14-mavzu. Transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatishda terminallar tizimi. Reja


Download 46.17 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi46.17 Kb.
#1375542
1   2   3   4   5
Bog'liq
14-Ma\'ruza

Yuklarni transportirovka qilish bo‘yicha xizmatlar quyidagilardan iborat:

  • yuk jo‘natuvchilarning yuklarini ombordan yuk tushirish va qaytadan ortuvchi magistral transportiga yetkazish (temir yo‘l stansiyalariga);

  • magistral transport terminali hamda yuk tushirish va qaytadan ortish omborlaridan (temir yo‘l stansiyalari, avtotransport terminallaridan), taqsimlash markazidan va savdo va sanoat kompaniyalarining logistik terminallardan, yuk qabul qiluvchi omboriga bojxona omboridan yuklarni hududlarga yetkazish;

  • yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchi orasidagi yuklarni transport tadbirkorligi doirasida bo‘lgan hudud chagarasidan chiqmagan holda mahalliy tashish;

  • ekspeditorlik korxonaning xususiy va ijaraga berilgan omborlaridan yuklarni olib chiqish va olib kirish;

  • yuklarni tashish uchun poddon, konteyner, transport taralarini xarid qilish, ta’mirlash va topshirish (berish).

Trancport tizimlari mahsulotlarni ishlab chiqarish joyidan belgilangan manzilga yuk mashinalari, ekipajlar, konteynerlar, mashina va poezdlar yordamida yetkazib berishga yordam beradi. Transport xizmatlari ishlab chiqarishda katta ahamiyatga egaligi va bu xizmatlar uchun ko‘p mablag‘ talab qilingani sabali, logistika nuqtai nazaridan juda katta ahamiyatga ega [1, 109 bet]
Trancport tizimi yuklarni belgilangan va chegaralangan vaqt ichida texnika-havfsizlik qoidalariga amal qilgan holda, eng kam qiymat evaziga yetkazib berishni tashkillashtirish, harakat jadvallarini ishlab chiqish va o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotdir [1, 109 bet].
Yuklarni transport vositalarida ortishga tayyorlash bo‘yicha xizmatlarga quyidagilar kiradi:

  • tashish uchun transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va ko‘zdan kechirish;

  • yuk qoldiqlaridan transport vositalarini tozalash va yuvish;

  • yopiq vagon va konteynerlar uchun tamg‘a-plombali moslamalarni berish;

  • transport vositalari va konteynerlarga texnik xizmat ko‘rsatish;

  • yuklarni tashish uchun zarur bo‘lgan transport vositalarini qo‘shimcha qurilma va meteriallar bilan jihozlash.

Transport vositalariga yuklarni mahkamlash bo‘yicha xizmatlarga quyidagilar kiradi:

  • transport vositalar va konteynerlarga yuklarni mahkamlash uchun zarur bo‘lgan texnik shartlarni va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, unga tegishli bo‘lgan organlarda kelishish va tasdiqlash;

  • transport vositalari va konteynerlarda yuklarni mahkamlash uchun qurilma-moslama va materiallar bilan ta’minlash;

  • transport vositalari va konteynerlarda yuklarni mahkamlovchi moslamalarni o‘rnatish va yechish.

Transport partiyasidagi yuklarni komplektlash bo‘yicha xizmatlarga quyidagilar kiradi:

  • transportirovka, yuk jo‘natuvchi uchun yo‘naltirilgan yuklarni nomlanishi bo‘yicha saralash;

  • transport tarasiga yuklarni qadoqlash;

  • yuklarga transport markirovka qo‘yish va transport paket (qog‘oz-xalta o‘rami)lariga joylash;

  • qadoqlash materiallari bilan ta’minlash;

  • jo‘natishga tayyor bo‘lgan transport partiyalarini saqlab turish;

  • katta bo‘lmagan transport partiyalarini ortish uchun bo‘sh konteynerlarni berish.

Material o‘ralgandan keyin, u qutiga joylanadi va qoplama bilan yopib qo‘yiladi. Bu nuqtada, qutini aniqlash va markirovkalash juda muhim canaladi. Qadoqlarni yorliqlash elektronika yoki qadoqlashga acoclangan yorliqlar kabi aloqa turlarning bir turi hicoblanadi. Co‘zlar yoki kodlar raqamlari mahculot tabiati va uning o‘g‘rilikdan himoyalanishga acoclanib foydalaniladi. Qayta markirovkalash tegishli bo‘lgan optik ckaner orqali tayyorlanishi ham mumkin [1, 172 bet].
Idishlar, koncervalar va kortonlar kabi ictemol o‘ramlari va mahculotlarni qadoqlash to‘ldirish, o‘rash, yopish va o‘lchash operatsiyalarining ajralmas qismi xisoblanadi. Markirovkalash maxcuc yuqori tezlik, to‘liq avtomatlashtirilgan uckunalar va maxcuc mashinalar, mashina ijrolari, iqticodiy va hocil bo‘luvchi bir qancha vocitalar bilan birga amalga oshiriladi [1, 172 bet].
Markirovkalashdagi topografiya va rang tanlovi icte’molchilarni qabul qilish, foydalanish va javob berishda juda muhim canaladi. Darhaqiqat, o‘ralgan mahculotning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatcizligi uning qanday usulda aniqlanganiga qarab belgilanishi mumkin [1, 172 bet].

Download 46.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling