15 – Laboratoriya ishi Elektr maydoni tadqiq etish Umumiy ma’lumotlar


Ishni bajarish tartibi va o‘lchov natijalarini hisoblash


Download 43.54 Kb.
bet2/2
Sana24.03.2023
Hajmi43.54 Kb.
#1292007
1   2
Bog'liq
15-Lab.ishi

Ishni bajarish tartibi va o‘lchov natijalarini hisoblash

1. Sxemani yig’gandan keyin (21.1–rasm), gorizantal o‘rnatilgan vannaga suv soling. Zanjirni laboratoriya uskunasining «0 – 250»V qismalariga ulang.


2. Katak yoki millimetrli qog’ozga mos masshtabda elektrodlarning shakli va joylashishini chizing.

21.1-rasm. O‘tkazuvchi muhit elektr maydonini tadqiq etish eksperimental qurilmasi sxemasi.
3. Ossilografni manbaga ulang va «фокус», «яркость» dastaklari yordamida ekrandagi elektron dog’ni nuqtaga keltiring. Keyin gorizontal kuchaytirgich dastagini burab elektron dog’ni «yoying».
4. Vannani manbaga ulab 120 V kuchlanish bering. «V» elektrodning potensiali shu kuchlanishga teng bo’ladi. Agar R zond bilan V elektrodlarga tegilsa, ossillograf ekranidagi vertikal yoki gorizontal chiziq nuqtaga aylanadi.
5. Reostat yurgichini o‘zgartirib voltmetr ko’rsatishini 1015% kamaytiring va zondni «V» elektrodi atrofida yurgizib uni shunday holatini topingki, ossillograf ekranida chiziq nuqtaga aylansin. Zondning shu koordinatalarini jadvalga yozib oling. Shunday nuqtalarda 5–6 tasi alohida koordinatalarini topib jadvalga yozib qo‘ying. Bu nuqtalar ekvipotensial chiziqqa tegishli bo‘ladi.
6. Shunday qilib o‘tkazuvchi muhit elktr maydonini vannali tadqiq qilish uchun reostat yurgichini o‘zgartirib, 10–12 ekvipotensial chiziq oling.
7. Kataklangan qog’ozga jadvaldagi nuqtalarni tushirib ekvipotensial chiziqlarni chizing. Keyin esa kuch chiziqlarini o‘tkazing. Kuch chiziqlari elektrod sirtlaridan chiqish va kirishida to‘g’ri burchak hosil qiladi, oraliqda esa, ekvipotensial chiziqlarga to‘g’ri burchak ostida o‘tadi.
Ekvipotensial chiziqlar ma’lum darajada zich o‘tkazilsa, ixtiyoriy nuqtadagi kuchlanganlikni aniqlash mumkin. Buning uchun oralig’i d masofada yonma– yon o‘tgan ikkita 1 va 2 ekvipotensial chiziqlar quriladi. Chiziqlar orasidagi d masofa kam bo‘lgani uchun kuchlanganlikni o‘zgarmas va maydonni bir jinsli deb hisoblash mumkin. Ekvipotensial chiziqlar orasidagi masofani o‘lchaganda, masshtab hisobga olinishi kerak.
.
21.1 – jadval

Elektrodlarning shakli va orasidagi masofa

Birinchi elektrod koordinatalari

Ikkinchi elektrod koordinatalari




























21.2 – jadval

1 - chiziq

2 - chiziq

3 - chiziq

va xokozo:







U1 =

U2 =

U3 =

Uk =







x

u

x

u

x

u

x

u

x

u

x

u

x

u






















































































Eslatma: Xatolarning sabablari quyidagilardan iborat: kuchlanish manbai meyormasligi, vanna gorizontal o‘rnatilmaganlikdan suv bir burchakka quyilib qolishi, vannaning kirligi, o‘lchashdagi va yozishdagi noaniqliklar.

Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Elektr maydoni kuchlanganligi, kuch chiziqlari va kuchlanganlik vektorining oqimi nima va ular qanday izohlanadi.
2. Ekvipotensial sirtlari nima va ular kuch chiziqlarga nisbatan qanday o‘tadi?
3. Koordinatalarga nisbatan potensial funksiyasi berilgan bo‘lsa, maydon kuchlanganligining taqsimlanishi qanday aniqlanadi?
4. Elektrolitik vanna usulida o‘zgaruvchan kuchlanganlik olinishi qanday tushuntiriladi?
5. Eksperimental usulda elektr maydon kuchlanganliklari qanday hisoblanadi?
6. Elekt maydonning qanday hisoblarida Puasson va Laplas tenglamalari qo‘llaniladi?


Adabiyotlar:

1. Amirov S.F., Yoqubov M.S., Jabborov N.G‘. Nazariy elektrotexnika: Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun darslik. – Toshkent: ToshTYMI, 2016. – 481 b.


2. Charles. K. Alexander and M.N.O. Sadiku. Fundamentals of Electric circuits. New York, 2012. – 1217 p
Download 43.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling