Investitsiyalarni qayta baholash va bu muomalalarni hisobga olish tartibi.
Investitsiyalarni qayta baholash ularning bozor bahosini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Hisob siyosatida qisqa muddatli investitsiyalarni bozor bahosida hisobga olishni ko`zda tutgan xo`jalik yurituvchi sub`ekt inves-titsiyalar qiymatidagi o`zgarishlarni daromad yoki xarajat sifatida aks etti-radi.Milliy standart talablariga ko`ra bu jarayon quyidagicha amalga oshadi.
qayta baholash natijasida investitsiyalar qiymatining ortishi daromad sifatida qo`shilgan kapitalso`mmasini ko`paytirishga olib boriladi;
keyingi qayta baholash natijasida investitsiyalar qiymatining kamayishi yuz bersa, bu kamayish qo`shilgan kapitalning avvalgi ko`payishini kamaytirish hisobiga yopiladi. Agar kamayish summasi kapitalning avvalgi ortishidan ko`p bo`lsa, qoplanmay qolganso`mma xarajat sifatidan tan olinadi;
agar keyingi qayta baholash natijasida investitsiyalar qiymatining ortishi yuz bersa bu summa avval xarajat sifatida tan olingan summani qaytarilishi undan ortib qolgan summa esa qo`shilgan kapitalni ko`pay-tirishga olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |