15- ma’ruza Boshqaruvchi xisoblash komplekslari. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish sistemalari


TJ ABS funksiyasi, strukturasi va klassifikasiyasi


Download 1.22 Mb.
bet2/3
Sana22.12.2021
Hajmi1.22 Mb.
#182462
1   2   3
Bog'liq
15-маъруза

TJ ABS funksiyasi, strukturasi va klassifikasiyasi.
TJ ABS informasion, boshqaruvchi va yordamchi funksiyalarga bo’linadi. Texnologik boshqarish sistemasi - holati to’g’risidagi informasion to’plash, qayta ishlash va saqlash, hamda bu informasiyani operativ personalga yoki keyingi qayta ishlashga uzatish TJ ABSsini informatsion funksiyasi deb ataladi. (Masalan, operator chaqirig’i bo’yicha asosiy texnologik kattaliklarni o’lchash, qayd qilish, ularni berilgan qiymatlardan o’zgarishini aniqlash, avariya holatlarini signallash). TJ ABS boshqarish funksiyasi - bu TBO ga yo’naltirilgan boshqaruvchi ta’sirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdir. Bularga texnologik reglament bo’yicha jarayon kattaliklari qiymatini stabillash, jarayon rejimini programmali o’zgartirish, optimal boshqarish, signallash va boshqalar kiradi. Sistema ichidagi masalalar yechimini ta’minlaydigan funksiyalarga TJ ABSni yordamchi funksiyasi deyiladi. (Masalan, berilgan algoritmni ta’minlash, texnik qurilmalar ishini tekshirish, informasiyalarni saqlash va hokazo). Odamni avtomatlashtirishda qatnashishiga ko’ra, TJ ABS ning quyidagi turlari mavjud:

  1. Qo’l bilan boshqarish rejimidagi ABS. Qo’l bilan boshqariladigan TJ ABSda texnik va texnik-iqtisodiy ko’rsatgichlarning o’zgarishlari to’g’risida informasiyani texnik qurilmalar sistemasi to’plab, qayta ishlaydi. Boshqaruvchi ta’sirni esa odam ishlab chiqadi va amalga oshiradi.

2-rasm. Qo’l bilan boshqariladigan avtomatlashtirilgan sistema.


3-rasm. “Maslahatchi” rejimda ishlaydigan ABS.



“Maslahatchi” rejimidagi ABS “Maslahatchi” rejimida ishlaydigan TJ ABS da texnik qurilmalar kompleksi kelib tushadigan informasiyalarni analiz qilish natijasida optimal boshqarish to’g’risida takliflarni (maslahat) ishlab chiqadi uni esa operator-texnolog amalga oshiradi. 3. Boshqarishni “supervizor” avtomatik rejim 60 Boshqarishni “Supervizor” avtomatik rejimda ishlaydigan sistemada (4-rasm) texnik qurilma kompleksi (TKQ) avtomatik ravishda rostlagichning (R²) tuzatish

4-rasm. “Supervizor” avtomatik rejim


koeffisientlarini TBO da kechayotgan texnologik jarayonning optimal qiymatlarini ta’minlaydigan chegaralarini aniqlaydi. Universal hisoblash mashinasi (U²M) ga TBO to’g’risidagi hamma ma’lumotlar to’planib berilgan algoritm asosida rostlanayotgan kattalik berilgan qiymatni hisoblab, rostlash qurilmasi R² ga beradi. R² ga rostlanayotgan kattalikning hozirgi qiymati ham berilib, ular o’rtasidagi farq (∆X) aniqlanadi. Rostlagich ∆Xni yo’qotishga yo’naltirilgan rostlovchi ta’sirni ishlab chiqib ijro etuvchi mexanizm IM ga uzatadi. U esa o’z navbatida rostlovchi organ RO ni harakatlantirib, bevosita TBO ga ta’sir etadi.

5-rasm. Bevosita sonli avtomatik boshqarish rejimi.


Bevosita sonli avtomatik boshqarish sistemasida (5-rasm) TKQ bevosita ijro etuvchi mexanizmga ta’sir etib, rostlovchi qurilmani sxemadan chetlashtiradi. Bu erda UXM ga TBO jarayonining texnologik kattaliklari va rostlanayotgan kattaliklari to’g’risidagi informasiyalar beriladi. U²M ga o’z nabatida berilgan algoritm asosida boshqaruvchi ta’sirni ishlab chiqib bevosita ijro etuvchi mexanizm IM ga ta’sir etadi.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling