining VII sessiyasida Davlatimiz bayrog‘i, 1992 yil 2 iyulida O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zR Oliy Kengashining X sessiyasida Davlat gerbi va O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrdagi XI sessiyasida Davlat madhiyasi qabul qilindi. Mustaqil davlatchiligimizni shakllantirishda, uning huquqiy, siyosiy asoslarini yaratishda 1992 yilning 8 dekabrida O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zR Oliy Kengashining XI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Konstitutsiyamiz muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iboratdir. Hur O‘zbekistonimizning tarixida birinchi Konstitutsiyaning qabul qilinishi–respublikamizning yangidan tug‘ilishi va haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qo‘yilishi edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi Farmoniga muvofiq 1994 yil 1 iyulidan boshlab mamlakatimizning milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo‘naltirilgan yo‘l belgilab olindi. Bu yo‘nalishning ko‘lamini va mohiyatini anglash uchun sobiq Ittifoqdan, esi mustabid tuzumdan bizga qanday siyosiy meros qolganini eslash zarur. Download 139.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling