14. Mavzu. Zilzila. Umumiy ma’lumotlar. Reja
Magnituda va zilzila jadalligi
Download 171 Kb.
|
14. Mavzu..
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zilzilaning Myerkalli modifikatsion shkalasi bo‘yicha ballari
Magnituda va zilzila jadalligi. Zilzilaning magnitudasi seysmografga yozilgan zilzila to‘lqinlar amplitudasi yordamida aniqlanadi. U Rixtyer shkalasi asosida aniqlanib, M – harfi va arab raqamlari bilan yoziladi, masalan M 8,5.
Seysmografda ko‘rsatilgan maksimal amplituda (9.6-rasm) mikrometrlarda yoziladi. Katta raqamlarni yozmaslik uchun magnituda amplitudaning logarifmlari sifatida yoziladi. 7.6 – rasm. A – amplituda; T – garmonik tebranishlar. Masalan, zilzilaning amplitudasi 10 mkm bo‘lsa, Rixtyer shkalasi bo‘yicha 1 (10) teng bo‘ladi, amplituda 100 mkm bo‘lsa, magnituda Rixtyer shkalasi bo‘yicha 2(10-2) va hokazo. Zilzila vaqtida sarflangan enyergiyani bir noma’lumli tenglama bilan echish mumkin. Bunda Rixtyer shkalasi bo‘yicha magnituda o‘zgaruvchan bo‘lib hisoblanadi. Magnitudaning ozroq o‘zgarishi ham zilzila kuchining katta o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, YAponiya qirg‘oqlarida joylashgan San-Rikyudagi zilzilaning (1933 yil) magnitudasi M 8,9 bo‘lgan bo‘lsa, uning enyergiyasi 125 mln. t trotilga etgan (qiyoslash uchun – Xirosimaga tashlangan atom bomba enyergiyasi 20 t trotildir). Zilzila jadalligining magnitudadan farqi shundaki, odamlar va qurilish ob’ektlari ta’sirchanligining o‘zgaruvchanligidir. Zilzila jadalligi magnitudaday ob’ektiv emas, ammo u katta amaliy ahamiyatga ega. Myerkalli modifikatsion shkalasi eng ko‘p tarqalgan jadallik shkalasidir. U 12 balldan iborat bo‘lib, Rim raqamlari bilan yoziladi (7.4.2-jadval). 7.4.2-jadval Zilzilaning Myerkalli modifikatsion shkalasi bo‘yicha ballari
Tabiiyki, zilzila quvvati epitsentrda kuchli bo‘ladi. Epitsentrdan uzoqlashgan sari uning kuchi susayib boradi. Zilzilaviy to‘lqinlarning yer yuzida tarqalishini o‘rganish uchun egri chiziqlar – izozilzilaviy xaritasi tuziladi. Unda egri chiziqlarning epitsentrga nisbatan joylashishiga qarab har bir balli to‘lqin tarqalgan hudud ko‘rsatiladi. Izozilzilaviy xaritada ko‘rsatilgan maydondagi mintaqalar o‘rtasida nisbiy farq mavjud. Jadallik shkalasi bo‘yicha zilziladan so‘ng u keltirgan zarar baholanadi va izozilzilaviylar, ya’ni bir xil talafot keltirgan joylarni chegaralovchi chiziqlar chiziladi. Odatda izoseystlar xaritasini tuzish uchun zilziladan so‘ng aholi o‘rtasida savol – javob o‘tkaziladi. Bu ma’lumotlar va zilizilani aniqlash stansiyasidan olingan ma’lumotlar asosida zilzilaviy shkala mukammalashtiriladi. Jadalligi bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lgan nuqtalar chiziqlar yordamida bir – biri bilan tutashtiriladi. Ashxobod zilzilasi izoseystlari ellipsoid shaklida bo‘lib, uning katta o‘qi janubiy sharqdan shimoliy g‘arbga tomon cho‘zilgan. Bu yo‘nalish Ashxobod yaqinidagi Kopetdog‘ tizimi yo‘nalishiga parallel holda joylashgan. Izoseystning cho‘ziq shaklda bo‘lishi zilzila markazining zamin sharoitiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. CHunki maydon zamini turli xil tog‘ jinslaridan iborat bo‘lishi mumkin. Download 171 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling