1405 yilda Amir Temur vafotidan so'ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o'zaro kurashlari qudratli davlatning bo'linishiga asosiy sabablardan biri bo'ldi


Download 76.5 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1720326
Bog'liq
1-mavzu 6ta TARIX


1-reja
1405 yilda Amir Temur vafotidan so'ng uning yirik davlati parchalana boshladi. Temuriy shahzodalarning taxt uchun o'zaro kurashlari qudratli davlatning bo'linishiga asosiy sabablardan biri bo'ldi. Sohibqiron taxtiga valiahd qilib nabirasi Pirmuhammadni qoldirgan bo'lsada, ko'pgina amirlar va amaldorlar uning hukmronligini tan olmadilar. 1405 yil mart oyida Temurning boshqa bir nabirasi Xalil Sulton Samarqand taxtini egalladi. Undan tashqari, Xurosonda Shohruh; Balx, G'azna va Qandahorda Pirmuhammad; ¢arbiy Eron va Ozarbayjonda Mirzo Umar va Abu Bakr Mirzo; Turkiston, Sabron, O'tror, Sayramda Amir Berdibek; O'ratepa va Farg'onada amir Xudoydod; Xorazmda amir Idiku o'zlarini hukmdor deb e'lon qildilar.
Mamlakatdagi parokandalik va o'zaro urushlarga barham berish uchun Shohruh Mirzo ko'p sa'yi-harakatlar qildi. XV asrning 20-yillariga kelib Amir Temur mulklarining qariyb hammasi Shohruh va uning oila a'zolari qo'l ostida edi. Movarounnahr yerlarini 1409 yildan boshlab Shohruhning to'ng'ich o'g'li Mirzo Ulug'bek boshqara boshladi. Ulug'bekning hukmronlik davri (1409-1449 yy.) asosan, Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi bilan izohlanadi.
Ulug'bek bobosi Amir Temur kabi harbiy iste'dodga ega emas edi. U mamlakat ichidagi va atrofidagi osoyishtalikni saqlab turish maqsadida ayrim harbiy yurishlar qilib turdi xolos. 1447 yilda Shohruh Mirzo vafotidan so'ng Temuriyzodalar o'rtasida kurash boshlanib ketdi. Oqil va dono hukmdor Ulug'bek bu kurashlarga barham berishga harchand harakat qilmasin buning uddasidan chiqolmadi. Aksincha, o'g'li Abdulatifning bevosita ishtiroki tufayli o'zi bu kurashlarning qurboni bo'ldi. Xullas, XV asrning o'rtalariga kelib, Mirzo Ulug'bek vafotidan keyin (1449 y.) Temuriy shahzodalar o'rtasida toj-taxt uchun kurash yana avj oldi. Abduqosim Bobur (1452-1457) va Abdusaid Mirzolarning (1458-1468) faoliyati ham o'zaro urushlarga barham bera olmadi. 1469 yilga kelganda Xurosonda Xusayn Boyqaro hokimiyatni egallab, bu hududlarda nisbatan tinchlik o'rnatdi. Uning do'sti-buyuk shoir Alisher Navoiy (1441-1501) muhrdor, vazir, Astrobod hokimi lavozimlarida ishlab, Xuroson ijtimoiy-siyosiy hayotida katta rol o'ynaydi. Navoiyning sa'y-harakatlari bilan Hirotda ilm-fan, madaniyat gurkirab rivojlandi. O'zaro urushlarga nisbatan barham berildi.
Movarounnahrda esa bu davrga kelib siyosiy tarqoqlik avjiga chiqdi. Har bir viloyat, har bir shaharlarda temuriy shahzodalar o'zlarining mustaqil hukmronligini o'rnatishga harakat qildilar. Ular hokimiyat uchun o'zaro kurashlarda Dashti Qipchoq qabilalari kuchlaridan foydalanishar edilar. Masalan: 1451 yilda Urusxonning nabiralari Abdusaidga hokimiyatni egallash uchun yordam bergan bo'lsa, oradan uch yil o'tgach Abulhayron Muhammad Juqiyga hokimiyatni egallashga ko'maklashdi. Bu o'zaro kurashlar Movarounnahr ahlining ahvolini yomonlashishiga olib keldi.
XV asr oxirlariga kelib, Movarounnahrda Temuriylarning bir-biridan o'zaro mustaqil bo'lgan uchta hokimiyati vujudga keldi:
1. Samarqandda Sulton Ahmad Mirzo hukmronligi (1468—1503);
2, Toshkentda Sulton Mahmud Mirzo hukmronligi (1468-1498);
3. Andijonda Umarshayx I Mirzo hukmronligi (1468-1494).
Bu uchala davlatning o'zaro urushlari Movarounnahr ahlining temuriylardan noroziligini yanada avj oldirdi. Ayniqsa, yuqori tabaqa vakillari markazlashgan davlat tarafida turdilar. Bu temuriyzodalarning davlat boshqaruvida mustahkam tayanchga ega emasligidan dalolat berardi. Bu vaqtda temuriylar huzurida ta'lim olgan Abulxayrxonning nevarasi Muhammad Shohbaxt Dashti Qipchoqda dasht urug'larini birlashtirib, o'z hokimiyatini mustahkamlamoqda edi.
Shayboniyxon harbiy harakatlar olib borib markazlashgan davlat tuzish maqsadida goh temuriylar, goh shimoldagi mo'g'ullar bilan ittifoq tuzdi. U 1487-88 yillarda O'tror, Sayram, Yassa (Turkiston), Sig'noq shaharlarini bosib olib, 1499 yilda Movarounnahr hududlariga jiddiy harbiy harakatlar boshladi.
Mahalliy hukmdorlar o'rtasidagi o'zaro kurashlar avj olgan Samarqand shahrini Shayboniyxon 1500 yilning boshlarida jangsiz egalladi. Dasht ulug'lari bir necha oy shaharni shafqatsiz talon-taroj qildilar. Bu esa mahalliy feodallar noroziligiga sabab bo'ldi. Bundan foydalangan Temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur o'sha yili (1500 yil) Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Ammo mahalliy zodagonlar ko'pchiligi Boburni qo'llab-quvvatlamadilar. 1501 yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan bo'lgan jangda yengiladi va Samarqandni unga topshiradi.
Dashti Qipchoqliklar qisqa muddat ichida Buxoro (1500), Samarqand (1501), Toshkent (1503), Hisor (1504), Urganch (1505), Hirot (1507) kabi shahar va viloyatlarni egallab, Sharqiy Turkiston chegaralaridan Markaziy Afg'oniston hududlarigacha cho'zilgan yerlarda markazlashgan shayboniylar davlatiga asos soldilar. Temuriylar davlatidagi siyosiy tarqoqlik, ayrim hukmdorlarning ajralib mustaqillikka intilishi bu davlatning yemirilishiga olib kelgan bo'lsa, Shayboniyxon bunday tarqoqlikka chek qo'yib mamlakatning birligini mustahkamlay oldi.
Shayboniyxonning janubga tomon yurishlari Eron shohi Ismoil I tomonidan to'xtatildi. 1510 yil Marv atroflarida bo'lgan jangda dasht qo'shinlari tor-mor etildi va Shayboniyxon halok bo'ldi. Eroniylar tomonidan qo'llab-quvvatlangan Bobur 1511 yilda Hisor, Ko'lob, Qunduz, Badaxshon va Samarqandni egalladi. Ammo 1512 yilda shayboniylardan bo'lgan Ubaydulla Sulton qo'shinlari o'ijduvon yaqinida Bobur va shoh Ismoilning birlashgan kuchlarini mag'lubiyatga uchratdi. Shundan so'ng Bobur avval Qobulda, keyin esa Hindistonda o'z hokimiyatini o'rnatdi. Dashti Qipchoq qabilalari esa Movarounnahrda o'rnashib qoldilar.
XV asr oxiri-XVI asr boshlaridagi Dashti Qipchoq, Movarounnahr va Xurosondagi ijtimoiy-siyosiy voqealar to'g'risida yozilgan muallifi noma'lum «Tarixi guzidai Nusratnoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Boburning «Boburnoma» asarlari muhim manbalar hisoblanadi.
Temuriyzodalar o'rtasidagi o'zaro urushlar, birodarkushliklar nafaqat quyi tabaqa ahlining, balki yirik zodagonlarning ham noroziliklariga sabab bo'ldi. Natijada Amir Temur asos solgan ulkan saltanat tanazzulga yuz tutdi va tugatildi. Temuriylardan keyin hokimiyat tepasiga kelgan shayboniylar sulolasi davrida ham markaziy hokimiyat unchalik mustahkam emas edi (bu o'rinda Abdullaxon II hukmronligi davri (1583-1598) birmuncha diqqatga sazovordir). Bu holat o'sha davr Vatanimiz hududlarining parchalanib, alohida davlatlarga bo'linib ketishi va zaiflashuvi uchun zamin yaratdi.

2-reja
Balxash ko'li va Sirdaryoning quyi oqimlaridan to Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo'lgan ulkan hudud XI asrdan boshlab Dashti Qipchoq deb atala boshlangan. XIV asr boshlaridanoq bu yerda mavjud bo'lgan Jo'chi ulusi ikki mustaqil davlatga Ko'k O'rda va Oq O'rdaga bo'linib ketdi. XIV asr 60 yillaridan boshlab Oltin O'rda taxti uchun Ichan, Shaybon va To'qay Temur avlodlari o'rtasida kurash kuchayib ketdi. 1360-1380 yillar davomida Oltin O'rda taxtiga 25 xon kelib ketdi.


XIV asrning 70 yillarida Oltin O'rda ichki kurashlar yanada keskinlashib ketdi. Bu kurashda Shayboniylardan Tulunbekaxonim, Ilbon, Alpxo'ja, Arabshoh, Kaonbeklar katta o'rin tutdilar. Oltin O'rda taxti uchun kurashlar kuchayib, tushkunlikka yuz tutgan bir vaqtda Oq O'rda davlati kuchayib bordi. Bu holatni biz Urusxon va To'xtamishlar xukumronlik qilgan davrda kuzatishimiz mumkin. 1380 yilda Oq O'rdaning birlashtirilishi To'xtamishning Amir Temur tomonidan qo'llab quvvatlanganligi ta'sirida amalga oshirilgan edi. Oltin O'rda Amir Temur tomonidan To'xtamishga qarshi kurashlar davomida ancha zayiflashtirilgan bo'lsada, Shodibek hukmronlik qilgan davrda 1401-1407 yana kuchaya boshladi. Shu yillarda Oltin O'rda Bulg'or, Xojitarxon, Qrim ustidan yana o'z hukmronligini o'rnatdi. 1406 yil Edigey tomonidan Xorazm bosib olindi. Bunga Temuriylar o'rtasida kuchayib ketgan taxt uchun kurashlar sabab bo'lgan edi.
XV asrning 1chi choragida Oltin O'rdada o'zaro siyosiy kurashlar yana kuchayib ketdi. 1400-1417 yillar davomida Oltin O'rda taxtiga o'tirgan 8 ta xon birin-ketin taxtdan tushirildi. (Shodibek, Po'latxon, Temirxon, Jaloliddin Sulton va boshqalar).XIV asrning 80 yillaridan boshlab «o'zbek ulusi» yoki «o'zbeklar viloyati» deb nom olgan. Oq O'rdada ham taxt uchun kurashlar kuchayib ketdi. Bir necha 10 yillar davomida taxt uchun To'xtamish, Quyirchoq o'g'lon, Barakxon, Ulug'muhammad kabilar kurash olib bordilar. 1424-1425 yillardan boshlab esa bu kurashlarda Muhammadxon, Kichik Muhammad, To'xtamishning o'g'illari Davlatberdi va Kepakxonlar asosiy o'rin tutadilar. Dashti Qipchoq uzoq vaqt davom etgan ana shu kurashlarda boshqa qabilalar bilan bir qatorda Shaybon avlodlari ham faol ishtirok etdilar va ma'lum bir mavqega ega bo'lib bordilar.
O'zaro kurashlardan ko'p qiynalgan halq uchun tinchlik nihoyatda zarur edi. 1427 yilda Alasha bahodir yordamida xon etib ko'tarilgan Abulxayrxon katta harbiy kuch to'pladi va 1428 yilda o'z ulusiga qaytib, qiyot, mang'it, qo'ng'irot, do'rmon, qushchi, o'tarchi, nayman, tuboyi, toymas, jot, korlik, ushun, kurlovut, echki, tangut, va boshqa qabilalar tomonidan ham xon etib ko'tarildi. Bunda Abulxayrxonni 200 dan ortiq urug' va qabila boshliqlari qo'llab quvvatladilar. 1428-29 yillarda ko'chmanchi o'zbeklar Janubi-/arbiy Sibirdagi Tura shahrini qo'lga kiritdilar va bu shahar 1446 yilgacha Abulxayrxon davlatining poytaxti bo'lib qoldi. Abulxayrxonning bu muvaffaqiyati tezda butun Dashti Qipchoqqa yoyildi va ko'pgina o'g'lonlar va sultonlar Abulxayrxon hizmatiga o'ta boshladilar. 1428-1431 yillar davomida olib borilgan kurashlar natijasida Abulxayrxon ilgarigi Shaybon ulusi yerlarini qaytadan birlashtirishga erishdi va o'z davlatini Oltin O'rda (Ko'k O'rda) dan mustaqil deb e'lon qildi. 1431-1432 yillarda Abulxayrxon Xorazm ustiga yurish qildi va uning shimoliy qismini temuriylardan tortib oldi. Biroq, bu yerda vabo tarqalgach, Xorazmni tashlab ketdi. Biroq, manbalarda Abulxayrxonning Xorazmni tashlab ketishiga sabab Shohrux tomonidan qo'shin yuborilishi va Xojitarxon xoni Orol dengizi atrofida qochib yurgan Kichik Muhammadning o'g'li Maxmud va uning ukasi Axmadxon Abulxayrxonga qarshi kurash boshlab havf deb ko'rsatiladi. (Abdurazzoq Samarqandiy).

3-reja.
Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning o'g'li Budoq sultonning o'g'li edi. Otasidan yetim qolgach, Muhammad Shayboniyxon ukasi Maxmud Sulton bilan birga Abulxayrxon tarbiyasida bo'ladi. Keyinchalik temuriy amirlardan biri, Turkiston hokimi Muhammad Mazid tarxon homiyligida bir qancha vaqt Turkistonda yashadi. Turkiston urushlar girdobida qolgan bir vaqtda Shayboniyxon ukasi bilan Sulton Axmad Mirzo panoxida Buxoroda yashadi va ilm oldi. XV asr 90-yillarida Muhammad Shayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va siyosiy kurashlarga qo'shilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam o'rnashib oldi. Keyinchalik, Sayram va Yassini qo'lga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni qo'lga kiritdi. 1498 yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan so'ng Samarqandga yurish qildi, uni qo'lga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va Shahrisabz bilan birga talon-taroj etdi. 1499 yilda Samarqandda qilgan yurishi yana muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Buxoroga yurish qildi va uch kunlik qamaldan so'ng uni qo'lga kiritdi. 1500 yilda Muhammad Shayboniyxon yana Samarqandga yurish qildi va uni bosib olib, to'rt oy davomida talon qildi. Bu Samarqandliklarning Shayboniyxonga qarshi qo'zg'oloni sabab bo'ldi va ular 19 yoshli temuriy shahzoda-Zaxriddin Muhammad Boburni xon qilib ko'tardilar. Bobur Qarshi va Guzorni ham qo'lga kiritdi. Biroq uzoq vaqt talangan halqning ahvoli juda ham nochor edi. Og'ir ahvolda qolgan Bobur qo'shinlari Zarafshon bo'yida Shayboniyxondan mag'lubiyatga uchradi va qamalda qolgandan so'ng yashirincha Toshkentga chekinishga majbur bo'ldi. Samarqandda, Buxoro va Toshkentda o'z hukmronligini qo'lga kiritgach, Shayboniyxon Xuroson yurishiga tayyorgarlik ko'ra boshladi. Temuriylar garchi shahzoda Xusravshoh boshchiligida Shayboniyxonga qarshi birlashgan bo'lsalarda, bu hech qanday natijaga olib kelmadi. 1505 yil Urganch ham bosib olindi va Xorazm Shayboniyxonga tobe bo'ldi. 1506 yil Xusayn Boyqaro vafotidan so'ng boshlangan taxt uchun kurashlardan foydalangan Shayboniyxon temuriylardan Xirotni tortib oldi. Xirot bosib olingan 1507 yil birin ketin Astrobod va Jurjon ham bosib olindi va Kaspiydan Xitoygacha, Sirdaryo etagidan Afg'onistonning markaziy hududlarigacha bo'lgan yerlar Muhammad Shohbaxt Shayboniyxon hukmronligi ostiga o'tdi. Shayboniyxon hukmronligi o'rnatilishi bilan Movarounnahrda uzoq vaqt davom etgan temuriylar o'rtasidagi o'zaro taxt talashishlarga chek qo'yildi va tinchlik o'rnatildi. Shayboniyxon siyosiy jihatdan markazlashgan davlat tuza olishga erishi bilan o'zining ilm-fan va adabiyotga moyilligi, bu soha vakillarini hurmat qilishi va homiylik qilishi bilan katta hurmatga sazovor bo'ldi.


Shayboniyxon qo'lga kiritilgan hududlarni boshqarish uchun o'z yaqinlariga bo'lib berdi. Bu hol markaziy hokimiyatning zaiflashuviga olib keldi va 1510 yil Shayboniyxon Eron shohi Ismoil Safaviy bilan kurashga kirish oldidan ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ldi. O'z vaqtida yetib kelmagan qo'shinlar oz sonli Shayboniyxon qo'shinlarining (17000) Ismoil Safaviy qo'shinlari (70000) tomonidan Tahrirobod mavzesida mag'lub etilishi va Shayboniyxonning o'ldirilishiga olib keldi.
1510 yil Shayboniyxon vafot etgach, shayboniylar o'rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Ayni vaqtda Ismoil Safaviy ham shayboniylar davlati ichkarisiga hujum qilib kirib kelishga erishdi. Shayboniylar bu yurishni to'xtatish uchun sulhga rozi bo'ldilar va Amudaryoning sul qirg'og'idagi barcha yerlarni Eronga berishga majbur bo'ldilar.
1511 yilda Bobur ham o'z qo'shinlari bilan Amudaryodan kechib o'tib, Xisor, Qulob, Qunduz, Badaxshonni egalladi. So'ng Ismoil Safaviy yordamida Samarqandga yurish boshladi. Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlar Turkistonga chekindilar. Samarqandni qo'lga kiritgan Bobur Ismoil nomiga xutba o'qitganidan norozi bo'lgan halq Boburga qarshi isyon ko'tardi va bundan foydalangan shayboniylar Boburni bu yerdan haydab chiqardilar. Ismoilning Boburga yordamga yuborgan Amir Axmad (Najmi soniy) boshchiligidagi qo'shinlari esa qirib tashlandi (1512 y kuzida) va 1512 yil may oyida Samarqand yana shayboniylar qo'liga o'tdi.

4-reja.
Zahiriddin Muhammad Bobur O'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan adib, shoir, olim bo'lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo'lsa, serjilo o'zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g'azal va ruboiylari turkiy she'riyatining eng nodir durdonalari bo'lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she'riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo'lib qo'shildi


Ma'lumki, Boburning tarixiy, ilmiy va adabiy merosini o'rganish va ommalashtirishda O'zbekiston, Tojikiston, Rossiya olimlarining faoliyatlari ham diqqatga sazovordir. XIX-XX asrlar davomida Georg Ker, N. Ilьminskiy, O. Senkovskiy, M. Salьe, Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev, V. Zohidov, Ya. G'ulomov, R. Nabiyev, S. Azimjonova, A. Qayumov kabi olimlarning sa'y-harakatlari bilan «Boburnoma» bir necha bor rus va o'zbek tillarida chop etildi, ularga so'zboshi yozildi va keng kitobxonlar ommasining ma'naviy mulkiga aylantirildi, uning she'rlari ham bir necha bor nashr etildi.
Bobur lirik she'rlari va tarixiy «Boburnoma»sidan tashqari, islom qonunshunosligi va boshqa sohalarda ham asarlar yaratgan. 1522 yilda o'g'li Humoyunga atab yozgan «Mubayyin» nomli asarida o'sha zamon soliq tizimini, soliq yig'ishning qonun-qoidalarini, shariat bo'yicha kimdan qancha soliq olinishi va boshqa masalalarni nazmda izohlab bergan. «Xatti Boburiy» deb atalgan risolasida arab alifbosini turkiy tillar, xususan, o'zbek tili nuqtai nazaridan birmuncha soddalashtirib berishga harakat qilgan. U, tajriba sifatida «Xatti Boburiy» alifbosida Qur'oni Karimni ko'chirgan. Boburning aruz vazni va qofiya masalalariga bag'ishlangan «Mufassal» nomli asari ham bo'lganligi ma'lum, biroq bu asar bizgacha yetib kelmagan.

5-reja
Shayboniylar davlatida jamiyat hayotida, davlat boshqaruvi tutgan o'rni va mavqeiga asosan bir nechta ijtimoiy tabaqalar mavjud edi: xon va uning yaqinlaridan iborat oliy tabaqa, harbiy amaldorlar yoki umaro, yirik din peshvolari-shayxlar, xojalar, olimlar, shoirlar qabilalardan iborat fozillar, raiyat ya'ni oddiy fuqaro va kisman qullar.


Shayboniy xonlari tomonidan Movarounnahrda bir qator sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar qisman ijobiy natijalar bersa, ayrimlari davlatning zaiflashuvigacha oqibatlarga olib keldi. Shayboniyxon tomonidan joriy etilgan suyurg'ol tizimi eng yaxshi hizmat ko'rsatgan va Shayboniyxonga yaqin bo'lgan amaldorlar yoki xon xonadoni vakillariga turli viloyatlar ustidan hukmronlik qilishga imkon bersada, biroq ular markaziy hokimiyatdan mustaqil bo'lishga intildilar va oqibatda bu hol ichki kurashlarni keltirib chiqardi. Bu salbiy holat Shayboniyxon Ismoil Safaviydan mag'lubiyatga uchrashida ham ta'sir ko'rsatgan edi. Shuningdek, Shayboniyxon yer egaligi va yer-suv sohasida 1507 yilda pul islohoti va keyinchalik ta'lim sohasida ham islohotlar o'tkazgan edi.
Ta'lim islohotiga ko'ra ta'lim ko'p bosqichli etib belgilandi. Bunga ko'ra bolalar 6 yoshda maktabga, 8 yoshda madrasaga o'qishga o'tganlar. Madrasada o'qish uch bosqichli bo'lib, har bir bosqich 8 yildan davom etgan. Shayboniylardan Quchqunchixon (1515) va Abdullaxonlar ham pul islohoti o'tkazdilar va bu mamlakatdagi iqtisodiy ahvolni yaxshilashga olib keldi.
Shayboniylarda ham iqtisodiyotning asosini qishloq xo'jaligi, savdo-sotiq, hunarmandchilik tashkil etardi. Mamlakatning asosiy boyligi yer bo'lib, unga egalik shakli quyidagilardan iborat edi:
1. Mulki sultoniy-davlatga qarashli yerlar.
2. Mulki holis-hususiy shaxslarga qarashli yerlar.
3. Vaqf-diniy mahkamalarga qarashli yerlar.
4. Qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar.
Dehqonchilik asosan lalmikor va obikor-sug'oriladigan yerlarda bo'lgan. Bug'doyning o'n ikki navi yetishtirilgan va boshqa an'anaviy ekinlar ekilgan. Dehqonchilik uchun qulay bo'lgan va hosildor yerlar yirik amaldorlar va harbiylar hamda din peshvolariga qarashli bo'lgan. Shayboniylar davlati ijtimoiy-iqtisodiy hayotida Buxoro yaqinidagi Jo'ybor qishlog'idan chiqqan Jo'ybor xojalarai katta ta'sirga ega edi. Ular siyosiy hokimiyat boshqaruv ishlariga ta'sir ko'rsatish bilan birga katta yer mulklariga ham egalik qilardilar. Shayboniylar davrida amalga oshirilgan islohotlardan biri qarovsiz yotgan yerlarni o'zlashtirishga ham qaratilgan edi. Chorvachilik ham yaxshi rivojlangan. Hunarmandchilikning 60 dan oshiq turi mavjud bo'lgan. Ichki savdoga katta e'tibor berilgan. Tashqi savdoda Turkiya, Eron, Hindiston, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. 1588 yilda Buxoroda bo'lgan ingliz sayyohi Antoni Jenkinson ham o'z ma'lumotlarida Buxoro shahrida har yili yirik savdogarlar qurultoyi bo'lishi, bu yerga Hindiston, Eron, Balx, Rossiya va boshqa mamlakatlardan katta-katta savdo karvonlari kelishini yozib qoldirgan edi.

6-reja
Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo'lida qator islohotlar o'tkazdi. Birinchidan u davlat boshqaruvida suyurg'ol tizimini joriy etdi, ya'ni zabt etilgan hududlarni boshqarish ishini o'z farzandlariga, qarindosh-urug'lariga, birodarlariga, qabila boshliqlari bo'lgan sultonlarga topshiradi. Xususan, Balx - Sultonshohga, Hisor - Mahdi va Hamza sultonlarga, Andijon - Mahmud sultonga, Qunduz - Ahmad sultonga, Hirot - Jonvafobiyga, Marv - Qo'biz naymanga, Toshkent - Suyunxojaga, Xorazm - Kepakbiy qushchiga, Samarqand va Kesh Muhammad Temurga, Buxoro va Qorako'l - Mahmud sultonga, Turkiston esa Ko'chkunchixonga taqdim etilgan.


Samarqand poytaxt sifatida xon taxtiga o'tqaziladigan joy hisoblangan. U yerda xon sharafiga xutba o'qitilgan va pul zarb etilgan.
Ikkinchidan, u mamlakatda yer-suvni qaytadan taqsim qildi. Ko'chmanchi qabila zodagonlari yengilgan mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan yerlarni o'zlariniki qilib olish yo'li bilan mulklarini ko'paytirib oldilar.
Uchinchidan, mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi islohot ham o'tkazdi. Keyingi 10 yil ichida soliqlar og'irligidan va mulkdorlar jabr-zulmidan yer-suvlarini tashlab ketgan xo'jaliklar yerlarini ishga tushirish masalasi ko'rib chiqdi.
To'rtinchidan, Shayboniyxon 1507-yilda pul islohotini o'tkazdi. Bunga ko'ra mamlakatning hamma katta shaharlarida vazni bir xil - 5,2 gramm bo'lgan yangi kumush tangalar hamda mis chaqa pullar zarb qilinib muomalaga chiqarildi. Bu islohot iqtisodiyotni tartibga solish va savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida o'tkazilgan edi. Ayni paytda bu islohot markaziy hokimiyatning siyosiy va iqtisodiy mavqeini kuchaytirishga, mahalliy hokimlar mavqeini esa kuchsizlantirishga, dehqonlarning soliq to'lash imkoniyatini oshirishga, davlat v axon mulkini ko'paytirishga imkon berdi.
Beshinchidan, Shayboniyxon ta'lim sohasida ham islohotlar o'tkazdi. Bu islohotning o'tkazilishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo'ldi. Xonlarga va sultonlarga barcha sohalar bo'yicha ilmli, diplomat qobiliyatiga ega bo'lgan amaldorlar zarur edi. Islohotga ko'ra, ko'p bosqichli o'qitish tizimi joriy etildi. Ta'limning qiyu bosqichi maktab hisoblandi va bolaga 6 yoshidan ta'lim beriladigan bo'ldi. Maktabda ikki yil o'qigach o'quvchilar madrasaga o'tkazilardi. Madrasada 3 bosqichli ta'lim joriy etilgan bo'lib, uning har bir bosqichida 8 yildan o'qilardi. Shunday qilib, o'qish 26 yil davom etardi.
Shayboniyxon tomonidan amalga oshirilgan bu kabi va boshqa tadbirlar o'z mohiyatiga ko'ra markaziy hokimiyatni mustahkamlashga, shayboniy xonlari va beklari hukmronligi kuchayishiga xizmat qilishi zarur edi.
Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling