14-mavzu. Tokzor barpo qilish loyihasini tuzishda xisob-kitoblar Ishning maqsadi
Download 59.96 Kb.
|
1 2
Bog'liq14-mavzu. Tokzor barpo qilish loyihasini tuzishda xisob-kitoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy tushunchalar.
- T” sxemadan foydalanib, 1 ga tokzor uchun kerak bo’ladigan tok ko’chati sonini hisoblash
14-mavzu. Tokzor barpo qilish loyihasini tuzishda xisob-kitoblar Ishning maqsadi: Talabalarga xo’jaliklarda yangidan barpo qilinadigan tokzor rejasini tuzishni hamda kerak bo’ladigan tok ko’chati sonini hisoblab chiqishni o’rgatish. Materiallar va jihozlar: 1. A.A.Ribakov va boshqalar “O’zbekiston uzumchiligi”. Toshkent, 1969. 2. Sh.Temurov. «Uzumchilik». Toshkent, 2002 yil. 3. G.S.Morozova. Vinogradarstvo s osnovami ampelografii (prakticheskiy kurs). Moskva, 1978 g. 4. Tokzor loyihalari, jadvallar, chizgich, qalam, amaliy mashg’ulot topshiriqlari. Asosiy tushunchalar. Tok o’tqazish qalinligi tabiiy sharoitga, nav tarkibiga, tuplarning o’sish kuchiga va ularni parvarish qilishga bog’liq. Yer qancha unumdor bo’lsa, tuplar qancha kuchli o’ssa, ularning oziqlanish maydoni shuncha katta bo’ladi. Qatordagi tok tuplari oralig’ini belgilashda O’zbekistonda kuchli va o’rtacha o’sadigan navlar oralig’i katta bo’lishi zarurligini nazarda tutish kerak. Tok ildizining rivojlanish tezligi va tarqalish xarakteri ko’p jihatdan o’tqazish qalinligiga bog’liq. 1-rasm. Tokzor maydonini tashkil qilish sxemasi. 1-kartalar; 2-himoya daraxtlari; 3-kartalar o’rtasidagi yo’l; 4-magistral yo’l; Tokni kuzda va bahorda o’tqazish mumkin. Kuzda noyabr oyidan boshlab, sovuq tushguncha davom ettiriladi. Bahorda esa tuproq holatida ekish uchun yaroqli bo’la boshlanganda to ko’chatda kurtaklar yozila boshlaguncha, ya’ni aprelning ikkinchi o’n kunigacha davom ettiriladi. Ko’chatlar ancha kech o’tqazilsa, ular yomon tutadi. Agar yer muzlamagan bo’lsa, tok ko’chatlarni qishda temperatura noldan yuqori bo’lgan iliq kunlarda ham o’tkazish mumkin. Ko’chatlarni bahorda o’tqazishga qaraganda kuzda o’tqazish yaxshi, chunki qishda ular ko’milmaydi. Ko’chatlarni ekishga tayyorlash va ekish chuqurligi. Standart bo’lgan sog’lom ko’chatlarni o’tqazish juda yaxshi. Saqlanayotgan joyidan kovlab olingan, bir kunda ekishga mo’ljallangan ko’chatlar o’tqazilishidan bir kun oldin yangilanish uchun bir necha soat suvga solib qo’yiladi. Agar ko’chatlar boshqa xo’jalikdan olib kelingan va bir oz qurib qolgan bo’lsa, ularni 2-3 kun suvda saqlash lozim. So’ngra ko’chatlarning asosidagi pastki ikkita bo’g’imda rivojlangan ildizlar 10-15 sm gacha q isqartiriladi, qolganlari bog’ qaychi bilan kesib tashlanadi. Ko’chatning yer usti qismidagi novdalardan eng baqquvat ikki uchtasi qoldiriladi, qolganlari butunlay kesib tashlanadi. Qoldirilgan novdalarning har biri 2-3 ta kurtagidan kesib qisqartiriladi. Kesish vaktida ko’chatlarning sifati tekshiriladi, qurib qolganlari (eskilari), kasallangan, nimjonlari, shikastlanganlari yoki standart talablariga javob bermaydiganlari yaroqsiz hisoblanadi. Kesib bo’lingandan so’ng ko’chatlar nam tuproqqa ko’miladi. O’tkaziladigan kuni ko’chatlar ekish joyiga eltib beriladi, bunda ular qurib qolmasligi kerak, buning uchun esa ustiga ho’l qop yoki brezent yopib qo’yiladi. Bu yerda ham ular yer yuzasida bir – ikkita kurtak qoldirilib nam tuproqqa ko’miladi. Bevosita o’tkazishdan oldin ko’chatlarni ildizi suv, tuproq va mol go’ngidan tayyorlangan aralashmaga botiriladi. Bu ildizlarni qurib qolishdan saqlaydi. Suv bilan yaxshi ta’minlangan va agrotexnika darajasi yuqori bo’lgan sharoitda tokzorlarga kilchevkalangan qalamchalarni ham o’tkazish mumkin. Bunda bitta chuqurga bir-biridan 7-10 sm oraliqda 2 tadan qalamcha o’tqaziladi. Agar ikkala qalamcha ham tutib ketsa, kamroq rivojlangani kuzda olib tashlanishi yoki boshqa joyga o’tqazilishi mumkin. Ko’chat o’tqazish chuqurligi maydonning tuproq sharoitiga uning namlanish darajasi va joyning iqlim sharoitiga bog’liq. Kuchli sovuq bo’ladigan joylarda (Xorazmda, Qoraqalpog’istonda), shuningdek, yozda tuprog’i qizib ketib, chuqur qatlamlari ham qurib qoladigan janubiy rayonlarda ko’chatlar 60-70 sm chuqurlikka o’tqazilishi lozim. Bu ko’chat tayyorlash vaqtida hisobga olinadi. Yengil qumoq tuproqli yerlarga ham ko’chatlar shunday chuqurlikda ekiladi. Og’ir soz tuproqli yerlarda tok 30-35 sm chuqurlikda o’tkaziladi, aks holda havo yetishmasligidan pastki ildizlar nobud bo’ladi, asosiy ildizlar esa yuqori qismida rivojlanadi. Sug’oriladigan bo’z tuproqli yerlarda tok o’tqazish chuqurligi 40-45 sm bo’ladi, shartli sug’oriladigan yerlarda esa 45-50 sm ga, bahorikor yerlarda 55-60 sm ga yetkaziladi. O’zbekiston sharoitida tok ekini sug’orilib yoki sug’orilmay o’stiriladi. Jami tokzorlarni asosiy qismi, ya’ni 70% sug’orilib o’stiriladi. Sug’oriladigan hududlarda tok uchastkaning maydoni 3-5 gektardan har qaysi kvartal maydoni 25-50 gektardan kam bo’lmasligi kerak. Maydonning tekisligiga qarab uchastkaning uzunligi 100-150 m dan ortik bo’lmasligi kerak. Tok ekini ishlab chiqarishda asosan yertok va vertikal simbag’azlarda o’stiriladi. Yertok holida o’stirilganda qatorlab yoki qo’sh qatorlab ekiladi, vertikal simbag’azlarda asosan qatorlab ekiladi. Tokning o’sish kuchiga qarab tok qator oralari va qatordagi tup oralari har xil bo’ladi. Vazifa: 1. O’zbekistonning sug’oriladigan maydonlari uchun 50 gektarli tokzor kvartali loyihasini tuzish. 2. 7-jadvalda ko’rsatilgan ekish sxemasiga binoan kerak bo’ladigan tok ko’chati sonini hisoblash. “T” sxemadan foydalanib, 1 ga tokzor uchun kerak bo’ladigan tok ko’chati sonini hisoblash
Download 59.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling