14-mavzu. Tahlilni voltamperometrik turlari. Polyarografiya, amperometriya. Kulonometriya. Nazorat savollari


Download 0.58 Mb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#221171
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
analitika14


14-mavzu. Tahlilni voltamperometrik turlari. Polyarografiya, amperometriya. Kulonometriya.
Nazorat savollari

1.Polyarografiya mohiyati

2.Polyarografiyada sifat va miqdoriy taxlil

3.Amperometriya mohiyati



4.Kulonometriya tasnifi
1. Polyarografik tahlil, o‘tkazish shart-sharoitlari, avzalligi va kamchiligi.
Usul elektrokimyoviy (polyarografik) yacheykaga tashqaridan kuchlanish qo‘yilishi bilan elektrik o‘lchamlar va tahlil qilinuvchi modda eritmasi xossalari orasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga asoslangan.1

Polyarografik sifat taxlildatahlil qilinuvchi modda qaytarilishi (yoki oksidlanishi) uchun mikroelektrodlarga berilgan kuchlanish bilan modda tabiati orasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi.

Polyarografik miqdoriy taxlildamikroelektrodlarga berilgan kuchlanishning ma’lum qiymatida polyarografik yacheykada xosil bo‘lgan diffuziya elektr tokini tahlil qilinuvchi eritmadagi modda konsentratsiyasiga bog‘liqligi o‘rganiladi.
YAcheykaga berilgan kuchlanish va diffuzion tok qiymatlari, volt-amper egrisidan olinadi. Demak yacheykadan o‘tayotgan tok kuchini mikroelektrodga berilgan kuchlanishga bog‘liqligini ifodalovchi usul polyarografiya yoki voltamperometriya deb ataladi.

Klassik polyarografik usul, tomchi simob elektrodi bilan 1922 yilda chex olimi YA.Geyrovskiy tomonidan tavsiya etilgan.
Mohiyati: Polyarografik yacheykada katod vazifasini – tomchi simob, makroanod esa suyuq simobdan iborat yacheykaga tahlil qilinuvchi eritma solinib, mikrokatodga ortib boruvchi kuchlanish qo‘yiladi. (manfiy kuchlanish).

Ko‘pincha idish tubidagi makroanod – suyuq simob o‘rniga kalomel elektrod qo‘llanadi. Unga nisbatan tomchi simob elektrodi potensiali aniqlanadi.


Polyarografik tahlil jarayonida, tahlil qilinuvchi eritmada fon elektroliti qo‘shilgan bo‘lib, ular elektrodda qaytarilmay tahlil qilinuvchi modda ionlari qaytarilmasidan avval eritmada tok tashuvchi sifatida ishtirok etadi.
Polyarografik yacheykadan o‘tayotgan tok (I) qiymatini tomchi simob elektrodiga berilgan kuchlanish (E) ni voltamper egrisi yoki polyarogramma quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (I ~ E).

ab – qoldiq tok;


bc – Faradey yoki, diffuzion toki;
cd – chegaraviy tok;
h – to‘lqin balandligi (miqdoriy tahlil asosi)
E1/2–yarim to‘lqin potensiali (sifat tahlili asosi).
Potensialning ma’lum qiymatida Me+2 katodda qaytariladi va tok kuchining keskin ortishi kuzatiladi. Bu tokni diffuzion toki yoki Faradey toki deyiladi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling