15 -ma’ruza. Bino issiq suv ta’minoti
Issiq suv ta’minotining umumiy sxemasi
Download 425.79 Kb. Pdf ko'rish
|
15 -MA’RUZA. BINO ISSIQ SUV TA’MINOTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalliy issiq suv ta’minotining suv isitish jihozlari.
Issiq suv ta’minotining umumiy sxemasi
Umumiy ko’rinishda issiq suv ta’minoti sxemasi sovuq suv ta’minoti qismlaridan iboratdir, farqi faqatgina unga issiqlik hosil qilish jihozi o’rnatilganligi, sovuq suvni isitish jihozlariga uzatilishi va qayta isitish tarmog’ini mavjudligidir. Bu tarmoq quvurlarida bir xil issiqlikdagi suvni hosil qilib turishda ishtirok etiladi. Bu suv esa o’z navbatida suv olish jihozlariga uzatiladi. 15.1-rasm. Ikki konturli markazlashtirilgan issiq suv tizimi sxemasi 1- issiq hosil qilish generatori; 2- suv isitgich; 3- issiq suv uzatadigan va tsirkulyatsiya qilish tarmog’i; 4-issiqlik uzatish tsirkulyatsiya nasosi; 5- suv bilan ta’minlash nasosi; 6 - issiq suvni bosimini oshirish nasoslari; 7- issiq suvni tsirkulyatsiya qilish nasos; 8*va 8**issiq suvni uzatadigan va tsirkulyatsiya qiladigan tarmoq; 9- suv olish armaturalari; 10-suv o’lchash tuguni. 15.1-rasmda markazlashtirigan issiq suv tizimi keltirilgan, bu tizim ikki konturdan iborat bo’lib, biri issiqlik keltirish tarmog’idan ikkinchisi esa issiqlik suvini tarqatish suv ta’minoti tarmog’idan iboratdir. Mahalliy issiq suv ta’minotining suv isitish jihozlari. Ham issiqlik ta’minotida issiq suv tayyorlash iste’molchilar joylashgan yerlarda amalga oshiriladi. Bu suvlar xo’jalik va sanoat korxonalari ehtiyojlarini qondirish uchun, bir yerdan yoki ko’p yerlardan issiq suvni olish uchun ishlatiladi. Issiq suvni hosil qilishda manbaa sifatida par, isitilgan suv (issiq suv ta’minoti ehtiyoji uchun yetarli haroratdan yuqori haroratga ega bo’lgan suv), gazsimon yoqilg’ilar, elektr quvvati, oftob quvvati, qayta foydalaniladigan issiq suvlar. Mahalliy issiq suv tizimlarida kam miqdordagi issiq suv hosil qilish uchun turli xil konstruktsiyalar, bir nechta suv olish yeriga ega bo’lgan kolonkalar, gaz va elektr yordamida ishlaydigan jihozlar ishlatiladi.Bunday suv isitgichlar, agar issiq suv ta’minotidagi issiqlikka bo’lgan talab 210 Kj/soatdan oshmasa ishlatiladi.Agarda bino ichida tutunni olib ketish uchun mo’rikonlar va gaz ta’minoti bo’lsa u vaqtda har bir xonadonda alohida-alohida suv isitish jihozlarini o’rnatish tavsiya etiladi. Hozirgi vaqtda suv isitish uchun sarf bo’layotgan energiyani tejash maqsadida isitish tizimda yangi texnologiyalar qo’llanilmoqda, ya’ni bir nechta ko’p qavatli binolarga gazdan foydalangan holda kichik xajmli modul qozonxona jihozlari o’rnatilmoqda. Bunday modulli isitish jihozlari kam energiya sarf qilgan holda arzon narxli issiq suv ishlab chiqarish imkoniyatini bermoqda. Mahalliy issiq suv hosil qilish jihozlariga quyidagilar kiradi: suv isitgich, issiq suvni iste’molchilarga uzatadigan quvurlar, issiq suv olib o’tadigan quvurlar, issiq suvni to’playdigan hajmlar. 15.2-rasm. Gazsimon yoqilg’i bilan ishlaydigan mahalliy suv isitgich 1- sovuq suv uzatish tarmog’i; 2- gaz uzatish i; 3- suv isitgich; 4- issiq suv uzatish tarmog’i; 5-suvlarni aralashtiradigan moslama. Rasmda gazdan foydalangan tez suv isitiladigan jihoz sxemasi keltirilgan. 15.3-rasm. Issiq suv generatori va suv isitgichi bo’lgan issiq suv ta’minoti sxemasi 1- sovuq suv tarmog’i; 2- issiqlik hosil qilish generatori; 3- kengaytirgich xajmi; 4- xajmli suv isitgich; 5- issiq suv tarmog’i; 6- issiqlik uzatish tarmog’i. Mahalliy suv isitish jihozlaridan «Suv isitish kolonkalari» keng ishlatiladigan moslamalar turiga kiradi. (rasm-15.4). Bu moslamalar 80-90l suvni 60-70 0 S issiqlikka ko’tarish imkonini beradi. 15.4-rasm. Qattiq yoqilig’i bilan ishlaydigan suv isitish jihozi 1- suv uchun xajm; 2- yongan gazlarni olib ketadigan mo’rikon; 3- mo’rikon; 4- uch xil ish bajaradigan kran; 5- alanga yonadigan joy. Kolonka suv saqlash hajmidan iborat bo’lib, uning ichidan tutun tortish quvuri o’tgan. Bu jihozni F.I.K.ni oshirish uchun uning ichidan 32-40 mm bo’lgan quvurlar o’tkaziladi.Suv isitish hajm kolonkasi ichki va tashqi tomonlari emallangan, po’lat tunukadan yasalgan bo’ladi.Bu kolonkani gazsimon va qattiq yoqilg’idan foydalanib ishlatilsa bo’ladi. Bu kolonkalar bir bakka, dush, moykaga xizmat qiladi. Sovuq suvni kirishini boshqarish uchun suv kirish quvuriga ventil o’rnatiladi.Agarda suv isitish kolonkasi bir-nechta iste’molchilarga issiq suv uzatishga ishlatilsa (rasm-15.5), u vaqtda bino ichidagi suv ta’minoti tarmog’ini suv hajmi bilan ishlaydigan sxemasi tanlanadi. Suv xajmi boshqarish po’kagi bilan jihozlanadi. 15.5-rasm.Suv hajmi bilan jihozlangan isitish jihozi. 1- suv isitish hajmi; 2- issiq suv quvuri; 3- suv tarqatish hajmi; 4 – isitilgan suv; 5- isitilmagan suv tarmog’i. Elektr quvvatidan foydalanadigan suv isitish jihozlari ikki xil bo’ladi: hajmiy va suvi oqib o’tuvchi tez isiydigan suv isitgichlari katta miqdordagi suvni isitish imkoniyatiga ega. SHuning uchun ular elektr tokining qiymati past bo’lgan hududlarda yoki boshqa xil yoqilg’i bo’lmagan yerlarda ishlatiladi. 100 litr suvni isitish uchun 12- 15 min vaqt sarf bo’ladi, bu vaqtda suvning harorati 35 0 -40 0 S darajagacha ko’tariladi. Sarf qilingan elektr tokining miqdori esa bor yo’g’i 14-15 kVt tashkil etadi. Quyosh nuri yordamida suv isitadigan jihozlarni (gelio uskunalar) (rasm-15.6) dushlarda va issiqlik darajasi 36 va50 0 S gradus bo’lgan iste’molchilar uchun ishlatish tavsiya etiladi. Bu uskunalar quyoshli kunlar ko’p bo’lgan vaqtda yaxshi samara beradi. 15.6-rasm. Gelio uskunaning sxemasi (a) va suv isitgichni reja va kesmasi(b) 1- pastki kollektor; 2- quyosh nuri yordamida ishlaydigan suv isitgichning qobig’i; 3- ustki kollektor; 4- issiq suv to’plash xajmi; 5- tsirkulyatsiya qilish i; 6- qora qobiq; 7- ikki qavat oyna; 8- issiq saqlash qobig’i; 9- tsirkulyatsiya i; 10- issiq suv uzatish i. Gelio uskuna tarkibiga issiqlik generatori (issiq hosil qilgichlar), issiq to’plash xajmlari, tsirkulyatsiyalari, sovuq va issiq suvni olishlari mavjud. Suv isitish generatorlari standart bir xil o’lchamga ega bo’lgan qismlardan tashkil etilgan bo’lib har bir qismlari 5000 x 2000 mm o’lchamga ega.Qismlar to’rtburchak yog’och ramalardan iborat bo’lib, yuqori qismi ikki qavatli oyna bilan qoplangan. Bu uskunaning samaradorligi yuqoridir. Gelio uskunalarni ishlatish kam harajatli va oddiydir. Ularning ishlash davri O’zbekiston sharoitida 10-11 oyni tashkil etadi. Bu uskunani loyihalash uchun isitilishi kerak bo’lgan suvning miqdoridan q Download 425.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling