14-variant
Isteʼmolchi tanlovi. naflik; umumiy naflik, chekli naflik, chekli naflikning kamayish konuni.
Befarqlik egri chizig‘i. Befarqlik egri chizig‘i, tushunchasi, befarqlik egri chiziqlar kartasi.
3.Testlar
1.Agar qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talab noelastik bo‘lsa, serhosil kelgan yilda fermerlar daromadi:
Ko‘payadi, chunki sotiladigan mahsulotlar hajmi bisyordir.
Kamayadi, chunki sotiladigan mahsulot hajmi nisbatining ko‘payishiga qaraganda, mahsulot narxining kamayish nisbati ko‘proqdir.
Ko‘payadi, chunki talabning oshishi natijasida mahsulot narxi ko‘tariladi.
O‘zgarmaydi, chunki tovar xajmining ko‘payish nisbati tovar narxining kamayish nisbatiga tengdir.
2.Ishlab chiqarish resursi hisoblanmaydigan qatorni belgilang
Isteʼmol mollari
Foydali qazilmalar
Malakali ishchi kuchi
Laboratoriya jihozlari
3.X tovarni ishlab chiqaruvchi subʼekt mahsulotning bahosini 5 % ga pasaytirdi, natijada sotuv hajmi 4 % ga oshdi. Bunday holda X tovar:
Elastik
Noelastik
Birlik elastik
Mutloq elastik hisoblanadi
4.Narxga bog‘liq talab elastikligi qanday holda yuqori bo‘ladi:
Qimmatbaho buyumlarga nisbatan birlamchi zaruriy tovarlarga
Isteʼmolchi tomonidan eng zaruriy naf keltiradigan tovar deb hisoblanganda
Alternativ xarajatlari yuqori bo‘lgan tovarlarga
Isteʼmolchi uchun unchalik muhim bo‘lmagan tovar uchun
5.Agar har qanday hajmdagi mahsulotlar bir xil narxda sotiladigan bo‘lsa, u holda ushbu tovarga talab:
Mutloq noelastik
Mutloq elastik
Elastik
Noelastik deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |