Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan


Mustaqillik sharoitida O‘zbekiston parlamentining tashkil etilishi


Download 139.38 Kb.
bet15/28
Sana31.03.2023
Hajmi139.38 Kb.
#1312399
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
3 мавзу сиртқи

Mustaqillik sharoitida O‘zbekiston parlamentining tashkil etilishi.



Klaster • Hokimiyat – bu...? • Davlat hokimiyati –bu...? Hokimiyat – bu kishilar, ijtimoiy guruhlar hamda sinflarning faoliyatiga, xulq-atvoriga, harakatlariga iqtisodiy, siѐsiy, g‘oyaviy, ijtimoiy mexanizmlar, shuningdek, kuch ishlatish, zo‘rlik qilish, ishontirish qobiliyatlari bilan ta’sir etuvchi faoliyatning alohida shaklidir. Davlat hokimiyati (davlat apparati) – bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining tizimidir. 1994 yil 24 dekabrda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida saylangan Respublika Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifasini bajaradi. Oliy Majlisga saylovlar demokratik rivojlanishning yangi bosqichga o‘tganligidan dalolat berdi. Oliy Majlisga 250 deputatlar saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati quyidagi tarkibga ega: • Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi. • Shundan 135 nafar deputat siѐsiy partiyalardan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati quyidagi tarkibga ega:........................................? Senat so‘zi lotincha “senatus”, “sinex” so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zbekchada “oqsoqol”, “mo‘ysafid” degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zolarining 15 nafari aѐllardan iborat (15 foiz). Oliy Majlis Senatining raisi etib Ilgizar Sobirov saylangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (qonun chiqaruvchi hokimiyat): 250 nafar deputat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik (quyi) palatasi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati Quyi Qonunchilik palatasi deputatlari son 150 ta, shundan 135 deputat faqat siѐsiy partiyalardan saylanadi. 15 deputat esa O‘zbekiston Respublikasi Ekologik harakatidan saylanadi. Vakolat muddati 5 yil, Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiy professional asosda amalga oshiradi va qonunlar ishlab chiqadi. Senatorlar soni 100 ta. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillaridan tashkil topgan yuqori palata – Senat hududiy manfaatlarni ifoda etadi. 84 Senat a’zosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar davlat hokimyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 6 kishidan (ya’ni, 14 ta hududdan 6 kishidan), jami 84 nafar deputat saylanadi. 16 nafar senatorlar Prezident tomonidan tayinlanadi. Shu tariqa Senat jami 100 senatorlardan tashkil topadi. Bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida fraksiyalar quyidagicha: 1O‘zLD partiyasi 53 (79,5 foiz) deputati mavjud. 2O‘zXD partiyasi 32 (48 foiz) deputati bor. 3O‘zMTD partiyasi 31 (46,5 foiz) deputati mavjud. 4O‘z “Adolat” SD partiyasi fraksiyasi 19 (28,5 foiz) deputati bor. 5O‘zbekiston Respublikasi Ekologik harakatining 15 (22,5 foiz) deputati mavjud. Qonunchilik palatasi umumiy deputatlar sonining 33 nafari (22 foiz) xotin-qizlardir. Davlatni boshqarishning prezidentlik shakli mamlakatni boshqaruv tizimini isloh qilishning boshlanishi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat hokimiyatining boshlig‘i vazifasini bajaradi. Prezident fuqarolar erkinligi va huquqlarini himoya qilish, Konstitutsiya va O‘zbekiston qonunlariga rioya qilinishini kafolatlaydi. • Prezidentlik instituti va uning shakllanishi haqida ma’lumot bering.
Prezidentlik instituti va uning shakllanishi Prezident so‘zi – lotincha “oldinda o‘tiruvchi” ma’nosini bildiradi. O‘zbekiston tarixida birinchi prezidentlik lavozimi 1990 yil 24 martda ta’sis etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Islom Karimov saylandi. 1991 yil 18 noyabrda “O‘zbekiston Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunga 1997 yil 26 dekabr va 1999 yil 19 avgustda hamda 2003 yil 24 aprelda, 2007 yil 11 aprelda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tom ma’nodagi prezidentlik instituti shakllandi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 19-bob, 89-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. Prezidentlik lavozimiga 35 ѐshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashagan O‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq prezident bo‘lishi mumkin emas. Prezident fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan 7 yil muddatga saylanadi, u qonun bilan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonun loyihalarini kiritish, qonunchilik tashabbusi huquqiga ega Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarni imzolaydi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini o‘z e’tirozlari bilan qaytarish huquqiga ega O‘zbekiston Respublikasi nomidan muzokaralar olib boradi va shartnoma hamda kelishuvlarni imzolaydi O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlarining, shuningdek, hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini to‘xtatadi va bekor qiladi • Vazirlar Mahkamasi qanday organ? Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyat organi bo‘lib, u ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalardagi vazifalarning bajarilishini, qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, mamlakat Prezidenti farmonlari va qarorlarining ijro etilishini ta’minlaydi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi hokimiyatdan tubdan farq qilib, bu tizim jamiyat haѐtida muvofiqlantiruvchilik vazifasini bajardi. Sobiq O‘zbekiston Respublikasida 28 ta ittifoq va 17 ta respublika vazirliklari va komitetlari ish qurgan bo‘lsa, endilikda ular o‘rniga bozor iqtisodi tizimiga mos keladigan vazirliklar tashkil etilgan. (Keyingi slaydga e’tibor beramiz) 6 nafar o‘rinbosar Birinchi o‘rinbosar Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi a’zolari VAZIRLIKLAR Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tashqi ishlar vazirligi Xalq ta’limi vazirligi Iqtisodiѐt vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mudofaa vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi Yangi davlat apparati shakllanishi va faoliyatini davr talabiga mos keladigan kadrlar siѐsatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu nuqtai – nazardan O‘zbekistonda ishni yuqori darajada olib borishga qodir bo‘lgan ma’naviy yetuk kadrlarni tayѐrlash va tarbiyalashga qaratilgan qator chora – tadbirlar o‘tkazilgan. Xususan, davlat va jamoa tashkilotlari, huquqiy organlari uchun yuqori malakali kadrlar tayѐrlab beradigan bir qancha oliy o‘quv yurtlari tashkil etildi,xususan: Jahon tillari universiteti, Jahon diplomatiya universiteti,va boshqalar.




  1. Download 139.38 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling