15 – Laboratoriya ishi Elektr maydoni tadqiq etish Umumiy ma’lumotlar


Download 43.54 Kb.
bet1/2
Sana24.03.2023
Hajmi43.54 Kb.
#1292007
  1   2
Bog'liq
15-Lab.ishi


15 – Laboratoriya ishi
Elektr maydoni tadqiq etish
Umumiy ma’lumotlar
Agar tashqi kuchlanish manbai yordamida o‘tkazuvchi muhitda (metal o‘tkazgichlar, suyuqliklar va hokozo) elektr maydoni hosil qilinsa, undan elektr toki o‘tadi. Metallarda zaryad tashuvchilar sifatida erkin elektronlar, suyuqliklarda esa ionlar tashkil etadi.
Elektr maydon ta’sirida metallardagi elektronlarning va suyuqliklardagi ionlarning tartibli harakati odatda o‘tkazuvchanlik toki deb ataladi.
Muhitning elektr tok o‘tkazish qobiliyatini solishtirma elektr o‘tkazuvchanlik bilan tavsiflanadi. Bu parametr sim/m o‘lchov birlikka teng. O‘tkazuvchi muhit elektr maydonining asosiy kattaligi tok zichligidir. Bu elektr kuchlanganlik bo‘yicha yo‘nalgan vektor kattalikdir. Agar tok o‘tkazuvchi sirt chegaralangan o‘lchamga ega bo‘lsa, uning elementlaridagi tok zichligi vektorlarining yo‘nalishlari va element sirtlarini yo‘nalishi har xil bo‘ladi. Binobarin, tok – bu tok zichligi vektorning oqimi. O‘tkazuvchi qismidan o‘zgarmas tok o‘tganda, jismning ichida ham, tashqarisida ham vaqt bo‘yicha o‘zgarmas magnit maydoni mavjud bo‘ladi. O‘zgarmas tok hosil qilgan magnit maydon o‘zgarmas tokning elektr maydoniga ta’sir etmaydi. Shuning uchun elektr va magnit maydonlarni alohida–alohida tahlil qilish mumkin.
O‘tkazuvchi muhit o‘zgarmas tokning elektr maydoni uchun quyidagi qonunlar o‘rinlidir.
Differensial shakldagi Om qonuni quyidagicha:
bunda - solishtirma elektr o’tkazuvchanlik, sim/m, - kuchlanganlik, V/m .
Differensial shakldagi umumlashgan Om qonuni yoki Kirxgofning 2 – qonuni .
Differensial shakldagi Kirxgofning 1 – qonuni sferik koordinata sistemasida Laplas tenglamasi yoki .
Dekard koordinata sistemasida esa
bo‘ladi
bunda - maydon potensiali.

Moslamaning tavsifi
Ushbu ishda o‘tkazuvchi muhitning elektr maydonini o‘rganish uchun modellash usuli, ya’ni boshqa ekvivalent maydon yaratish bilan olib boriladi. Bunday ekvivalent maydon sifatida yomon o‘tkazuvchi muhitning maydoni ko‘riladi. Muhitga o‘rganiladigan elektrod sistemasini aniq yoki o‘xshash nusxasi joylashtiriladi.
Vannaning devorlari o‘rnatilgach maydonni iloji boricha kam buzmasligi uchun, vannaning geometrik o‘lchamlari maydonning o‘rganilayotgan qismidan bir necha baravar katta bo‘lishi kerak. Elektrolitik vanna usuli deb nom olgan bu usul shunga asoslangan elektroliddagi kichik toklar uchun Om qonuni o‘rinli va tok chiziqlari kuchlanganlik chiziqlari bilan bir yo‘nalishda bo‘ladi. Maydonning ekvipotensial sirti esa, modellanayotgan elektr maydonning ekvipotensial sirtiga o‘xshash bo‘ladi. Tajribani o‘tkazishda elktrolitik bir jinsli va juda katta omik qarshilikka ega bo‘lishi kerak.
O‘zgarmas tok o‘rniga chastotasi katta bo‘lmagan o‘zgaruvchan, ya’ni kvazissionar, tokdan foydalanish maqsadga muvofiq. Bu bilan o‘lchash natijalariga noaniqlik kirituvchi elektrodlarni elektrolitik qutblanish hodisasi istisno etiladi. Moslamaning elektr sxemasi reaxord o‘rniga voltmetr bilan potensiometrik reostat ulangan ko‘prik sxemasini eslatadi. Voltmetr reostatining qo‘zg’aluvchan kontakti va potensiali nol deb hisoblangan elektrodga ulangan qismasi orasidagi kuchlanishni o‘lchayli. Ekvipotensial chiziqlar ikki tomonidagi elektrolit qismalari ko‘prikning boshqa ikki yelkalari vazifasini bajariladi.

Download 43.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling