2. Polyarografni tuzilishi, ish tamoili
1- polyarografik yacheyka; 2-tomchi simob(katod)
3-simobli balon 4 – voltmetr; 5 – reostat;
6 - batareya; 7 – mikroampermetr 8- anod suyuq simob
Ish tamoili: polyarografik yacheyka elektrolit eritmasi solingan shisha stakancha va unga tushirilgan katod tomchi simob elektrodi xamda yacheykaning tubiga qo‘yilgan simob anod elektrodidan iborat. Kapilyardan chiqayotgan diametri 1 mm simob tomchilari muntazam ravishda kapillyardan uzilib, anodga qo‘shilib turadi. Bunda tomchi simob elektrodida sodir bo‘ladigan qaytarilish jarayoni tufayli tok kuchi keskin ortadi. Ana shu katoddagi qaytarilish jarayoni sababli tomchi simob elektrodi potensiali, uning muvozanat potensialidan keskin farq qiladi. Bunday hodisa elektrodni qutblanishi (polyarizatsiya) deyiladi. “Polyaro”- qutblanish, “grafiya”- yozish ma’nosini anglatadi. YA’ni elektrod qutblanishini yozuvchi asbob. Aniqlanuvchi ionni qaytarilishi natijasida hosil bo‘lgan tok Faradey toki deyiladi. Faradey toki tomchi simob atrofidagi barcha ionlar qaytarilguncha ortadi. So‘ng ionlar diffuziya tezligiga ko‘ra to‘liq qaytarilgandan keyin to‘yinish toki hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |