Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan
Download 139.38 Kb.
|
3 мавзу сиртқи
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.O‘zbekistonda maorif, fan va madaniyatning ravnaqi. Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi
2.O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning strategiyasi va asosiy bosqichlari. Iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi va taraqqiyot ko‘rsatkichlarining o‘sishi.
1991 yil 18 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida mulkni qabul qilingan qonunga ko‘ra xususiylashtirish va va mulkchilik shakllarini o‘zgartirish maxsus dasturlar asosida amalga oshirilish qat’iy belgilab qo‘yildi. 1994 yilda kichik xususiylashtirish deyarli nihoyasiga yetdi. 1992-1994 yillar davomida 54 mingga yaqin korxona va ob’ekt davlat tasarufidan chiqarildi. Xususiylashtirish borasida 20 dan ortiq davlat dasturi qabul qilindi. 1995 yilda mashinasozlik kompleksiga qarashli 89 ta korxona, 68 ta uy-joy kommunal qishloq, 229 ta qayta ishlash korxonasi boshqa ob’ektlar xususiylash tirildi. 6 ming xususiy va oilaviy korxonalar paydo bo‘ldi. 1998 yilga kelib aksariyat korxonalar xususiylashtirildi. Davlat korxonalarining xususiylashtirish 1993 yil 39,4 foiz edi, 1994 yilda 57,7 foiz, 1998 yil esa 88,2 foizga oshdi. 1997 yilga kelib xususiy va kichik korxonalar soni 100 mingdan oshib ketdi. Bozor infrastrukturasi deyilganda tovar va pul bozorida, mehnat resurslari bozorida iqtisodiy vositalar - tegishli moliya va bank-kredit tizimi, sug‘urta, auditorlik, yuridik va xususiy firmalar tizimi tushuniladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida infrastrukturani shakllantirish muhim jarayon bo‘lib, uni tashkil etish anchagina vaqt talab etadi. 3.O‘zbekistonda maorif, fan va madaniyatning ravnaqi. Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi 1991 yil ulug‘ mutaffakir, o‘zbek she’riyatining asoschisi bo‘lmish Alisher Navoiyning 550 yilligi to‘yi yurtimizning barcha hududida keng nishonlandi. Shu katta tadbir munosabati bilan Alisher Navoiyning «Lisonut tayyor», «Sab’ai sayyor», «Farxod va Shirin» kabi qator yirik asarlari alohida bosmadan chiqarildi. Eng muhimi, shoirning 20 jildlik mukammal asarlar to‘plami nashr etila boshladi. Hukumatimiz tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Toshkentdagi A.S.Pushkin nomli Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Toshkent shahrining eng go‘zal joyiga Navoiyning ulkan haykali o‘rnatildi va bu yer ziyoratgohga aylantirildi. 1992 yil buyuk ijodkor, isyonkor shoir Boboraxim Mashrab ijodiga bag‘ishlab mamlakatimiz miqyosida Mashrabxonlik kunlari katta tantana va ko‘tarinkilik ruhida o‘tkazildi. Mashrabning tug‘ilgan shahri bo‘lmish Namanganda bu tadbir alohida xususiyat bilan o‘tkazildi va uning nomi bilan atalgan katta dam olish bog‘i yaratildi. 1994 yilda esa dunyo astronomiya faniga katta hissa qo‘shgan, ham shox, ham buyuk olim bo‘lgan hamyurtimiz Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan yurtimizda shu yilni Ulug‘bek yili deb e’lon qilindi. Shuningdek buyuk olimning yubiley tantasining jahon miqyosida nishonlanishi ham uning qoldirgan ilmiy merosining dunyo ahamiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Mustaqillik sharofati bilan diyorimizda har yili Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogaxiy, Furqat, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi qator ulug‘ shoir va ma’rifatparvarlarning kunlarini o‘tkazish odat tusiga kirdi. Mustaqilligimiz yillarida o‘tgan allomalarimizning yaratgan asarlarini nashr etish sohasi bo‘yicha ham talaygina ishlar bajarildi va bajarilmoqda. Download 139.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling