14-yanvar Vatan himoyachilari kuni
Download 15.1 Kb.
|
maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adijon viloyati Marhamat tumani 27-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Xomidova Ro`zixon
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni Vatan himoyachilari-yurtimiz tinchligi, osudaligini himoya qiluvchi yurt qalqonlaridir. Yurtimiz mard va jasur o`g`lonlari sarhadlarimizni kecha-yu Kunduz, jazirama issiqda, qaxraton qishda ham mijja qoqmay qo`riqlaydilar. Biz ustozlar 1-sinfdanoq bolalarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelmoqdamiz. Yangi maktabga o`quvchi bo`lib kelgan bolajonlarga “Katta bo`lsang kim bo`lasan?”-deb so`rasangiz, ”Men askar bo`laman!”-deb faxr bilan javob beradi. ”Vatan Himoyachilari” kuniga tadbir o`tkazishda ham jajji bolajonlar askarlik kiyimini kiyib olib, g`urur va boshqacha zavq bilan o`z ro`lini o`ynab beradi. Ko`rib ko`zing quvonadi. Mening ham mana ikkinchi farzandim ham bir oylik harbiy xizmatni o`tamoqda. Men barcha Vatan himoyachilarimizni bayramlari bilan qutlayman. Oilalarga tinchlik-xotirjamlik, mashaqqatli hamda sharafli ishlarida omadlar tilayman. Aziz boshingiz omon bo`lsin, yurtimiz qalqonlari! Shu o`rinda dilimda bir necha yillardan beri yechimini kutib turgan tuguncha bor edi. Shini aytishga qaror qildim. Avvallari harbiy xizmatni o`tab qaytgan yigitlarimiz askarlik kiyimida o`zgacha faxr va shijoat bilan qishlog`iga, mahallasiga va uyiga kirib kelardilar. Askar kutib olish marosimi ham o`zgacha bo`lardi, o`sha formasi yosh-u-qarini ko`zini quvontirardi. Bu askarlik fo`rmasida qaytgan yigitning yosh ukalari, jiyanlari faxrlanib:”Mening akam askar!”-deb, maqtanib, to`lib-taoshib gapirganlarni ko`p kuzatardik. Mening iltimosim, hozir ham xizmatga xoh bir oyga, xoh bir yilga borayotgan yigitlarimiz uyiga, mahallasiga askarlik formasida qaytishlari joriy qilinsa, nur ustiga a’lo nur bo`lardi. Bu orzu birgina mening emas, yurtimizdagi barcha onalar orzusi deb bilaman. Istardim, mutasaddi rahbarlar manashu birgina orzu-istagimni ijobiy hal etishsa, dildagi tuguncha yechilgan bo`lardi. Yana bir bor bayramingiz muborak bo`lsin azizlar! Adijon viloyati Marhamat tumani 27-maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi Xomidova Ro`zixon Download 15.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling