144 ommaviy sport tadbirlarini tizimli tashkil etishning huquqiy asoslari


Download 51.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana15.11.2023
Hajmi51.84 Kb.
#1773795
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ommaviy-sport-tadbirlarini-tizimli-tashkil-etishning-huquqiy-asoslari

 
KIRISH 
Jamiyatimizda sog‗lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh 
avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‗ullanishi uchun 
zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda 
o‗z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‗lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va 
vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‗ularini kamol toptirish, shuningdek


Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) 
ISSN (online): 2181-2454 
Volume 2 | Issue 8 |August, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar | 
www.carjis.org 
DOI:
10.24412/2181-2454-2022-8-144-149 
 
E-mail: carjisor@gmail.com 
145 
yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish 
hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‗naltirilgan 
keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda [2].
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‗yicha qabul qilingan 
O‗zbekiston Respublikasining ―Jismoniy tarbiya va sport to‗g‗risida‖gi Qonuni [1] 
shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida olib 
borilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, va ma‘naviy-ma‘rifiy islohatlar ta‘lim-
tarbiya va sport-sog‗lomlashtirish ishlarini ham mutlaqo yangicha mazmun, shakl va 
vositalarda tashkil etish, ular uchun yaratilgan mislsiz imkoniyatlardan yanada 
to‗laroq foydalanib, o‗sib kelayotgan yoshlarimizni Vatanga munosib farzandlar qilib 
tarbiyalashdek, o‗ta muhim vazifalarni hal qilishga undaydi.
Respublikamiz hukumati tomonidan o‗quvchi-yoshlarni jismonan barkamol 
qilib tarbiyalash, ularni sport-sog‗lomlashtirish ishlariga keng jalb qilish, bo‗sh 
vaqtlarini ko‗ngilli o‗tkazish, sog‗lom turmush tarziga yo‗naltirish ishlariga katta 
ahamiyat berilmoqda [7]. 
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy 
siyosatning muhim yo‗nalishlardan biri etib belgilangan. Chunki jismoniy tarbiya va 
sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‗lom va barkamol etib 
tarbiyalash orqali jamiyatda sog‗lom turmush tarzini qaror toptiradi. 
Respublika Prezidenti tomonidan milliy sport turlarini rivojlantirish va 
ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va Olimpiya o‗yinlari dasturlariga kiritish 
bo‗yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida ham o‗z farmonida 
ko‗rsatma berib o‗tgan [2]. 
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy 
kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablag‗lar taqsimlanishi va ishlatilishining 
to‗liq nazoratini amalga oshirish, ular bo‗yicha hisobotlarni shakllantirish, sport 
muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‗lar tushumlarini nazorat qilish va 
ishlatilishi shaffofligini ta‘minlashga alohida e‘tibor qaratilmoqda. [1,3].

Download 51.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling