14. Tekislikda koordinatalarning Affin sistemasi
Download 79.94 Kb.
|
Abdullayev SHohrux geometriya
II. TEKISLIKDA KOORDINATALAR METODI Tekislikdagi nuqtaning o’rnini ma’lum sonlar yordamida aniqlashga imkon beradigan usul ko’rsatilgan bo’lsa , tekislikda koordinatalar sistemasi berilgan deb aytamiz. Tekislikda koordinatalarning turli sistemalari mavjud bo’lib, ulardan biz soddasini kiritamiz. 14- .Tekislikda koordinatalarning Affin sistemasi Tekislikda biror O nuqtadan qo’yilgan nokollinear ixtiyoriy ikki e1 e2 vektor berilgan bo’lsin.Bu vektorlar sistemasi (e1 e2) bazisni aniqlaydi.Tekislikda e1 e2 vektorlar orqali o’tuvchi a, b(a ∩b) to’g’ri chiziqlarni olamiz. Ta’rif: Musbat yo’nalishlari mos ravishda e1 E2 vektorlar bilan aniqlanuvchi a,b to’g’ri Chiziqlardan tashkil topgan Sistema Tekislikda koordinatalarning affin sistemasi Yoki affin reperi deyiladi (36-chizma) va u B=(O ,e1 e2) ko’rinishda belgilanadi. O=a∩b nuqta koordinatalar boshi ,e1 e2 Vektorlar esa koordinata vektorlari deyiladi Musbat yo’nalishlari e1 e1 vektorlar bilan Aniqlangan a,b to’g’ri chiziqlar mos Ravishda absissalar va ordinatalar o’qlari Deb ataladi. Ularni ox,oy bilan belgilaymiz. Demak affin reper O nuqta va e1 e2 bazis vektorlarining berilishi bilan to’liq aniqlanadi. Tekislikda (O e1 e2) affin reper berilgan bo’lsin.Shu tekislikning M nuqtasi uchun OM vektor M nuqtaning radius vektori deyiladi. OM V2, shuning uchun I bob 9-§ga asosan xamisha shunday x,yR sonlar topiladiki, OM= xe1+ye2. Ta’rif:OM radius vektorning x, y koordinatalari M nuqtaning (O e1 e2) affin Reperdagi koordinatalari deyiladi.Biz M(x;y) belgilashni ishlatamiz.Bunda x son M nuqtaning absissasi yoki birinchi koordinatasi , y son esa M nuqtaning ordinatasi Yoki ikkinchi koordinatasi deyiladi. Xullas , tekislikda koordinatalarning affin sistemasi berilsa , undagi istalgan M nuqtaga uning koordinatalari bo’lmish bir juft haqiqiy x, y son mos keladi va Aksincha, ma’lum tartibda olingan bir juft haqiqiy x, y songa tekislikda koordinatalari shu sonlardan iborat tayin bitta M nuqta mos keladi . Xaqiqatan, tanlangan (O,e1e2) affin reperning absissalar o’qiga koordinatalar boshidan boshlab OM1=xe1 vektorni , ordinatalar o’qiga esa OM2=ye2 vektorni qo’yib (qo’yiladigan vektorlarning yo’nalishlari x,y sonlarning ishoralari bilan aniqlanadi)(37-chizma), xosil qilingan M1 M2 nuqtalardan mos ravishda oy va ox o’qlarga parallel to’g’ri chiziqlar o’tqazsak , ularning kesishgan nuqtasi izlanayotgan M nuqta bo’ladi, chunki OM=OM1+OM2=xe1+ye2.shunday qilib ,(O,e1,e2) reperga nisbatan M(x,y) OM=xe1+ye2. M nuqtaning absissasi x=0 bo’lsa,(1)dan OM=ye2 OM e2 M nuqta oy da yotadi .Xuddi shuningdek,M nuqtaning ordinatasi y=0 bo’lsa, M nuqta absissalar o’qida yotadi. Shunday qilib absissalar o’qida yotgan nuqtaning koordinatalari x, 0 va ordinatalar o’qida yotgan nuqtaning koordinatalari 0, y bo’ladi.Koordinatalar boshining koordinatalari (0;0).Koordinata o’qlari butun tekislikni 38-chizmada belgilanganidek to’rtta koordinat choraklarga ajratadi. M(x;y) nuqta koordinata o’qlarida yotmasa ,uning qaysi chorakda yotishini x,y ning ishoralariga qarab 38-chizma bo’yicha aniqlash mumkin . Xaqiqatan, M nuqta x >0, y>0 bo’lgan holda birinchi chorakka , x<0,y>0 bo’lgan holda ikkinchi chorakka , x<0 y<0 bo’lgan holda uchinchi chorakka ,x>0 y<0 bo’lgan holda to’rtinchi chorakka tegishli bo’ladi. Vektorning boshi va oxirining koordinatalari biror affin reperiga nisbatan ma’lum bo’lsa , bu vektorning shu bazisdagi koordinatalarini topishni ko’raylik . (O,e1e2) reperga nisbatan A(x1 y1) B(x2 y2) ni olaylik . Bu holda OA=x1e1+y1e2 OB =x2e1+y2e2 , AB=OB-OA va AB=(x2-x1)e1+(y2-y1)e2. Bundan AB(x2-x1,y2-y1), ya’ni vektorning koordinatalari shu vektor oxirining koordinatalaridan mos ravishda boshining koordinatalarini ayirish bilan hosil qilinadi . 1-misol. Berilgan (O,e1,e2) reperda A(3,-3), B(0,3) ,C(-2,0)nuqtalarni yasang . Yechish.A(3,-3) nuqtani yasash uchun OA=3e1-3e2 vektorni yasaymiz. Buning uchun O nuqtadan boshlab e1ga kollinear 3e1 vektorni , e2ga kollinear 3e2 vektorni Yasaymiz. So’ngra bu vektorlarning yig’indisini Topsak , OA vektor hosil qilinib, izlanayotgan A nuqtani topamiz . xuddi shunga o’xshash B(0,3) nuqtani yasash uchun OB=Oe1+3e2 vektorni yasaymiz. C(-2,0) nuqtani yasash uchun OC=-2e1+0*e2=-2e1 vektorni yasaymiz (39-chizma) 2-misol.(O,e1,e2) reperda A(-1,2),AB(-1,3); B nuqta ning koordinatalarini toping.yechish:shu reperda B(x,y)=OB-OAnie’tiborga olsak, u holda OA(1,-2). Demak, -1=x-1, 3=y+2x=0, y=1;B(0,1) 0>0>0> Download 79.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling