15 – Mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes. Reja: Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari
Download 398.07 Kb. Pdf ko'rish
|
15 Agrar munosabatlar va agro biznes
15 – Mavzu. Agrar munosabatlar va agrobiznes. Reja: 1. Agrar munosabatlar va uning bozor tizimidagi xususiyatlari. 2.Ishchi kuchi bandligi tugrisida xar xil nazariyalar.
Bozor munosabatlari iqtisodiyotining hamma jabhalarini, jumladan, qishloq xo„jaligini ham o„z ichiga oladi. Mazkur tizimda agrar munosabatlar alohida o„rin tutadi. yer bilan bog„liq bo„lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu mnosabatlarning ob‟ekti yer bo„lsa, uning sub‟ekti yer egalari, yerda xo„jalik yurituvchilar, nihoyat, yerga mehnat qiluvchi kishilar hisoblanadi. Agrar munosabatlar o„ta ko„hna, iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan.
Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanishi yerga xilma-xil mulkchilikningg paydo bo„lishi yerning tadbirkorlik ob‟ekti bo„lishi, yerning garovga qo„yilishi nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog„liq. Agrar munosabatlarning ob‟ekti bo„lmish yer maxsus resurs bo„lganidan uning xususida ham o„zigagina xos bo„lgan iqtisodiy aloqalar kelib chiqadi. Yer ham har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan tashqarida ishlab chiqarishning bo„lishi mumkin emas. Insoniyat hali koinot makonida ishlab chiqarishni uyushtirgani yo„q. Yerda qishloq xo„jaligi yuritiladi, sanoat qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo„llar o„tadi, yer qa‟riga qazilma boyliklar joylashgan, yerda o„rmon xo„jaligi yuritiladi, turar - joy va madaniy - maishiy binolar qad ko„taradi. Shu sababli har qanday iqtisodiy faoliyat ma‟lum darajada yer bilan bog„langan deb aytamiz.
-qishloq xo„jaligi uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o„taydi, ma‟lumki, qishloq xo„jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama harakt yerga ega: birinchidan, iqtisodiy jarayon bo„lsa ya‟ni inson mehnati natijasida yuz bersa, ikkinchidan, tabiiy biologik jarayon bo„lib, mahsulot etishtirish tabiiy omillarga masalan, o„simlik yoki hayvonlarda kechadigan biologik o„zgarishlarga, iqlim sharoitiga, ob - havoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bog„liq.
-qishloq xo„jaligi insonning tabiatiga bo„lgan munosabati bilan kishilarning o„zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar sektorini tashkil etadi. Bu sohada asosiy resurs yer bo„lib, u hech bir tengi yo„q, tanho o„ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo yer eng cheklangan resurs, mehnat bilan yaratib bo„lmaydi. Ko„pgina resurslar bir-birining o„rnini bosa oladi. Masalan: mehnat resursini mashina bilan almashtirish mumkin. Yerning o„rnini hech bir resurs bosa olmaydi, shu jihatdan u o„ta noyob va asosiy resurs hisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resurslarga qo„shimcha sifatida amal qilmaydi.
Masalan: sanoatda stanoklarga qo„shimcha resurs sifatida komp‟yuter va uning programmalari qo„llaniladi. Yerning boshqa resurs bilan almashtirib bo„lmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g„oyat ko„p bo„ladi. Shu sababli yerga talab muttasil oshib boradi. Bu talab yer bilan bog„liq bo„lgan ishlab chiqarishning kengayishi va yerning unumdorligiga qarab o„zgaradi. Yer cheklangan, uni ishlab chiqarib bo„lmaydi, ammo foydalanadigan yerlarga investitiya sarflab ko„paytirish mumkin. Masalan: qo„riq yerlarni sug„orish va botqoq hamda zax yerlarni quritish orqali ekin maydoni tabiatan cheklangan bo„lsada, shu doiradan chiqmagan holda yaroqsiz yerlar hisobidan qishloq xo„jaligiga yaroqli yerlarni ko„paytirish mumkin. yer resursi cheklanganligidan yerning taklifi noelastik, ya‟ni o„zgarmaydigan bo„ladi. Bu bilan yer boshqa resursdan jiddiy farqlanadi. Ma‟lumki agar talab oshsa, bunga javoban taklif ham ko„payadi, lekin yer bu qoidadan istisno etiladi. chunki yer tabiat mevasi bo„lganidan uni mehnat bilan ko„paytirib bo„lmaydi. yer hammabop resurs unda dehqonchilik qilish, undirma sanoat yurgizib qurilish qilish mumkin. Undan har xil maqsadda va har xil yo„l bilan foydalanish mumkin. yer tabiat mahsul bo„lganidan uning sifati jiddiy tabaqalashadi, yer uchastkalari turli tabiiy iqlim mintaqalarida joylashgan, tuproqning tarkibi har xil bo„ladi. Shu sababdan yerlarning tabiiy hosildorligi keskin farqlanadi. O„ta yaxshi, o„rtacha. yomon va nihoyat o„ta yomon yerlar mavjud. qishloq xo„jaligida yerning sifati mehnat unumdorligining muhim omili hisoblanadi. Bu sohadagi unumdorlik, binobarin, ishlab chiqarish samaradorligi, tuproqning tarkibi. Yerning iqlim sharoiti va nihoyat, yer uchastkalardagi geografiy joylashuviga bog„liq. Yer qa‟ridagi qazilma boyliklar zahirasi, ularning geologik sharoiti, sifati ham bir-biridan farqlanadi. Yer tanqisligi resurslarning boshqa sohalaridan qishloq xo„jaligiga yoki undirma sanoatga o„tishini cheklaydi, qo„shimcha resurslarning kirib kelishiga halaqit be- radi. Yer unumdorlik quvvatining tabiiy sharoitga bog„liqligi qish-loq xo„jaligidagi ishlab chiqarish imkoniyatlarini chegaralab qo„yadi.
Nazariyada tuproq unumdorligining pasayishi qonuni degan qonun olg„a suriladi. Unga binoan yerdagi hosildorlikning o„sish me‟yori mavjud, hosildorlik cheksiz o„sa olmaydi. Agar hosildorlik o„sish me‟yori cheklanmaganda edi, sarfni oshirib borgan holda, olingan hosilga yer yuzidagi aholini boqish mumkin bo„lar edi.Ammso bunday imkon yo„q. Gap shundaki, yerni 100 marta haydash, keragidan o„n marta ko„p o„g„it berish yoki 5 marta ko„p urug„ ekish bilan hosildorlik o„sib qolmaydi.
Aytilgan resurslar ma‟lum me‟yorda sarflansa, hosil ma‟lum me‟yorda ortishi mumkin. Yer hosildorligini o„stirish imkoni cheklanganligi sababi yangi yerlar ochiladi, ekin maydoni kengaytiralida. Hosildorlikni oshira borish doirasida yerning sifati yaxshilanadi, ya‟ni yerning tabiiy kuchiga kuch qo„shiladi.
Yerga 2 xil monopoliya mavjud bo„ladi. Birinchidan, yer qadr-qiymati baland resurs sifatida mulk monopoliyasida turadi. џ‟ni egasi yo„q yer bo„lmaydi. Yer cheklangan miqdorda bo„lganidan uni mulk sifatida ko„paytirib ham bo„lmaydi. Bunday hodisa yerga mablag„ sarflashni uning egasiga bog„liq qilib qo„yadi. Yer egasining mulkdor sifatida manfaati bor. џya‟ni u o„z yeridan naf ko„rish kerak. Shu sababli yer ishlatish uchun tekinga berilmaydi, egasiga undan foydalanish haqini to„lash zarur. Ikkinchidan, yer xo„jalik yuritish ob‟ekti sifatida egallab olinadi, ya‟ni turli xil xo„jaliklar tashkil topadi, yaroqli yer bo„sh turmaydi. Xullas yaroqli yerlar doim band bo„ladi. Yer resursi sifatida egalari qo„lida bo„lar ekan, ular boshqa resurs egalari singari uy xo„jaliklari o„rtasida munosabat yer xususida ham bo„ladi. Yer mulk bo„lganidan mulkdorning roziligisiz uni ishlatib bo„lmaydi, undan foydalanish uchun uni egasiga haq to„lash kerak. Yer o„z egasining mulki bo„lib. qolgani holda vaqtinchalik boshqa mulk sohibi, xususan tadbirkor tomonidan ishlatilishi mumkin.
O„zbekiston iqtisodiyotining agrar sektorini rivojlantirish bozor munosabatlariga o„tishning asosiy hal qiluvchi bo„g„inidir. O„zbekistonda aholining 65% qishloq joylarda yashaydi. Yalpi ichki mahsulotni 1/4 qismi valyuta tushumining 55%idan ko„prog„ini qishloq xo„jaligi bYeradi. qishloq xo„jaligi respublika aholisini oziq-ovqat, meva-sabzavotlar, g„alla, go„sht va boshqa qishloq xo„jaligi mahsulotlari bilan ta‟minlanadi.
D.Rikardo yer rentasini tahlil qilib katta yutuqlarga yerishdi. U renta nazariyasini qiymatning mehnat nazariyasiga asoslab tekshirdi. Rentaning manbai, mulkiy munosabatlar sharo-itida yerga qilinadigan mehnatdir deb hisoblaydi. Yerning resurs cheklanganligi, unumdorligi, va joylashuvi turlicha bo„lgan yerlarni ishlanishi tufayli qishloq xo„jalik mahsulotlarining qiymati yomon yer uchastkalaridagi mehnat sarflari bilan aniqlanadi. Bunday yerlar sohibkorga o„rtacha foyda bYeradi va renta bYermaydi. Nisabatan yaxshi yerlarda foyda o„rtacha normadan yuqori bo„ladi, ana shu ortiqcha foyda renta sifatida yer egasi tomonidan olinadi. Rikardo bu bilan diffyerential renta hosil bo„lishini ko„rsatib berdi. D.Rikardo xususiy mulkchilik sharoitida yomon yerlar ma‟lum miqdorda renta keltirish mumkinligini inkor etdi, ya‟ni absolyut yer rentasi mavjudligini ko„rmaydi. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo„g„inlari uchun umumiy bo„lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog„liq holda o„ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o„ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo„ladi. Chunki bu yerda takror ishlab chiqarish ko„p jihatdan tirik organizm (hayvon, o„simlik va boshqalar) bilan ham bog„liq. Shuning uchun bu bobda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo„ladigan o„ziga xos xususiyatlarini ko„rib chiqiladi. Ushbu mavzuda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin e‟tibor yer rentasiga qaratiladi. yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to„xtalib o„tilib, mavzu so„ngida agrobiznes va uning turlari bayon etiladi. Download 398.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling