Yangi O’zbekistonning yangilanayotgan konstitutsiyasi


Download 12.71 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi12.71 Kb.
#1383023
Bog'liq
Yangi O


Yangi O’zbekistonning yangilanayotgan konstitutsiyasi.
Yurtimizda bo’layotgan mana shunday islohotlarga barcha yurtdoshlarimiz singari Universitetimiz ham befarq emas. Bir maqsad bir muddao sari intilgan yurtning ertasiga daxldorligini his qilgan universitetimiz talaba-yoshlari jam bo’lib turibdi. “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki, o‘zimizniki!” shiori ostida yurtimiz bo’ylab olib borilaotgan targ’ibot tadbirlari orqali yurtning yoqin kelajagiga bo’lgan yurtdoshlarimiz daxldorligi qalblardan qalblarga yetib bormoqda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 51–moddasiga asosan, “Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega”.
Oʻzbekistonda oliy taʼlim tizimi tubdan isloh etilmoqda. Jumladan, nodavlat oliy taʼlim muassasalari ochilmoqda, xorijiy universitetlar filiallari soni ortmoqda, olis hududlarda ham universitet filiallari tashkil etilmoqda, 41 ta davlat oliy oʻquv yurtlariga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi.
Oliy taʼlim tizimini xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritishi – uni maʼmuriy boshqarishdan tortib to oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot jarayonini tashkil etishda akademik erkinlikka ega boʻlishini taqozo etadi. Akademik erkinlik – oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida taʼlim berish va ilmiy-tadqiqot oʻtkazish erkinligidir. Ushbu erkinlik oʻquv jarayonini mustaqil shakllantirish, professor-oʻqituvchilarni dars oʻtish erkinligida, ilmiy-tadqiqot mavzularini mustaqil tanlash va tadqiq etish, uning natijalarini nashr etish va tarqatish, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar akademik erkinligini cheklanmasligida va boshqalarda namoyon boʻladi.
Konstitutsiyamizga ushbu normaning kiritilishi oliy oʻquv yurti va ilmiy tadqiqot tashkilotlarining taʼlim va ilmiy-tadqiqot faoliyatining rivojlanishiga, professor-oʻqituvchilar va talabalarning oʻquv jarayonidagi mustaqilligini taʼminlashga, ushbu sohaga tashqi aralashuvni cheklashga xizmat qiladi.
Download 12.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling