4.Palmetta daraxtlarga shakl berish
Yassisimon tupli daraxtlardan iborat bog’ning asosiy ishlab chiqaruvchi to’g’ri busoddalashtirilgan italyan palmettasidir. Bunda temir betontirgovich ustunlarga ruxlangan sim qatorlari tarang qilib tortib qo’yiladi. Bir gektar bog’ uchun tirgovuch ustunlarning ikki bosimdagi ustun qo’yiladigan burchaklarni ham qo’shib hisoblaganda daraxtlar qator orasi 3,5 metr bo’lsa 200 dona, qator orasi 4 metr bo’lsa 175 dona temir beton ustun kerak bo’ladi. Ustunlarning uzunligi yer satxidan balandligi 3,0-3,3 metr, yerga kirgiziladigan 0,6 m qismi bilan 3,6-3,8 m bo’lishi kerak.
Ustunlarga birinchi simni 50 sm balandlikdan, ikkinchi sim birinchi simdan 35-40 sm, keyingilari bir-biridan 60-70 sm yuqoridan tortiladi.
Meva daraxtlarini har xil payvandtaglarda yetishtirish va shakl berish usullari1
Nazorat savollari:
1. Meva daraxtlariga shakl berish va butashdan maqsad nima?
2. Sust o’suvchi payvandtagga ulangan daraxtlarni kesish va shakl berish texnologiyasini ta’riflang?
3. Mevali daraxtlarda kesish nimalarga bog’liq bo’ladi?
4. Palmetta daraxtlarga shakl berish xususiyatlari boshqa bog’larga nisbatan farqi nimada?
Do'stlaringiz bilan baham: |