14-mavzu: xalqaro, davlatlararo va mintaqaviy standartlarni qo’llash tartibi
Download 196.1 Kb. Pdf ko'rish
|
14-MAVZU
14-mavzu: XALQARO, DAVLATLARARO VA MINTAQAVIY STANDARTLARNI QO’LLASH TARTIBI Global bazorni yaratish, mamlakatning yaratgan alohida o‘ziga xos rivojlanishi, teng huquqli hamkorlik sharoitlarida mahsulot va xizmatlarni barcha joylarda erkin ayriboshlash bilan amalga oshirilib faqat ma’muriy va texnik to‘siqlar bartaraf etish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu maqsadlarga erishish uchun mahsulot va xizmatlarni o‘zaro tan olinishi va texnikaviy uyg‘unlashgan, savdodagi to‘siqlarni bartaraf etishini ta’minlovchi mexanizmlardan foydalaniladi. Yetakchi mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosi xalqaro hamkorlikda o‘zaro kelishuv asosida mahsulot, jarayon va xizmatlarga ishlab chiqilgan standartlar bo‘lib hisoblanadi. Bu masalalarni hal etishda halqaro standartlashtirish tashkiloti xalqaro standartlarni ishlab chiqish, nashr etish va xalqaro miqyosda ularni qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish ishlarini amalga oshirish bilan katta hissa qo‘shadi. Asosiy e’tibor a’zo qo‘mitalar, standartlarni ishlab chiqish jarayonini uslubiy ta’minlash bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashtirish ishlariga qaratilgan. Xalqaro standartlashtirishga qiziquvchi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik standartlashtiriga taalluqli masalalarni o‘rganish, yagona bozorni yaratish sifatida rivojlantiriladi. 2002 yilda global bozorni shakllantirish g‘oyasiga muvofiq yangi birlashmalarni yaratish bo‘yicha haqiqatda ishlarni olib borish tadbirlari qabul qilindi. Uchta yirik xalqaro tashkilotlar – Xalqaro elektrotexnik komissiyasi (inglizcha International Electrotechnical Commission – IEC), Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (inglizcha, International Organization for Standardization – ISO) va Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (inglizcha, International Telecommunication Union, ITU) bu tashkilotlarning prezidentlar huzuridagi hamkorlik masalahat guruhlari 1992 yilda yaratilgan qarorni almashtirishga qaror qabul qilishdi. Standartlashtirish bo‘yicha Butunjahon kengashi uning tarkibi, faoliyati sohasi, maqsadlari aniqlanib, xususan quyidagi vazifalar qo‘yildi: - to‘plangan tajribalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni almashish va hamkorlik hamda muvofiq siyosat usularidan foydalanish bilan IEC, ISO va ITU ixtiyoriy kelishilgan xalqaro standartlashtirish taraqqiyoti ta’minlash va mustahkamlash; - dunyo miqyosida samarali va iqtisodiy maqsadlarga muvofiq kelishilgan xalqaro standartlashtirishga amal qilinishini targ‘ibot qilish; - muvofiqlashtirishning past daraja olishi kerak bo‘lgan qarorlari olinmagan holatlarda uchta tashkilot hamkorlikda muammoni tezkorlik bilan hal etadi. Bundan tashqari Standartlashtirish bo‘yicha butunjahon Kengashi quyidagillarni bajarishi lozim: - Butunjahon tashkiloti, iste’molchilar assotsiatsiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar, hukumat muassalalari, iqtisodiy jamiyatlar, ishlab chiqarish doirasida uyg‘unlashgan xalqaro standartlar taraqqiy etish siyosati va strategiyasini ishlab chiqadi; - muhandis-boshqaruv kadrlarni tayyorlash, shuningdek, ta’lim muassalari va u bilan shug‘ullanish uchun yo‘nalishlarga muvofiq standartlashtirish targ‘iboti dasturlarini ishlab chiqish va joriy jish; - zarurat bo‘lganda, texnikaviy masalalarni hal etishda prezidentlar huzuridagi hamkorlik masalahat guruhlari faoliyati jo‘natish va ish sohalarni bo‘lish. ITU bu bilan bog‘liq prezidentlar huzuridagi hamkorlik masalahat guruhlari yig‘ilishlarida qatnashishga taklif etiladi; - o‘zaro qiziqishlarni o‘yg‘otuvchi masalalarni hamda bu tashkilotlarning javobgarligi sohasida turuvchi muammolarni ko‘rib chiqish; - zarurat bo‘lganda, qo‘shilgan sohalarda turuvchi muammolarni hal etilishini ta’minlovchi maxsus texnik gurug‘larni tuzish. Shunday qilib, bozorni umumiy rivojlantirish munosabatlarida ISO, IEC va ITU tashkilotlari Butunjahon savdo tashkiloti bilan hamkorlikda strategiyalarni amalga oshirib, umumiy maqsadda erkin va odilona global savdo tizimini shakllantirishga yordam beradi. BMT YEIK (Birlashgan millatlar tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi) bilan aloqa va axborot texnik vositalari foydalanish sohasida elektron axborot almashinuvning standart usullarini qo‘llash bilan sanoat ehtiyoji va provayder xizmatlari qanoatlantirish maqsadidagi an’anaviy hamkorlik, jumladan, elektron biznes bo‘yicha qabul qilinayotgan shartlarni qaytarilishini kamaytirish maqsadida va standartlashtirish masalalariga raqabatchilik va turli xil ta’sirlar xatarini kamaytirish maqsadida izolangan ISO, IEC, BMT YEIK va ITU tashkilotlari o‘rtasida elektron biznes masalalari bo‘yicha o‘zaro tushunish to‘g‘risidagi Memorandum hisobiga mustahkamlandi. Barcha aytib o‘tilgan tashkilotlar Butunjahon savdo tashkiloti (BST) qo‘mitasi bilan Savdoda texnik to‘siqlar (STT) bo‘yicha (BST/STT) STT/BST Kelishuvni bajarish yuzasidan chambarchas hamkorlik qilishadi. Umumevropa bozorini yaratish maqsadi quyidagi bir-biriga o‘xshash yo‘llar bilan amalga oshiriladi: Yevropa Ittifoqi (YEI) majburiy texnik reglamentlar bo‘lib hisoblangan Direktiv asosida Yevropa (fransuzcha, Comite' European de Normalisation – CEN, Comete' European de Normalisation ELECtrotechnique – CENELEC va ruschada Yevropeyskim komitetom po standartizatsii – SEN, Yevropeyskiy komitet po standartizatsii i elektrotexnike - SENELEK) va milliy standartlar ishlab chiqilmoqda shuningdek, YEI a’zo mamlakatlari bir vaqtda CEN, CENELEC, IEC va ISO a’zolari bo‘lib hisoblanib, xalqaro standartlar, hududiy va milliy standartlarni uyg‘unlashtirish jarayoni parallel amaliyotga qo‘lanilmoqda. Vaholanki, bu tashkilotlarning maqsad va vazifalari bir-biriga mos tushadi, ammo Yevropa darajasida bozorni nazorat qilish va tartiblashtirish masalalariga sezilarli katta e’tibor qaratiladi. CEN va CENELEC ishlab chiqayotgan Yevropa standartlari (EN) va uyg‘unlashgan standartlar (HB)ning xalqaro standartlardan farqlanishi o‘xshash obyektga qo‘llaniladigan milliy standartlarni almashtirish va milliy standartlar fondiga majburiy qo‘shish va aynan shu sohaga qo‘llashnig mavjudligidir. EN va HDlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi bir qator ketma- ketliklardan iborat. Yangi standartlarni ishlab chiqish tashabbusi Yevropa hamjamiyati Komissiyasi (YEHK), Yevropa professional tashkilotlari yoki standartlashtirish bo‘yicha Milliy idoralariga tegishli. Download 196.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling